O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Yoppasiga jamoalashtirishga o`tish siyosati
Download 1.01 Mb.
|
Yoppasiga jamoalashtirishga o`tish siyosati. Yangi iqtisodiy siyosat tufayli tirishga o’tish siyosati o'z xo’jaligiili tiklab olgan oilalarning quloq qilinishi natijasida 20-yillarning oxirlarida bozor munosabatlari muhiti barham topdi. Sovet davlati tortib olingan yer-suvlar hisobiga kooperatsiyalar, so’ng kolxozlar tuzish siyosatini olib bordi. Jamoalashtirish «yuqori»ning tazyiqi asosida o’tkazildi. Matbuot O’rta Osiyo respublikalarining jamoalashtirishga «tayyor» ekanligini targ’ib qilib, mahalliy, ijtimoiy sharoit mutlaqo hisobga olinmadi. 1930-yil 17-fevralda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti «Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g'risida» qaror qabul qildi. Respublika yalpi jamoalashtiriladigan o’n yetti tumanga bo’lindi. Mahalliy rahbarlar raqamlar orqasidan quvib, qonunni buzishgacha bordilar. Jamoalashtirish mutasaddilari dehqonlarning majlislarida kolxozga kirmaganlar suvdan mahrum etiladi, sanoat mollari bilan ta'minlanmaydi, katta soliq solinadi, surgun qilinadi, deb qo’rqitishgacha borganlar. Natijada ko’pchilik tumanlarda kolxozlashtirish bir necha hafta ichida tugallandi. 1930-yil 6-fevralda qishloq xo’jaligi artelining birinchi Namunaviy Nizomi qabul qilindi. Nizomda mulkni umumiylashtirish mezonlari, kolxozlarning bo’linmas fondlari to’g’risida tushuncha berilmagan edi. Natijada turar joy binolari, qo’y-echki, qoramollar ham umumiylashtirildi. Ana shunday noqonuniy hollar Qo’qon, Toshkent, Samarqand okruglarida qayd qilindi. Jamoalashtirishni jadallashtirish amalda o’ziga to’qroq xo’jaliklarni tugatish, ya'ni xo’jalik mulklari va imoratlarni musodara qilishga aylanib qoldi, yuqoridan qilingan qattiq tazyiq shunga olib keldi. Quloq xo’jaliklarini tugatish kampaniyasi O’zbekistonda 1930-yil fevraldan boshlab avj oldi. Yuqoridan kelib turgan har xil yo’l-yo’riqlar va ko’rsatmalar zo’rlikni avj oldirishga mo’ljallangan edi. Bu yo’l-yo’riqlar kimlarni quloqlar toifasiga kiritish kerakligini aniq belgilab bermasdi. Yakka tartibda qishloq xo’jalik solig’i solinadigan o’ziga to’q dehqon xo’jaliklarining ro’yxati quloq xo’jaliklarini belgilash uchun asos bo’lib xizmat qildi. Bu ro’yxatlar moliya organlari tomonidan tuzilar va o’rta hol dehqonlar hatto kambag’allar hisobiga kengaytirib borilardi. Chunonchi, Mirzacho’l tumani (Toshkent viloyati)da 137 ta quloq xo’jaligini tugatish ko’zda tutilgan edi, lekin ro’yxatlar tekshirib chiqilganidan keyin 75 ta xo’jalik tugatildi. Ko’pgina tumanlarda quloq xo’jaliklarinigina emas, balki o’rtahol va hatto kambag’al xo’jaliklar ham musodara qilindi. Bunday xo’jaliklarning tugatilishi dehqonlarda ishonchsizlik va xavotir uyg’otdi. Ko’pgina odamlar o’z xo’jaliklarini qarovsiz tashlab qochdilar, chorvalarini so’ydilar va sotib yubordilar. Mollarning ko’plab so’yilishi jiddiy muammo bo’lib qoldi. Qoramollar boshi respublika bo’yicha 1930-yili 60 mingdan ziyodga kamaydi. Jadal jamoalashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish, o’rtahol dehqonlarga nisbatan zo’rlik qilish respublikadagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Dehqonlarning noroziligi kuchayib, ayrim tumanlarda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. 1930-yil 25-fevralda ular Farg’ona vodiysining bir qancha tumanlarida bo’lib o’tdi. So’ngra Andijon, Buxoro, Toshkent, Xorazm va Samarqand okruglarining ba'zi tumanlariga yoyildi. Jamoalashtirishga qarshi chiqishlar bir qancha hollarda sovet hokimiyatiga qarshi siyosiy chiqishlarga aylanib ketdi. Jumladan, Farg’onada kolxozlarga qarshi namoyishlar ko’pchilik hollarda siyosiy tus oldi. Partiya ma'muriy tazyiq o’tkazishni pasaytirgan bo’lsa ham, haddan oshish va buzg’unchilik hollari avj olib ketgan edi. Shuning uchun dehqonlar kolxozlardan chiqib keta 'boshladilar. Natijada 1930-yilning martida kollektivlashtirish foizi respublika bo’yicha 47 % dan ko’proqni tashkil etgan bo’lsa, may oyiga kelib u 29%gacha kamaydi. 1930-yilning kuzidan boshlab dehqonlarga yangidan tazyiq o’tkazish toiqini boshlandi. 1931-yilning yoziga kelib dehqon xo’jaliklarining 56,7% i birlashtirildi. 1931-yilning bahoridan boshlab O’zbekistonda yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi. 1930- 1933-yillari tugatilib, quloq qilingan xo’jaliklar soni 5,5 mingtaga yetdi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling