“O‘zsanoatqurilish” atb va khiso olimpiada maktabi tomonidan


Download 226.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.05.2023
Hajmi226.13 Kb.
#1447378
Bog'liq
SQB olimpiadasi



“O‘zsanoatqurilish” ATB va KHISO olimpiada maktabi tomonidan 
o‘tkazilayotgan “Matematika olimpiadasi”ning o‘tkazilish tartibi, qatnashish 
shartlari hamda ommaviy oferta. 
 
1. O‘TKAZILISH TARTIBI VA SHARTLARI 
1.1. Olimpiada 2 (ikki) bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich: saralash. 2-bosqich: 
asosiy. 
1.2. Olimpiadaning birinchi, ya’ni saralash bosqichi onlayn tarzda khiso.uz 
saytda bo‘lib o‘tadi. 
1.3. Olimpiadaning ikkinchi, ya’ni asosiy bosqichi va taqdirlash marosimi 
oflayn tarzda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 
1.4. Ushbu olimpiadada faqatgina davlat va nodavlat oliy ta’lim 
muassasalarining (keyingi o‘rinlarda OTM deb yurtiladi) bakalavriat va magistrant 
talabalari hamda Respublikamizdagi bank tizimi xodimlari ishtirok eta olishadi. 
2. TOMONLARNING MAJBURIYATI VA JAVOBGARLIGI 
2.1. Ishtirokchining majburiyatlari. 
2.1.1. Ishtirokchi olimpiada saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy 
ma’lumotlarini (FIO, OTM va kursni) to‘g‘ri kiritishi kerak va bunga o‘zi 
javobgardir. Bunda tijorat banklari xodimlari ham vaqtinchalik talaba bo‘limidan 
ro‘yxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi. 
2.1.2. Olimpiadaning saralash bosqichida faqat bir akkauntdan va faqat bir 
marta qatnashishiga ruxsat beriladi. 
2.1.3. Yuqori ball to‘plab, asosiy bosqichga o‘tgan ishtirokchi belgilangan 
kun va vaqtda shaxsni hamda OTM talabasi yoki tijorat banki xodimi ekanligini 
tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma) bilan Toshkent shahriga (olimpiada o‘tkaziladigan 
binoga) yetib kelishi kerak. 
2.1.4. Asosiy bosqichda ishtirokchining yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan 
boshqa hech qanday buyumlar bo‘lmasligi kerak: telefon va turli gadjetlar, 
kalkulyator, shpargalka, kitob va hokazo narsalar. 
2.1.5. Asosiy bosqichda ishtirokchi belgilangan vaqt ichida topshiriqlarni 
bajarib, uni nazorat xodimlariga taqdim etishi kerak. 
2.1.6. Asosiy bosqichda g‘olib deb topilganlar va sovrinli o‘rin ishtirokchilari 
belgilangan sana hamda soatda “Taqdirlash marosimi”da qatnashishlari kerak. 
2.2. Tashkilotchining majburiyatlari. 
2.2.1. Olimpiadaning har ikkala bosqichini respublika miqyosida to‘g‘ri 
tashkil etish: 
Saralash bosqichi uchun ko‘p foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan maxsus 
olimpiada saytini yaratish, ushbu saytga olimpiada topshiriqlarini joylashtirish; 
Asosiy bosqich offline tarzda o‘tkazilishi sabab, olimpiada o‘tkaziladigan 
binoni barcha sharoitlar bilan ta’minlash. 
2.2.2. Olimpiada topshiriqlarini matematikadan kuchli bilim va tajribaga ega 
professional mutaxassislar tomonidan to‘g‘ri, aniq va bexato tuzlishini hamda 
maxfiyligini ta’minlash. 
3. MAXFIYLIK SIYOSATI 


3.1. Ishtirokchi olimpiada tashkilotchilari tomonidan o‘z shaxsiga doir 
ma’lumotlardan olimpiada maqsadlarida foydalanish huquqiga ega. 
3.2. Agar (1.4) bandda sanab o‘tilgan toifaga kiruvchilardan tashqari shaxslar 
bunga amal qilmay, olimpiadada ishtirok etib g‘olib bo‘lishsa ham, ularga olimpiada 
g‘oliblari uchun ajratilgan mukofot va sovg‘alar berilmaydi! 
4. QUYIDAGI HOLLARDA SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN 
ISHTIROKCHILAR 
OLIMPIADANING 
ASOSIY 
BOSQICHIDAN 
CHETLATILADI VA NATIJALAR NOLLASHTIRILADI. 
4.1. Ishtirokchi olimpiada o‘tkaziladigan binoga kirishda mikrokalkulyator, 
jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa 
vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan 
topshiriqlarni bajarish davomida foydalansa. 
4.2. Bir shaxs boshqa shaxs o‘rniga kirishga urinsa. 
4.2. Olimpiada materiallarini boshqa ishtirokchilarga uzatsa yoki ularga 
yordam bersa. 
4.3. Olimpiada jarayonida ishtirokchilar bilan muloqotga kirishsa. 
4.4. Olimpiada materiallarini binodan tashqariga olib chiqishga urinsa. 
4.5. Olimpiada uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng olimpiada 
materiallarini topshirishdan bosh tortsa. 
4.6. Olimpiada jarayonida videokuzatuvlar orqali ishtirokchining tartib va 
qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa. 
O‘tkazilish tartibi bilan tanishdim, qatnashish shartlariga roziman. 

Download 226.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling