P a r a z I t o L o g I ya
- 7 – mavzu: YASSI CHUVALCHANGLAR TIPINING TASMASIMON VA
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
6 - 7 – mavzu: YASSI CHUVALCHANGLAR TIPINING TASMASIMON VA
SESTODASIMONLAR SINFLARIGA KIRUVCHI PARAZITLAR. Mavzu rejasi: 1. Tasmasimon chuvalchanglarning o’ziga xos tuzilish belgilari. 2. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglarning hayot sikllari. 3. Tasmasimon chuvalchanglar vakillarining odam va maxsuldor hayvonlarda qo’zg’atadigan kasalliklari. 4. Tasmasimon chuvalchanglar qo’zg’atadigan kasalliklarga qarshi kurash choralari. 5. Sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko’payishi va zarari. Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi vakillarining morfologiyasi va biologiyasini o’rganishda shvesariyalik zoolog O.Furman o’z ishlari bilan fanga (XX asrda) katta xissa qo’shgan. Rossiyada parazit chuvalchanglar, shu jumladan, tasmasimon chuvalchanglar faunasi rus olimlari N.A.Xolodkovskiy va V.A.Kler tomonidan o’rganilgan. Akademik K.I.Skryabin raxbarligida yozilgan "Sestodologiya asoslari" ko’p tomlik asarlari MDX mamlakatlarida sestodologiya fanini rivojlantirishda asosiy rol o’ynaydi. Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo’lib, jinsiy voyaga etganlari ko’plab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlar ichagida, kamdan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ularning tanasi dorzoventral tomonga yassilangan. xozirgi vaqtda sestodalarning 3500 dan ortiq turi fanga ma’lum bo’lib, odam va chorva mollari uchun eng xavfli parazitlar hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar gavdasining uzunligi 1 mm va undan ham kichik bo’lgan juda mayda turlari bilan bir qatorda juda ulkan turlari, masalan, qoramol tasmasimoni, keng tasmasimon chuvalchanglarning uzunligi 10-15 m va ba’zan 18- 20 metrgacha boradi. Kashalotorlarning ichagida parazitlik qiladigan Polygonophorus giganticus - tasmasimon chuvalchang turining uzunligi, xatto, 30 m gacha, eni esa 4,5 smcha keladi. Sestodalar ham boshqa yassi chuvalchanglar singari parenximatoz hayvonlardir. Ularda ham tana bo’shlig’i bo’lmaydi, ya’ni tanasi parenxima hujayralari bilan to’lgan. Sestodalarning parazitlik bilan hayot kechirishga ixtisoslashgan ko’pgina moslamalari mavjud, ya’ni boshi (skoleks) va yopishuv organlari o’ziga xos tuzilgan. Gavdasi bo’g’imlarga (proglottidlarga) bo’lingan. Odatda har bir bo’g’imda takrorlanadigan jinsiy organlari bor. Ovqat xazm qilish sistemasi reduksiyalangan va nihoyat rivojlanish sikllari murakkablashgan bo’lib, xo’jayin almashtirish yo’li bilan boradi. Sestodalarning gavdasi uch qismdan, ya’ni bosh (skolek), bo’yin va bo’g’imli tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko’rinishda bo’lib, uning uchida skoleksi va undan keyin esa bo’yin qismi joylashgan. Skoleksi sestodalarning yopishuv organlari hisoblanadi. Unda ixtisoslashgan yopishuv organlari, so’rg’ichlari, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo’ladi, Umuman, sestodalar skolekslar yordamida o’z xo’jayinlarining ichak devolariga yopishib, uzun gavdasini tutib 43 turadi. Hamma jinsiy voyaga etgan tasmasimon chuvalchanglar o’z xo’jayinining oshqozon va ichaklarida yashaydi. Sestodalarning skolekslari va bo’g’imlari har xil shaklda tuzilgan. Masalan, qoramol tasmasimon chuvalchangi skoleksida 4 ta muskulli so’rg’ichi bor, so’rg’ichlari yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo’lib, ilmoqlari bo’lmaydi. Keng tasmasimon chuvalchangda esa yopishuvchi tirqishi yoki botridiy skoleksining ikki yonida joylashgan. Botridiy kuchli muskulli, juda qattiq yopishadigan maxsus organ hisoblanadi. Ilmoq va ilmoqchalari ham har xil tuzilgan. Ular ko’pincha skoleks markazida, so’rg’ichlar o’rtasidagi kichkina xartumchaga gultoj barglar singari joylashgan. Cho’chqa tasmasimonida odatda to’rtta maxsus paypaslagichsimon xartumga o’rnashgan ilmoqchalari bo’ladi. Bu xartumlar maxsus qinchaga kirishi mumkin. Skoleksdan keyingi gavdaning kichik bo’limi -bo’yin bo’lib, u o’sish zonasi hisoblanadi, ya’ni u erdan yosh bo’g’imlar shakllanadi. Har xil sestodalarning proglottidlarining soni turlicha bo’ladi. Ba’zilarining proglottidlarining soni 4 mingdan ortiq bo’ladi, ammo ayrimlarida hammasi bo’lib 2-3 ta proglottidlari bo’lishi mumkin. Tasmasimon chuvalchanglar xo’jayinining ichagida yashab, ichakdagi anchagina xazm bo’lgan ovqatni tanasining butun yuzasi orqali so’rib oladi. Bunda oziq diffuziya yo’li bilan teri orqali parenximaga o’tadi. Chuvalchangning yassiligi ovqatni tanasining hamma qismiga o’tishiga yordam beradi. Tasmasimon chuvalchanglarning jinsiy sistemasi trematodalarnikiga o’xshaydi. Ular ham asosan germafroditdir. Sestodalardagi xarakterli belgi jinsiy organlar sistemasi har bir proglottidada takrorlanadi, ya’ni tanada 1000 ta proglottidalar bo’lsa, shuncha sonda erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlari sistemasi mavjud. Ba’zi sestodalarda har bir bo’g’imda 2 ta erkaklik va 2 ta urg’ochilik jinsiy kompleksi bo’ladi. Quyida qoramol tasmasimoni misolida germafrodit jinsiy sistema bilan tanishamiz. Bu parazitning oldingi tomonidagi yosh proglottidalarda jinsiy organlar xali uncha rivojlanmagan bo’ladi. Jinsiy organlar, ya’ni germafrodit bo’g’imlar parazitning bo’ynidan boshlab sanalganda, taxminan 200-proglottidada to’la-to’kis rivojlanadi. Umuman, gavdaning o’rtasida joylashgan bo’g’imlarda erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlari yaxshi rivojlangan, parazit gavdasining eng oxirida uchraydigan proglottidalar tuxum bilan to’lib turgani uchun etilgan proglottidalar deyiladi. Chunki, bu proglottidalarning ichagida faqat urug’langan tuxumlar bilan to’lgan bachadon bo’ladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda har bir etilgan bo’g’imda 145-175 mingtagacha tuxum bo’lishi mumkin. Sestodalar biogel’mintlar bo’lib, rivojlanish siklida asosiy xo’jayindan tashqari bir yoki ikkita oraliq xo’jayin ishtirok etadi. Xo’jayin ichagidagi tasmasimon chuvalchanglarning soniga qarab ular turlicha urug’lanadi. Agarda xo’jayin ichagida bitta chuvalchang bo’lsa, uning har bir proglottidalari o’zaro bir-birini urug’lantiradi. Bitta proglottid bo’lsa, unda o’zini-o’zi urug’lantirishi ham mumkin. Xo’jayin ichagidagi ikkita yoki bir necha chuvalchang bo’lsa, bunda har xil individ bir-birini urug’lantiradi. 44 Sestodalarning tuxumlari xo’jayini organizmidan axlatlari hamda proglittadalari bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Agarda odam cho’chqa yoki qoramol tasmasimoni bilan zararlansa, taxminan 75-91 kundan boshlab kuniga 6 tadan 11 tagacha etilgan, ya’ni ichi tuxumlar bilan to’lgan bo’g’imlar tashqi muhitga chiqadi. Sestoda tuxumining bundan keyingi rivojlanishi uchun uni albatta oraliq xo’jayini yutishi kerak. Bunda cho’chqa tasmasimoni uchun oraliq xo’jayin cho’chqa, qoramol tasmasimoni uchun esa oraliq xo’jayin qoramol hisoblanadi. Sestodalar tuxumlari ichida 6 ilmoqli embrion, ya’ni onkosfera deb ataluvchi lichinka rivojlanadi. Ba’zi tasmasimon chuvalchanglar tuxumlarining ichida esa 10 ilmoqli lichinka, ya’ni likofora rivojlanadi. Chuvalchanglarning tuxumlari turli yo’llar bilan (suv, em-xashak va boshqa yo’llar bilan) oraliq xo’jayinlarining organizmiga tushadi. Bu erda tuxumning po’sti erib undan 6 ilmoqli onkosfera lichinkasi chiqadi va bu lichinkalar ilmoqlari yordamida ichak devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga o’tadi. Ma’lum vaqt qon tomirlarida suzib yurib, so’ngra biror organga (jigar, o’pka, yurak, miya va muskulga) o’tib joylashadi.Bu erda onkosfera ilmoqlarini yo’qotib o’sadi va ikkinchi pufaksimon lichinkalik davriga, ya’ni finnaga aylanadi. Finnani boshqachasiga larvosista deb ham ataladi. Bu esa parazitning yuqumli xolati hisoblanadi. Sestodalarning finnalari besh tipda bo’lib, ularni sistiserk, senur, exinokokk, sistiserkoid va pleroserkoid deb ataladi. 1. Sistiserk (finna) yumaloq shakldagi pufakcha bo’lib, ichi tiniq suyuqlik bilan to’lgan. Pufakcha devorining bir qismi pufakcha ichiga qayrilib botadi va bu joyda lichinkaning 4 so’rg’ichli boshchasi joylashadi. Sistiserk odatda tariq donidan kattaroq, no’xotdek (masalan, cho’chqa go’shtidagi va qoramol go’shtidagi finna) va tovuq tuxumi kattaligida (ichak charvilaridagi finna) bo’lishi mumkin. Finnalar shu xolatda bir necha yil yashashi mumkin. 2. Sistiserkond tipiga kiruvchi lichinkalarning oldingi qismi keng va yumaloq, orqa qismi esa dumsimon va uzun bo’lib, oldingi qismi ichkariga qarab burilib turgan skoleksi bo’ladi. Monieziya va diplidiumlarning onkosferasidan sistiserkoid xosil bo’ladi. 3. Senur - tuzilishi jixatidan sistiserk, ya’ni finnaga o’xshaydi. Lekin ular pufagining ichki devorida skolekslar soni juda ko’p (100-700 ta) bo’ladi. Bu lichinkalik stadiya qo’ylarning bosh va orqa miyalarida parazitlik qiladi. Lichinkalik stadiya - senur, bu qo’y miya qurti (tasmasimoni)ning lichinkasidir. 4. Exonokokk - bu lichinkalik stadiya barcha boshqa sestodalar lichinkalari ichida eng murakkab tuzilgan yirik shakldagi pufakdir. Exinokokk pufaklari no’xotdek, tovuq tuxumidek, odam boshi kattaligida va undan ham katta bo’ladi. Pufak suyuqlik bilan to’lgan. Exinokokk pufagining ichida juda ko’p sondagi qiz pufakchalar erkin suzib yuradi. Demak, exinokokk pufaklari ichida ikkinchi va uning ichida uchinchi pufakchalari va skoleksli lichinkalari bo’ladi. Hamma pufaklarining ichki sirtida skolekslari bor bir talay embrion kapsulalari joylashadi. Ana shu skoleksli lichinkalar asosiy xo’jayinga o’tsa, ularning har birida mustaqil individlar etishadi. 45 5. Pleroserkoid tipidagi lichinkalar uzun chuvalchangsimon bo’lib, qattiq tanasi mavjud. Gavdasining oldingi uchida egatchali skoleksi joylashgan. Bunday lichinkalar keng tasmasimon chuvalchanglarda uchraydi. YUqorida aytib o’tilgan har xil tipdagi lichinkalarni asosiy xo’jayinlar yutib yuborsa ularning ichagida pufakli lichinkalarning skoleksi tashqariga chiqadi va ichak devorlariga yopishib oladi. Pufak bujmayib yo’qolib ketadi, bo’yin qismidan esa asta-sekin yosh proglottidalar ajrala boshlaydi. Strobilasiya, ya’ni bo’g’imlarga bo’linish jarayoni sestodalarning butun hayoti davomida davom etadi. Bo’yin bo’g’imida yosh bo’g’imlar xosil bo’ladi va bu bo’g’imlar rivojlangan sari, oldingi tomondan yana ham yosh bo’g’imlar xosil bo’ladi. Etilgan bo’g’imlar esa orqaga surila borib, oxirgi bo’g’imlar strobiladan uzilib hayvon axlati bilan tashqariga chiqariladi. Tasmasimon chuvalchanglar sinfining vakillari odam va chorva mollarining xavfli parazitlari hisoblanadi. quyida eng muhim vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling