O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet34/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   287
Tarixi: VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi Bagʻdodda ilm-fan rivojlandi. Xalifa Xorun ar-Rashidning oʻlimidan soʻng (813-yil), uning oʻgʻli al-Maʼmun xalifa etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bagʻdodga koʻchgach (819-yil), u yerda Ilmiy markaz tashkil etib, unda barcha musulmon oʻlkalardan olimlarni toʻpladi. Bu Ilmiy markaz tarixda «Bayt ul-hikma»(«Donishmandlar uyi») nomi bilan mashhurdir.
Bu yerda asosan riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, joʻgʻrofiya, astrologiya, handasa va shunga oʻxshash boshqa fanlar oʻrgatilgan.
Xorazmshoh Maʼmunning oʻgʻli Ali ibn Maʼmun taklifi bilan 1004-yilda Gurganchda (Qoʻhna Urganch) «Dor ul-hikma va maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar ham qilingan.
XVIII asr fransuz ensiklopedistlari al-Maʼmun faoliyatini va Bagʻdoddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini oʻrganib chiqib, uni Afinadagi Platon Akademiyasiga juda oʻxshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «al-Maʼmun Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi Akademiya» boʻlib qoldi.
Maʼmun Akademiyasining faoliyati 1017-yilda Mahmud Gʻaznaviy bosqini tufayli tugatiladi.
32. toxriylar xukumronligi davrida Mav. va Xuroson
Tohiriylar davlati - Abbosiylar xalifaligi parchalanishi munosabati bilan Xurosonda tashkil topgan davlat (821—873). Asoschisi — Tohir ibn Husapn. 821 y.da Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahrning noibi etib tayinlangan. U xalifalikdan mustaqil boʻlishga harakat qilgan. Xutbadan xalifa nomi chiqartirib tashlangan. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros boʻlib qolgan. Tohir ibn gʻusaynning oʻgʻli Abul Abbos Abdulloh noibligi (828—844) davrida maʼmuriy markaz Marvdan Nishopur sh.ga koʻchirilgan. Tohiriylar davrida Somonxudot avlodlari Movarounnahr shaharlarida mahalliy noib edilar. Tohiriylar ularni oʻzlariga tobe sifatida tan olganlar. Tohiriylar rasman oʻzlarini xalifaga tobe deb koʻrsatsalarda amalda mutlaqo mustaqil ish yuritganlar. Ular dastavval siyosiy hokimiyatni mustahkamlashga va qishloq xoʻjaligi.ni tartibga solishga harakat qilishgan. Dehqrnchilik vohalarining suv taʼminotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazilgan. Tohiriylar davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat, ayniqsa, soliq tartiblariga alohida ahamiyat berganlar. Mulkdor dehqonlarning jabrzulmidan, ogʻir soliqlardan bezor boʻlgan aholi mamlakatda tez-tez qoʻzgʻolon koʻtarib turgan. 9-a.ning 60-y.larida Xurosonda gʻoziylar faolligida xalq qoʻzgʻoloni avj olib ketgan. 873 y.da Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiplar davlati tashkil topgan. Mamlakatda sodir boʻlgan bunday siyosiy oʻzgarishdan soʻng Movarounnahr Xurosondan ajralib oʻz mustaqilligini toʻla tiklab olish imkoniga ega boʻlgan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling