P a r a z I t o L o g I ya
O’tkir dumli nematoda yoki bolalar ostrisasi (Enterobis vermicularis)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
O’tkir dumli nematoda yoki bolalar ostrisasi (Enterobis vermicularis)
Bu ostrisa hamma joyda tarqalgan, juda mayda, ya’ni urg’ochisining uzunligi 10-12 mm, erkaginiki esa 2-5 mm bo’ladi. Ostrisa deb atalishiga sabab shuki, urg’ochisining tanasi dum qismiga tomon o’tkirlashgan, ingichkalashgan bo’ladi. Erkagi tanasining keyingi uchi spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni qavarib chiqqan va kengaygan kutikula-vezikula bilan o’ralgan. Erkagining askaridadan farqi dum tomonida bitta spikulasi borligidir (askaridada spikula ikkita bo’ladi). Og’zi uchta lab bilan o’ralgan. qizilo’ngachi sharsimon kengaygan - bul’bus bilan tugaydi. Bul’busda kutikulali chaynash plastinkalari bor. Bolalar ostrisasi odamlarni, ayniqsa yosh bolalarni ingichka ichagining ikkinchi yarmida va yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Urug’langan urg’ochi ostrisalar tunda anal teshikdan faol harakatlanib anus atrofiga chiqadi va bu erda teri burmalariga 10-20 mingga yaqin tuxum qo’yadi. Tuxum qo’yishdan oldin ostrisalar suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik yordamida tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o’zidan suyuqlik chiqarib, tuxum qo’yayotganida bu joyni 62 qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor qashinadi. Urg’ochi ostrisa tuxum qo’yib bo’lganidan keyin burishib o’ladi. qo’yilgan tuxum 4-6 soatda yuqumli xolatga keladi. Bu parazitning urg’ochisi 25-30 kun yashaydi. Erkagi urg’ochisini otalantirgach o’lib ketadi. Ostrisa bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo’ladi, ishtaxasi yo’qoladi, ko’ngli ayniydi, qorni og’riydi va boshi aylanadi. Bola qashigan paytda ostrisa tuxumlari ichki kiyimlarga, barmoqlariga, tirnoqlari orasiga o’rnashib qoladi va qo’lini yuvmasdan ovqatlansa yoki barmoqlarini og’ziga solsa, ostrisa tuxumi bolaning ichiga tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o’sib rivojlanadi, 2-4 xaftadan keyin voyaga etadi. SHunday yo’sinda ostrisa bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Ostrisa tuxumi kiyimda va polda uzoq saqlanishi mumkin. Ostrisa pashshalar, suvaraklar va boshqa xasharotlar orqali ham tarqaladi. Ostrisa bilan kurashish uchun shifokorlar bemorlarga issiq suv va margansovka eritmasi bilan klizma qilishni buyuradilar, ammo bu yaxshi natija bermaydi. Ostrisa bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun vankin, kombantrin, vermoks, piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar qo’llaniladi. Ostrisa yuqishi yoki qayta yuqishidan bolani saqlash uchun bolani yoshligidanoq sanitariya-gigiena qoidalariga o’rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini kalta qilib olib, kiyimlarini dazmollab kiyishga odatlantirish kerak. Ostrisani tushirish uchun yarim stakandan kuniga 2 maxal 2-3 xafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim. Umuman, ostrisalar avlodining 20 ga yaqin turi bor. MDXda odamlarda faqat bitta turi, ya’ni bolalar ostrisasi parazitlik qiladi. Ostrisaning otlarda Oxyuris equi turi parazitlik qiladi, uning tana uzunligi 18 smgacha boradi va oksiuroz kasalligiin keltirib chiqaradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling