O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet36/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   287
33. Somoniylar hukmronligi. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi Har biri o’z hukmronligi davrida o’z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. Tohiriylar davlatinin barham topishi bilan vaziyat tubdan o’zgarib, Nasr uchun qulay sharoit paydo bo’ladi. Buxoro ahli Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuborib, Buxoroni o’z qo’l ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so’raydilar. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib yuboradi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi. Ko’p o’tmay aka-uka Ismoil va Nasr o’rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi. Ismoil Somoniy. O’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli-sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo’lgan uzluksiz bosqinlari barham topib, aholi vohalar atrofi bo’ylab mudofaa devorlariyu, son-sanoqsiz qal'alarni bino qilish va ularni muttasil ta'mirlab turishdek og’ir, mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forig’ bo’ladi. 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini o’rab turgan qadimiy mudofaa inshooti-Kanpirak (Kampir) devorining har yilgi odatiy hashari to’xtatiladi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo’lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho’chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to’qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zairlashtirib, bu boy viloyatlarda o’z ta'sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu'tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda ular o’rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g’alabasi °ilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoi ostiga o’tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur bo’ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l
ostida birlashtirdi. Buxoro shahri poytaxt bo’lgan. Somoniylarda boshqaruv tizimi. Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi avvalambor markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog’liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo’lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o’nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Ma'muriy, siyosiy va xo’jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo’libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo’lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo’lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Viloyatlarda barcha devonlarning vakillari bo’lgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga bo’ysunar edilar. IX asr oxirlarida Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’ldi. Iqto mulki. X asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulk "iqto", unga ega bo’lgan mulkdorlar "muqto" yoki "iqtodor" deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a'zolari - amirzodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan naslga o’tkazilmagan. Iqtodorlar o’ziga in'om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma'lum qismini yig’ib olish huquqiga ega bo’lganlar. Islom dini rivoii. Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh-madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur mahallasida joylashgan edi. Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom "shayx ul islom" nomi bilan yanada ulug’landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Mudofaa ishlari. Somoniylar tashqi va ichki dushman xurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e'tibor beradilar. Xususan Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo’shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi. Muntazam qo’shin oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning haramini qo’riqlash uchun turk g’ulomlaridan tuzilgan edi. Saroy sarbozligiga qabul qilingan o’spirin turk g’ulomi harbiy xizmatini ma'lum muddatda va qat'iy tartibda o’tar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar "hojib" lavozimiga ko’tarilgan. Hojiblarning boshlig’i "hojib ul-hujob" yoki "hojibi buzruk" deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo’shinlarga ega edilar. Harbiy qo’shin va uning ta'minoti bilan ariz devoni deb atalgan maxsus vazirhk shug ullanar edi. Amid yl-mulk - davlat hujjatlari va elchilik aloqalari boshlig i, bosh vazir. Mustovfiy - moliya vaziri. Sohibi shurat - harbiy ishlar vaziri. Ulamo - din olimlari. Xatib - namozda xutba o’qiydigan ruhoniy. Hojib - harbiy boshliq.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling