O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet42/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   287
39. Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469-yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyningmaktabdosh doʻsti va homiysi.
Husayn Boyqaro, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (1469—1506), shoir. 15-a. oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. H.B., Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ ("karim ut-tarafayn") boʻlgan.
14 yoshda Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kirgan. 1454 y. Abulqosim Boburning Samarqandga — Abu Said Mirzoga qarshi yurishida qatnashgan. Abulqosim Bobur yengilgach, sulh tuzib, Hirotga qaytgan. H.B. esa onasining tavsiyasi bilan Abu Said Mirzo saroyida qolgan. Koʻp oʻtmay, qamoqqa olingan. Feruzabegim uni qutqarib, Hirotga olib kelgan. Shoh vafot etgach, H.B. Marv hukmdori Sulton San-jar xizmatiga kirgan va uning qiziBeka Sultonbegimga uylangan. Sulton Sanjar H.B.ni oʻz oʻrniga qoʻyib, Mashhadga yurish qilgan. Bu orada Marvda H.B.ga qarshi fitna uyushtirilib, u ovga chiqqanda, shahar darvozalari ber-kitib olingan. H.B. 1457 y. qishni Marv bilan Xiva oraligʻidagi biyobonda oʻtkazgan. 1458 y.da 300 kishilik qoʻshin bilan Sulton Sanjarning yaqinlaridan Bobo Hasan qoʻshinini yengib, Niso viloyati, soʻng Astrobodni egal-lagan. 1459 y.da H.B. huzuriga Abdu-razzoq Samarqandiy elchi boʻlib kelgan. 1460 y.da vaziyat taqozosi bilan H.B. Astrobodni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. Ammo 1461 y. shaharni qayta-rib olgan. Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan. Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum boʻlgan. Amudaryo orqali Xorazmga oʻtib, Vazir sh.ga — Mus-tafoxon huzuriga elchi yuborib, Abu Saidga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etgan. Lekin elchi kelguncha, uning ogʻasi Pir Budogʻ bilan kelishib, Mustafoxonga qarshi yurish qilishgan, lekin Vazir sh.ni ololmay, bitim tuzganlar. H.B. Adoqqa borib, 1461 y. oxirlarigacha oʻsha yerda qolgan. Adoqda turib, Astrobod, Gurgon va Eronning boshqa tumanlariga hujumlar uyushtirgan, magʻlubiyatga uchraganida, shu yerdan panoh topgan. Mustafo zul-miga qarshi koʻtarilgan isyondan foydalanib, avval Vazirni, 1462 y.da Urganch va Xivani qoʻlga kiritgan. Oradan 1 yil oʻtmay, Abu Said uni xorazmdan surib chiqargan. 1463—64 y.larda Urganch, Xiva, Hazorasp, Tir-sakni qoʻlga kiritgan. Shu yerda kuch toʻplab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said qoʻshinlari Xivani egallaydi. H.B. uni qaytarib oladi. 1467 y.da yana Urganchni egallaydi. Shu yili u oʻzbeklar xoni Abulxayrxondan yordam soʻrab, Dashti Qipchoqqa boradi. Xon yordam vaʼda qiladi, lekin betob boʻlib qolganligi tufay-li, bu vaʼda amalga oshmaydi. 1469 y. martigacha Xorazm va Buxoro oʻrtasida sarson-sargardon yurgan H.B., Abu Said vafot etgach, Hirotni egallab, Samarqanddan doʻsti Alisher Navoiynn maxsus yorliq bilan chaqirib oladi va muhrdorlik vazifasiga tay-inlaydi. Navoiy doʻstini taxtga chiqishi bilan qutlab, unga "Hiloliya" qasidasini taqdim etgan.
Ulug‘bekning vafotidan so`ng madaniy markaz Xurosonga, jumladan uning poytaxti Hirotga ko`chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning (1441-1501) roli nihoyatda beqiyos bo`ldi. Ma’rifatli hukmdor bo`lmish Sulton Husayn (Boyqaro) butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylanadi. Uning o`zi “Husayniy” taxallusi ostida g‘azallar yozgan. Bizning kunlargacha uning she’riy “Devon”i va nasriy “Risola” asarlari yetib kelgan.
Alisher Navoiy 1441 yili Hirotda taniqli barlos bahodiri xonadonida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq nihoyatda zakovatli va zehnli bola bo`lgan. Uning besh yoshida yozgan g‘azaliga taniqli o`zbek shoiri Lutfiy o`z vaqtida katta baho bergan edi. ¨shligidanoq u temuriy shahzoda Sulton Husayn bilan do`st bo`lib, keyinchalik ular Xuroson hokimi Abulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida birga bo`lganlar. Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko`radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tayziqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo`ladi va u erda ikki yilcha turib, o`z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469 yili Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkandan so`ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik so`ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko`rsatadi. Jumladan, Alisher Navoiy o`zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida (1472-1476) mamlakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat o`rnatishga harakat qiladi. Uning xatti-harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi. Suv chiqarilib, ko`pgina erlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat ahliga shaxsan o`zi homiylik ko`rsatdi. Garchi toju-taxt uchun kurashlarda va fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari bir oz sovugan bo`lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo`lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to`n kiygizib, uning hech bir iltimosi hech qachon erda qolmasligini aytadi. Alisher Navoiyning birgina o`zi 300 tadan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo`ladi. Hirotdagi Injil daryosi bo`yida uning qurilish ishlari uchun maxsus er ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi “Ixlosiya”, “Shifoiya” majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug‘orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. el-yurt farovonligini o`ylagan Navoiy o`z daromadlarining aksariyat qismini hayriya ishlariga sarflaydi.
Odamiy dersang demagil odamiy,
Onikim yo`q xalq g‘amidin g‘ami,
deb, o`z ta’rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko`prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. Shuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo`lgan va ta’mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta’mir etib o`z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi jome’ masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining go`zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining etuk namoyondasi “Sharq Rafaýli” nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan - Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan-Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond,, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar etishib chiqdilar. Alisher Navoiy ilk bora o`zga shoirlardan farqli ravishda turkiy tilda 1483-1485 yillarda beshta dostondan iborat “Xamsa” asarini yozdi. Navoiy o`z ona tili ko`rkamligi va jozibadorligini asarlarida namoyon etdi:
Tortib turk nazmida alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam,
degan edi shoirning o`zi. Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlar mavjuddir. Ular “Xazoyinul maoniy”, “Lison ut tayr”, “Mahbub ul qulub”, “Majolisun nafois”, “Munshaot”, “Muhokamatul lug‘atayn”, “Mezonul avzon” va boshqalardir. Bular o`z ichiga tarixiy, falsafiy, ahloqiy mezonlarni olib, ularda insoniyatga xos bo`lgan barcha ijobiy xislatlar ulug‘lanadi. Navoiy o`z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o`sgan eriga nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi.
Navoiyning o`zi esa barkamol, komil inson qiyofasi uchun buyuk ramzdir. Ulug‘ shoirning o`lmas merosini o`rganish mustaqillik yillarida o`zining haqiqiy darajasiga chiqdi. Adibning barcha asarlari qayta chop etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, xalqimizning buyuk mukofoti ramzida Navoiy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. O`lkamizda Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo`qdir. Prezidentimiz tashabbusiga ko`ra, 1991 yili Alisher Navoiyning 560 yilligi juda katta tantanalar bilan nishonlanib, shoirning mahobatli haykali xalqimizning muqaddas ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad ko`tardi.
XV asrning zabardast o`zbek shoirlari ichida, shuningdek Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari ma’lum va mashhur bo`lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkigo`y shoir Lutfiy (1366-1465) bo`lgan. Uning o`z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib asarlari mavjud bo`lib, bizgacha faqat mashhur “Gul va Navro`z” va g‘azallar devoni etib kelgan xolos.
Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali ßzdiyning (1454 yili vafot) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so`ng yozilgan bir xil nomdagi “Zafarnoma” asari yaratildi. Fors-tojik adabiyotida ayniqsa mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi hamda do`sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo`ldi. Jomiy va Navoiyning do`stligi esa, tarixda xalqlarimiz ittifoqligining buyuk ramzi bo`lib qoldi.
1499 yildan boshlab O`rta Osiyoga o`z yurishlarini boshlagan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) temuriylar ichidagi ichki nizo va noittifoqlikdan foydalanib, Movarounnahrga nisbatan istilochilik harakatlarini boshladi. Temuriy shahzodalardan, shu vaqtdagi yagona movarounnahrlik iqtidorli va harbiy sarkardalik mahoratiga ega bo`lgan, keyinchalik buyuk shoir va davlat arbobi darajasiga chiqqan Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) sa’yi-harakatlari ham o`zining tegishli natijasini bermadi. 1505-1506 yillarga kelib Shayboniyxon Xorazm va Movarounnahrni to`liq egallaydi. Shayboniyxonga qarshi kurashish uchun yo`lga chiqqan Xuroson hukmdori Sulton Husayn (1469-1506) 1506-yilning bahorida vafot etadi. Sulton Husaynning vorislari o`rtasida toju-taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo bilan Muzaffar Mirzolarga o`tadi. Qulay vaziyatdan foydalangan Shayboniyxon 1507 yili shahzodalarni tor-mor etib, qattiq janglardan so`ng poytaxt Hirot va butun Xurosonni o`z qo`li ostiga oladi.
40. Chingizxon bosqini. Mahmud Torobiy qo’zg’oloni

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling