P a r a z I t o L o g I ya


Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis) voyaga etgan davrida 
baliqchilar, loyxo’raklar va boshqa suvda suzib yuruvchi hamda suv bo’yida 
botqoqliklarda yashovchi qushlar ichagida parazitlik qiladi. 
Ligulalarning tanasi proglottidalarga bo’linmaydi, ammo ularning tanasida 
uzunasi bo’ylab ko’p marta takrorlanadigan germafrodit jinsiy organlari bo’ladi. 
Tanasining uzunligi 15-100 sm atrofida, ikki uchi ingichkalashgan. Tanasining
oldingi tomonida ikkita botiridiyasi bor. 
Ular ikkita oraliq xo’jayin orqali rivojlanadi. Tuxumi qush tezagi bilan birga 
suvga tushadi. Tuxum suvga tushgach 5-9 kunda etiladi. Tuxumdan kipriklar bilan 
qoplangan lichinka "korasidiy" chiqadi. Korasidiylar suvda 1-2 kun yashaydi. Uni 
birinchi oraliq xo’jayin diaptomus, sikloplar yutib yuboradi. qisqichbaqasimonlar 
tana bo’shlig’ida korasidiylarni qobig’i yorilib ichidan 6 ilmoqli onkosfera chiqadi. 
Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana bo’shlig’ida proserkoid degan lichinkaga 
aylanadi. Proserkoid 10-15 kunda etiladi. Ligulaning ikkinchi oraliq xo’jayini 
chuchuk suv baliqlarining har xil turlari bo’lib, ular siklopalar bilan ovqatlanganda 
parazitni o’zlariga yuqtiradi va bu baliqlarning gavda bo’shlig’ida 12-14 oydan keyin 
uchinchi lichinkalik davri pleroserkoidga aylanadi va bu erda 2-3 oy parazitlik qiladi. 
Pleroserkoidning uzunligi 2 metr atrofida bo’ladi. Dastlab, baliqlarning terisini teshib 


55 
tashqariga chiqadi va baliqlarning ko’plab qirilib ketishiga sababchi bo’ladi. 
Ligulalardan ko’pincha karpsimon baliqlardan o’zbekiston suv xavzalarida qora baliq 
(marinka), zog’ora baliq, leshch, qizil ko’z baliqlar zararlanadi. Umuman, ligulalar 
keltirib chiqaradigan kasallikni ligulyoz deb atalib, bu kasallik suv xavzalaridagi 
baliqchilik xo’jaliklariga katta zarar etkazadi. Suvda va botqoqliklarda yashovchi 
qushlar (ko’k qo’ton, baliqchilar, loyxo’raklar, o’rdaklar va boshqa qushlar) 
baliqlarni eb bu chuvalchangni o’zlariga yuqtiradi. Pleroserkoid qush ichagiga 
tushgandan 2-5 kundan keyin jinsiy voyaga etadi va tuxum qo’ya boshlaydi. Parazit 
qush organizmida qisqa, ya’ni 3-4 xafta parazitlik qiladi, so’ngra organizmdan tabiiy 
xolda chiqarib tashlanadi. 
Tasmasimon chuvalchanglardan yana tizanieziya (Thysaniezia giardi) va 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling