O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
-bob. Institutning huquq va majburiyatlari
Download 292.26 Kb.
|
VMQ 220
3-bob. Institutning huquq va majburiyatlari
10. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar tashkil etish, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarini tashkil etishda ishtirok etish; Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish; texnik reglamentlar, majburiy standartlar, metrologiya va majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha “O‘zstandart” Agentligiga takliflar kiritish; o‘z vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, jumladan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etish; texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish; o‘z vakolatlari doirasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalar, chora-tadbirlar rejalari, jadvallar va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni tasdiqlash; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni sertifikatlashtirish, mahsulotni sinash usullarini validatlash (attestatsiyadan o‘tkazish), o‘lchov va sinov vositalarini tayyorlash, kalibrlash, qiyoslash, ta’mirlash, standart namunalar, moddalar va materiallarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish yo‘li bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida noshirlik faoliyatini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotni tarqatish; aholi va turli tashkilotlarga pulli ta’lim xizmatlari, muvofiqlikni baholash bo‘yicha xizmatlar, mehmonxona xo‘jaligi va umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning ishchi kengashlarida va yig‘ilishlarida ishtirok etish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha standartlashtirsh bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, joriy qilishni shartnoma asosida amalga oshirish; standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, “davra suhbatlar”i va boshqa tadbirlar o‘tkazish; xalqaro sertifikatlashtirish tizimiga qo‘shilish, mahsulotlarni majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash va ularni “O‘zstandart” Agentligiga kiritish; Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Download 292.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling