O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


chig’otoy ulusi davrida Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi


Download 1.01 Mb.
bet45/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   287
42. chig’otoy ulusi davrida Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi
O’lkalarning taqsimlanishi. Zabt etilgan o’lka va viloyatlarni Chingizxon hali hayotlik chog’idayoq o’g’illariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil bo’yi, Xorazm va Darbandgacha to’ng’ich o’g’li Jo’ji va uning vafotidan keyin esa nabirasi Botuga topshirildi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning ikkinchi o’gii Chig’atoy ega bo’ldi. Chingizxon G’arbiy Mo’g’ulistonni, shuningdek, Tarbag’atoyni uchinchi o’gii va vorisi O’qtoyga berdi. Kenja o’gii Tuluga esa Mo’g’uliston, Xitoy va Qirg’izlar yeri tegdi. Shunday qilib, mo’g’ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlash asosida boshqarishga kirishdi. Chingizxon vafotidan so’ng (1227) O’qtoy mo’g’ullar davlatining ulug’ xoqoni qilib tayinlandi. Uluslarning hukmdorlari "xon" deb yuritilardi. Ulug’ xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida bo’lib, u yerdan turib Xonlarning xatti-harakatini qattiq nazorat qilib borar edi. Chingizxon vafotidan keyin ham mo’g’ullarning G’arbga tomon yurishi davom etdi. 1236-1241-yillarda Rusiya zabt etilib, Oltin o’rda davlati tashkil topadi. 1256-yilda Eron batamom bosib olinib, Hulokuiylar davlati vujudga keladi. 1258-yilda Huloku abbosiylar sulolasiga xotima beradi. Mo’g’ullar Osiyo va Yevropaning katta qismida o’z hukmronligini o’rnata olgan bo’lsalar-da, yagona markazlashgan davlat tuza olmadilar. Ulus xonlari ulug’ xoqonga nomigagina bo’ysunsalar-da, amalda o’z bilganlaricha ish yuritardilar. Ulus xonlari o’rtasida yo ulug’ xoqon bo’lish uchun, yo boshqa ulus tasarrufidagi hududlarni egallab olish uchun o’zaro keskin ichki kurash, ziddiyatlar avj olib turardi. Chig’atoy ulusi. XIII asrning 20-yillarida Chig’atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig’atoy ulusi tashkil topdi. Chig’atoyxonning ulusni boshqaradigan o’rdasi Ili daryosi bo’yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig’atoy o’ziga bo’ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movarounnahr zabt etilmasdan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga beriladi. U Xo’jand shahrini o’ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerda turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat, aholini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari dorug’achi va tamg’ach deb ataluvchi mo’g’ul amaldorlari qo’lida bo’lardi. Mo’g’ul bosqoqlari (mahalliy hokim) ixtiyoridagi ko’p sonli askarlar Mahmud izmiga bo’ysundirilgan edi. Mahmud Yalavoch shularga suyanib mo’g’ul xoqonlari talabini ijro qilar va o’zining cheksiz hukmronligini amalga oshirar edi. Soliq turlari. Chig’atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zoiavonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan yer solig’i bu davrda "kalon" deb yuritilgan. Chorvadorlarga esa "qopchur" solig’i solingan. Davlat xazinasi uchun "shulen" nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig’i ham undirilgan. "Shulen" har bir podadan ikki yashar qo’y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan. Hunarmandlar va savdogarlardan "targ’u" solig’i undirilgan. Targ’u ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o’ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga tuz solig’i, jun va kumush solig’i solingan. Yosoq kitobi -mo’g’illarning huquqiy qoninlari to’plami. Kalon - hosilning 1/10 qismi hajmida olingan soliq. Chig'atoy ulusi - imperiya taqsimlanganda uning Chig'atoyga tekkan qismi. Keyinchalik u Chig'atoy davlatiga aylangan. Qopchur - chorva mollari bosh sonining 1% miqdorida olingan soliq. Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo’la to’lab yuborilardi, so’ngra ular aholidan yig’ib olinardi. Aholidan yig’ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi. Mo’g’ullar hukmronligining dastlabki yillaridayoq mo’g’ul xoqonlari o’zlariga xizmat ko’rsatgan kishilarga, ayrim katta yer egalari va savdogarlarga turli yorliq va payzalar berardilar. Payza oltin, kumush, jez va yog’ochdan yasalgan taxtachalardan iborat bo’lardi. Bunday payza yoki yorliqqa ega bo’lgan kishilar, shu jumladan elchi, soliq yig’uvchilar va boshqa ma'murlar aholidan turli xil yig’im va to’lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Bunday payza va yorliqlar ko’plab berilardi. Bundan tashqari, mamlakatning, savdo yo’llarida joylashgan bekat - yomlarning xizmati va xarajati ham aholining bo’yniga yuklangan edi. Davlat topshirig’i bilan qatnaydigan son-sanoqsiz elchilar, choparlar va xabarchilarga bekatlarda mahalliy aholi xizmat qilishga, ularga ot-ulov, oziq-ovqat, yem-xashak va boshqa kerakli buyumlarni topib berishga majbur edi. Zo’rlik, jabr-zulmning nihoyatda kuchayishi, xilma-xil majburiy to’lov va yig’imlarning haddan tashqari ko’pligi mehnatkash ommaning tinkasini quritgan edi. Bunday ahvol, shubhasiz, mo’g’ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko’tarishiga olib keldi. Shunday qo’zg’olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog’ida ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni bo’ldi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling