O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Ma`muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi


Download 1.01 Mb.
bet95/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   287
80. Ma`muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi.
20-yillarning oxirlariga kelib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda ro’y berayotgan keskin qiyinchiliklarni adolat yuzasidan, aql-idrok bilan emas, balki ma'muriy-buyruqbozlik yo’li bilan, zo’ravonlik usuli bilan bartaraf qilish uchun Markaz siyosiy hokimligining harakati kuchaydi. Yangi iqtisodiy siyosat uzil-kesil chetga chiqarib tashlandi. Qishloq xo’jaligini zudlik bilan jamoalashtirish hamda sanoatlashtirishni jadallashtirish yo’liga qat’iyan kirishildi. Siyosatning o’zgarishi qo’yilgan maqsadlarga erishishda boshqacha usullarni qo’llashni ham talab qildi. Xo’jalik hisobini, ishlab chiqaruvchilarning tashabbusi va uddaburonligini kuchaytirishga mo’ljallangan moddiy rag’batlarni rasm qiluvchi yangi iqtisodiy siyosat rejalashtirishni mumkin qadar markazlashtiradigan va barcha boshqarish ishlarini qattiq tartib ostiga oladigan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi bilan almashtirildi. Shahar bilan qishloq qisqa muddat ichida qattiq markazlashtirish va ma'muriylashtirish sirtmog’iga tushib qoldi. Sanoat va savdoda davlat sektori tobora katta monopolist, ya'ni yakka hokim bo’lib bordi. Sanoatda umumiylashtirish jarayoni boshlandi. Bunday yirik sanoatda umumiylashtirishning asosiy usuli natsionalizatsiya qilingan ishlab chiqarish vositalari negizida davlat korxonalari barpo etishdan iborat bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilik korxonalaridan iborat mayda sanoatda umumiylashtirish jarayoni kooperatsiya va mayda tovar ishlab chiqaruvchini davlat sanoatiga jalb etish yo’li bilan bordi. Mayda sanoatdagi xususiy sektorning ulushi to’xtovsiz qisqaraverdi va 20-yillarning oxiriga kelib deyarli barham topdi. Sanoatlashtirish va hunarmandlarni kooperatsiyalash natijasida respublika sanoatida xususiy sektor butunlay tugatildi. Savdodagi kapital O’zbekistonda Rossiyadagidan ko’ra uzoqroq saqlanib qoldi. Uning chakana tovar ayirboshlashdagi salmog’i 1926-1927-yillarda respublikaga keltirilgan tovarlarni sotish bo’yicha 48,5 foizga mahalliy ishlab chiqarish mahsuloti bo’yicha esa 95 foizga yetdi. Biroq xususiy savdogarlar mavqeining davlat qo’liga o’tishi 1927-1928-yillar davomida kuchaydi. 1929-yili savdoda umumiylashtirilgan sektor 76,5 foizni tashkil etdi. Tijorat-vositachilik muomalasida xususiy sektorning keskin qisqarib ketishi tovar tanqisligining kuchayishiga, pulning tobora ko’proq qadrsizlanib, kartochkalarning joriy etilishiga olib keldi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimini ta'minlashda iqtisodiyotni rivojlantirishning rejalar asosidagi usullari muhim o’rin tutdi. Bular iqtisodiyotga rahbarlik qilishni davlat tomonidan ishlab chiqiladigan xalq xo’jaligi rejalari asosida mumkin qadar ko’proq markazlashtirishni mustahkamlab bordi. Markazlashtirish siyosati mamlakatda qaror topgan g’oyat katta xo’jalik ustidan butun hokimiyatni jamlaydigan tegishli apparat bo’lishiga juda muhtoj edi. Davlat reja komissiyasi ana shunday apparat bo’lib qoldi. Ittifoqdosh respublikalarda, jumladan, O’zbekistonda ham mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan loyilialar va rejalarni tuzadigan Davlat reja komissiyasi tashkil etildi. Bular siyosatining negizida Markazning manfaatlari yotar edi. Xalq xo’jaligining alohida sohalarini boshqarish uchun xalq komissarliklari tuzildi, ular mamlakat xo’jaligining ayrim sohalarini boshqarishni qattiq markazlashtirishni ta'minladilar. Xo’jalik yuritishning qaror topib borayotgan tizimi markaziy organlarning cheklanmagan hukmiga asoslanuvchi g’ayriiqtisodiy boshqaruv usullarining kuchiga tobora ko’proq bo’ysunib bordi. Iqtisodiy taraqqiyotning ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladigan omil bu moliyaviy mablag’lardir. Markazlashtirish sharoitlarida esa pul bozor iqtisodiyoti sharoitlaridagidan ko’ra boshqacharoq vazifani bajaradigan bo’lib qoldi. Pul o’ziga xos taqsimot kartochkalariga aylanib qoldiki, bu kartochkalarga ma'muriy yo’l bilan tarqatiladigan boyliklarni har xil miqdorda olish mumkin bo’ldi. 1930-yili o’tkazilgan kredit islohoti natijasida tijorat krediti to’g’ridan-to’g’ri bankdan kredit berish bilan almashtirildi. Bu ish butunlay mamlakatning birdan-bir hisob-kitob markaziga aylanib qolgan Davlat banki ixtiyoriga o’tdi. O’zbekistonda Osiyobank, Tashqi iqtisodiy bank (VNESHEKONOMBANK) tugatildi. Qishloq xo’jalik banklari qaytadan tuzildi. Shu munosabat bilan respublika davlat bankining roli yanada kuchaydi. Davlat mexanizmida markazlashtiruvchi asoslarning kuchayib borishi ittifoqdosh respublikalar suverenitetini bo’g’ib qo’ydi. Ana shunday sharoitlarda safarbar etuvchi asosiy siyosiy rol partiyaga berildi. 20-yillarning oxirlaridan boshlab partiyaning ichki tartibi keskin qat’iylashtirildi, siyosiy quvg’in va qatag’onlar tobora kuchaydi. Bularning zarurligini asoslab berish uchun sotsializm qurilishi sharoitlarida sinfiy kurash keskinlashib boradi, degan Stalin tezisidan tobora ko’proq foydalanildi. Xuddi boshqa respublikalarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham xususiy kapitalni va nepmanlar, boylar, yarim feodal-boylar xo’jaliklarining qoldiqlarini juda qisqa muddat ichida tugatish yo’li qo’llab-quvvatlandi. Mana shu nepmanlar, boylar, yarim feodal-boylarning hammasi sotsialistik qurilishning eng ashaddiy dushmanlari deb elon qilindi. Hamma yerda zararkunanda deb atalmish kishilarni qamoqqa olish ishlari avj ola boshladi. Bularning hammasida Stalinning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ma'muriy choralar bilan yechishga moyilligi va cheksiz hokimlik qilishga intilishi muhim rol o’ynadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling