P a r a z I t o L o g I ya


Keng yoki serbar tasmasimon chuvalchang - (Diphyllobotrium latum)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Keng yoki serbar tasmasimon chuvalchang - (Diphyllobotrium latum) 
tasmasimon chuvalchanglarning eng uzun va yirik vakili bo’lib, odam hamda turli 
sutemizuvchi yirtqich hayvonlarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo’rilarning) ichagida 
parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-15 m, ba’zan esa 20 metrgacha boradi, eni 
esa 3-4,5 smgacha etadi. 
Bo’g’imlar, ya’ni proglottidalar soni har bir voyaga etgan keng tasmasimon 
chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo’g’imlarning eni bo’yiga nisbatan uzun 
bo’ladi. 
Skoleksi, ya’ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. 
Ularning boshchasida so’rg’ich o’rnida 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud, 
shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi. 
Xitinli ilmoqchalari yo’q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar 
sistemasi 
qoramol 
tasmasimoninikiga 
o’xshash, lekin keng tasmasimon 
chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, 
qolganlari esa qin va urug’ yo’llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar 
boshqalarnikiga o’xshab proglottidalarning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi 
yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo’g’imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar 
bo’lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang 
deyiladi. Etilgan bo’g’imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi. 


49 
Urug’donlar har bir bo’g’imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona 
bo’lib, ikki bo’lakdan iboratdir. Etilgan bo’g’imlardagi bachadonlar ham o’zining 
shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. 
Bachadon shoxlari uzun, har bir bo’g’imning markazida, ya’ni o’rtasida 
joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o’xshaydi. 
Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo’jayin ishtirok etadi. 
Asosiy xo’jayini odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar. 
Birinchi oraliq xo’jayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar (siklop 
va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq xo’jayini (boshqachasiga qo’shimcha xo’jayin 
ham deb ataladi) baliqlar (cho’rtan, okun, lasos) hisoblanadi. 
Bunda asosiy xo’jayinda etilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari 
axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. 
Oradan 3-5 xafta o’tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan korasidiy 
chiqadi. 
Korasidiy sharsimon bo’lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi. 
Korasidiylarning kiprikli epiteliyasi ostida olti ilmoqli onkosfera bo’ladi. 
Korasidiylarni suvdagi qisqichbaqasimonlardan - sikloplar ozuqa sifatida yutib 
yuboradi. 
Sikloplar ichida korasidiylar kipriklarini yo’qotadi va onkosferalar ichak 
devorini teshib tana bo’shlig’iga o’tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik 
stadiyasi - proserkoidga aylanadi. 
Proserkoidning bosh qismida olti ilmoqli yumaloq, kichkina o’simta bo’ladi. 
Proserkoid taraqqiyoti uch xaftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinkalar 
bilan zararlangan sikloplarni cho’rtan, nalim va ba’zi lasossimon baliqlar yutib 
yuboradi. Proserkoidlar baliq oshqozonidan muskullari, jigari va boshqa organlariga 
o’tadi va keyingi lichinkalik davri pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning uzunligi 
10-15 mm bo’lib, bosh qismida so’rg’ichlar-botriylari aniq shakllangandir. Bu 
lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi. 
Odamlar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go’shtini yoki ikrasini 
iste’mol qilganda serbar tasmasimon chuvalchangni o’zlariga yuqtiradilar. Odam 
organizmida 21-36 kundan keyin pleroserkoiddan 8-15 ba’zan 20 metr uzunlikdagi 
jinsiy voyaga etgan keng tasmasimon chuvalchang etishadi. SHuni ham aytib o’tish 
kerak-ki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo’jayin va ikkita oraliq xo’jayindan 
tashqari ayrim xollarda yana rezervuar xo’jayin ham ishtirok etishi mumkin. Bunday 
rezervuar xo’jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo’lib, ular pleroserkoid bilan 
zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi pleroserkoid 
yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o’rnashadi va o’zining tiriklik 
xolatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho’rtan baliqda 250 tagacha pleroserkoid 
uchraganligi aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki hayvon ichagidagi 
parazit tashqi muhitga 2,1 mln. ta tuxum chiqaradi. 
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz 
deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko’proq yashashi 
mumkin. Ular yirik bo’lganligi uchun juda ko’p ovqatni iste’mol qiladi. Bir odam 
ichagida 143 tagacha parazit uchraganligi ma’lum. 


50 
Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh og’rishi va aylanishi, ish 
qobiliyatining pasayishi, ko’ngli bexuzur bo’lishi, ich yurishining o’zgarishi kabi 
xolatlar kuzatiladi. 
Odamda gemoglabin va eritrositlar miqdori kamayib ketadi, bu esa kamqonlik 
kasalligini tug’diradi. Parazit o’zidan turli zaharli moddalar ajratib chiqarib 
organizmni zaharlaydi. 
Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko’llar bo’yidagi axolisi ko’pincha 
baliq bilan oziqlanadigan xududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliya, Sankt-
Peterburg viloyati, Boltiq bo’yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Enisey, Amur, Pechora, 
Neva, Volga xavzalarida, Baykal ko’li atrofida yashaydigan axoli va yirtqich 
hayvonlar ko’p zararlangan). 
Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko’riladi. Jumladan, 
kasallangan odamlarni davolash, suv xavzalarining ifloslanishini oldini olish, 
zararlangan baliqlarni, ya’ni yaxshi tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni, 
ularning ikralarini iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kabi 
tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug’i bilan 
davolanadi. 
Kalta, ya’ni pakana zanjirsimon chuvalchang (Hymenolepis nana) odamning, 
ayniqsa, bolalarning ingichka ichagida parazitlik qiladi va gimenolepidoz kasalligini 
vujudga keltiradi. Bu parazitning odamlarda parazitlik qiladigan boshqa tasmasimon 
chuvalchanglardan farqi shundaki, xaqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi 1-4,5 sm 
atrofida bo’ladi. SHarsimon xartumchali boshida ilmoqchalari (bir qator joylashgan 
24-30 ta ilmoqchalari) va 4 ta so’rg’ichi bo’ladi. Boshidan so’ng ingichka bo’yni, 
undan keyin esa 150-200 tagacha mayda bo’g’imlari, ya’ni proglottidalari bo’ladi. 
Etilgan bo’g’imlarida 180 tagacha tuxumlar bo’ladi. Umuman, kalta 
zanjirsimon chuvalchangning germafrodit bo’g’imlarida, uch dona sharsimon 
ko’rinishidagi urug’don va bir juft tuxumdon hamda shoxlanmagan bachadon 
joylashgan. Bu chuvalchanglarda jinsiy teshiklar proglottida yonidan (faqat bir 
tomondan) tashqariga ochiladi. Kalta zanjirsimon chuvalchangning hamma 
rivojlanish davrlari bitta xo’jayinda, ya’ni odamda o’tadi. Demak, odam kalta 
zanjirsimon chuvalchang uchun ham asosiy va ham oraliq xo’jayin hisoblanadi. 
Bunda avvalo chuvalchangning tuxumlari suv, sabzavot-mevalar va yuvilmagan 
qo’llar orqali odamga o’tadi. Ovqat xazm qilish sistemasida tuxumdan olti ilmoqli 
onkosfera chiqadi va ingichka ichak vorsinkalariga kirib, sistiserkoidga, ya’ni finnaga 
aylanadi. Bu lichinkalik davrida dumsimon kalta o’simta bo’ladi va bu bilan ular 
qoramol hamda cho’chqa tasmasimonlarining sistiserkidan farq qiladi. Oradan 14-15 
kun o’tgach sistiserkoid ichak devoridan ichak bo’shlig’iga chiqadi va bu erda jinsiy 
voyaga etgan kalta zanjirsimon chuvalchangga aylanadi. Kalta zanjirsimon 
chuvalchangning tuxumi odam ichagiga tushgandan boshlab 19 kun o’tgach jinsiy 
voyaga etadi va ular tuxum qo’ya boshlaydi. Bu tuxumlar tashqi muhitga chiqgach 
boshqa odamlar ham zararlanishi mumkin. Ammo proglottidalarda etilgan tuxumlar 
tashqi muhitga chiqmay ichakning o’zida ham rivojlanishi mumkin, bunga 
avtoinvaziya (o’z-o’ziga yuqtirish) deyiladi. 
Kalta zanjirsimon chuvalchang ayniqsa yosh bolalarga ko’p azob beradi va ular 
hamma erda uchraydi. Bitta odamning ichagida 1000-1500 tagacha kalta zanjirsimon 


51 
chuvalchang bo’lishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalar shaxsiy gigiena qoidalariga 
to’g’ri rioya qilmasliklari tufayli bu kasallikka juda tez chalinadilar. 
Gimenolepidozga yo’liqqan odamlarning me’da-ichak yo’llari yallig’lanib 
og’riydi, ishtaxasi buziladi, ich ketish xollari yuz beradi va darmonsizlanib, mexnat 
qobiliyati pasayadi. Parazitning o’zidan chiqargan zaharli moddalari bolaning asab 
sistemasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday odamlarni gijja xaydaydigan dori-
darmonlar (fenasal) berib davolanadi. Kasallik 3-12 yoshdagi bolalarda, ayniqsa 
sanitariya-gigiena qoidalari buzilgan bolalar muassasalarida ko’proq uchraydi va tez 
tarqaladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling