O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi
Download 1.01 Mb.
|
30. Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi
Etnik larayon. Jahondagi boshqa xalqlar kabi o’zbek xalqining shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo’lgan etnik jarayonlar mahsulidir. o’zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo’lib, O’rta Osiyoning markaziy viloyatlari - Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalarida shakllangan. o’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan o’troq yashab, sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan mahalliy sug’diylar, baxtariylar, xorazmiylar, farg’onaliklar, yarim chorvador qang’lilar, ko’chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo’ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham o’zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so’zlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuv jarayoni natijasida o’troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o’zbek xalqiga xos antropologik tip(qiyofa) shakllanadi. Mil. av. III asrda Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy va sug’diylar ittifoqi asosida tashkil topgan Qang’ davlati davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o’ziga xos uyg’unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat Qovunchi madaniyati nomini olgan. Antropolog olimlarning ta'kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O’rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o’zbek va voha tojiklariga xos O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i antropologik tipi (qiyofasi) to’liq shakllanadi. O’zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda IV-V asrlarda O’rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung’oriyadan, Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftaliylardir. Shuningdek, o’zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Farg’ona vodiysi, Toshkent, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari) va Xorazmga kelib o’troqlashgan turkiy etnik komponentlar faol ta'sir ko’rsatadi. Kirib kelgan turkiy komponentlar va mahalliy aholi o’rtasidagi etnik-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo’jalik an'analar bilan jadal uyg’unlashuvi yuz berdi. VII asrdan boshlab o’lkamiz "Turkiston" nomi bilan atala boshlagan. O’zbek xalqining shakllanishi. VIII asrdan arab va ajam halqlarining O’rta Osiyoga kinb kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta'sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma'lum bir o’zgarishlar bo’lgan bo’lsa-da, Movarounnahrdagi o’troq va yarim o’troq turkiyzabon aholi, sug’diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o’z hududlarida qolib, arablar hukmronligi ostida yashaganlar. IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o’z navbatida sug’diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo’lib, bu qatlam asosining aksariyat ko’pchiligini o’troqlashgan turg’un turkiy etnoslar tashkil qilgan. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o’tishi miinosabati bilan sodir bo’lgan etnik jarayonlar o’zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo’ldi. Aynan mazkur davrda o’zbek xalqiga xos elatni belgjlovchi hududiy, madaniy-ma'naviy umumiylik, etnik o’zlikni anglash, ma'lum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllangan. Bu davrda o’zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda sodir bo’lgan o’ta murakkab siyosiy vaziyatda, muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida IX-XII asr boshlarida o’zbek xalqi shakllandi. Uning asosiy, o’q ildizini o’lkamizda muqim yashab kelgan tub yerli aholi tashkil etdi. Ikkinchi ildizi esa o’lkaga kirib kelgan turkiy elatlardir. Etnik jarayon – kelib chiqishi bir-biriga yaqin turli qabila va elatlarning asrlar davomida bir-biriga qo’shilib borishi. Turkiston - turkiy aholi o’rnashgan o’lka. Uzbek xalkining shakllanish jarayonini urganish tarix fanining murakkab masalalaridan biri xisoblanadi. SHu bilan birga, bu xozirgi kunning muxim muammolaridan biri xamdir. Xalk, mustakillikka erishgach, uz ildizlari va etnik ajdodlarini bilishga intilishi tabiiydir. SHy bois xalkning kelib chikish tarixini va shakllanish jarayonini chukurrok urganish muxim axamiyat kasb etadi. Bu jarayon ijtimoiy fanda "etnos'', "etnik birlik" kabi iboralarda ifodalanadi. Etnos atamasi juda keng va tor ma’noda ishlatiladi: masalan, dunyo xalki, Amerika, Rossiya xalki, Uzbekistan xalki, viloyat xalki va boshka kichik bir gurux kishilariga nisbatan xam "xalk" iborasi kullaniladi. SHuning uchun xam ma’lum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan etnik uyushmaga "Etnik birlik" iborasining ishlatilishini bilamiz. Etnik birlik anik, sharoitda, tabiiy-tarixiy tarakkiyot jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy uyushmadir fanda etnik birlik boskichining uch turi mavjud kabila, elat va millat. Bu atamalar turli davrlarda vujudga kelgan va ular uziga xos xususiyatlari bilan bir-birlaridan fark kiladilar. Etnik tarix ma’lum bir hududda yashovchi u yoki bu xalqning ajdodlaridan boshlanib, elat shakllanishini, uning taraqqiy etish bosqichlarini va elatning emirilishi yoki rivojlanib, millat darajasiga etishishi davrini o‘z ichiga oladi. SHakllanayotgan yangi etnosga ma’lum hududda yashagan tub xalqlar yoki etnik guruhlardan tashqari, boshqa hududlardan kelgan etnik, antropologik va madaniy jihatdan bir xilda bo‘lmagan etnoslarning yoki etnik guruhlarning aralashib, qorishib ketishidan ham elat vujudga kelishi mumkin. Dunyoda mavjud bo‘lgan xalqlarning barchasi turli etnik guruhlarning qo‘shilishidan vujudga kelgan. Ammo yangi kelgan etnik guruhlar tub xalqlarning «qoni»ni yoki genetikasini jiddiy o‘zgartira olmaganlar. Uzoq davr davomida tub joy aholisiga qorishib, singib ketganlar. X asr oxiri va XI asr boshlarida O‘rta Osiyoda Qorahoniylar davlati tashkil topdi. Movarounnahrga Oltoy, Ettisuv, SHarqiy Turkistondan ko‘chib kelgan bir talay qabilalar: turgashlar, to‘xsilar, qorluqlar, chigillar, o‘g‘uzlar, arg‘in va boshqa turkiy qabilalar o‘lkaning turk tillarida so‘zlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatdan boyitdi. Bu davrga kelib turkiy etnik qatlamning ustunligi bir qadar ta’minlandi. SHunday qilib, Qoraxoniylar davrida o‘zbek xalqi shakllanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlandi. XIII asr boshlarida, aniqrog‘i, 1219 yili Movarounnahrga CHingizxon katta qo‘shin bilan bostirib kirdi. Bu qo‘shin tarkibida mo‘g‘ullar bilan bir qatorda turklar va turklashgan mo‘g‘ullar ham bor edi. Qorliqlar, jaloirlar, totorlar, markitlar, qurlovutlar, burgutlar, qo‘ng‘irotlar, barloslar, so‘lduslar, boyovutlar shular jumlasidandir. Bu qabilalar, shak-shubhasiz, o‘zbek xalqining etnik tarkibini yanada boyitdi. Lekin o‘sha zamonlarda, XV asrga qadar, bu qabilalar o‘zbek nomini olmagan edilar. Ular turk deb yoki o‘z qabilasining nomi bilan atalganlar. YUqorida qayd etib o‘tilgan qabilalar XIV asrning 80 - 90-yillaridan boshlab Sirdaryo bilan Amudaryo oralig‘idagi erlarga ko‘chib kela boshladilar. 1500 yili esa ular Muhammad SHayboniyxon boshchiligida Movarounnahrni, 1504-1506 yillari Xuroson bilan Xorazmni zabt etdilar. SHu vaqtdan boshlab Movarounnahrning turkiyzabon xalqi o‘zbek nomini oldi. Bizning ajdodlarimiz o‘tmishdagi tarixiy davrlarda qanday nom bilan atalganliklari va qanday til yoki tillarda so‘zlashganliklaridan qat’i nazar, endi o‘sha ajdodlarimiz asosida, ular yashagan hududlarda hozirgi o‘zbek millati shakllandi va biz endilikda o‘zimizni o‘zbek deb angladik. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling