P a r a z I t o L o g I ya


partenogenetik yo’l bilan bitta embrion xosil bo’ladi. Bu embrion voyaga etguncha


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)


partenogenetik yo’l bilan bitta embrion xosil bo’ladi. Bu embrion voyaga etguncha 
uning ichida ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchinchisi, 
uchinchisining ichida esa to’rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit 
bachadonida o’tadi. SHunday qilib, girodaktilus tirik bola tug’adi va bunda bitta 
parazit to’rtta yosh chuvalchangni tug’adi. 
Gidrodaktiluslar karp, zog’ora baliq, toban baliq (karas) va boshqa baliqlarning 
terisi, jabralari va suzgich qanotlariga yopishib parazitlik qiladi. Ular asosan Ukraina, 
Belorussiya, O’zbekiston, Krasnodar o’lkasida keng tarqalgan bo’lib, yosh baliqlarni 
ko’plab nobud qiladi. Kasallangan baliqlar terisining rangi o’zgarib dog’lar paydo 
bo’ladi. 
Girodaktiluslardan - nitsha (Nitzchia sturiorus) Volga daryosida osyotirsimon 
baliqlarga katta zarar keltiradi. Bu parazit sevryuga balig’ini iqlimlashtirish 
jarayonida Orol dengiziga kelib qolgan va maxalliy osyotirsimon baliqlarda (baqra 
balig’ida) parazitlik qilishga o’tgan. Agar davolash choralari ko’rilmasa, kasallangan 
yosh baliqlarning 90-95% qirilib ketadi. SHuning uchun ham baliqlar baxor va kuz 
oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlangan suvda cho’miltiriladi. Oqmaydigan 
xovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, xovuz quritiladi va qaytadan 
suv bilan to’ldirilib, keyin baliqlar boqiladi. 
Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi. 
SHulardan biri, baqa ko’p so’rg’ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu 
parazit voyaga etganida baqaning qovug’ida so’rg’ichlari va ilmoqchalari yordamida 
yopishib olib yashaydi. Baxorda baqalar tuxum qo’yayotgan paytda baqa ko’p 
so’rg’ichlisi ham baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga chiqib 
suvga o’zining urug’langan tuxumlarini tashlaydi. Parazit tuxumidan suvga kipriklar 
bilan qoplangan, ko’zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diskasi 
bo’lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kun suvda suzib yurganidan so’ng, 
baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi 
va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so’rg’ichli va 2 ta yirik ilmoqcha xosil qilib, 
jinsiy voyaga etadi va tuxum qo’ya boshlaydi. Agar lichinka itbaliqda voyaga etmasa, 
o’sha itbaliq baqaga aylanishi bilan uning siydik pufagiga ko’chadi va shu erda jinsiy 


41 
voyaga etib ko’payadi, ya’ni itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib 
ketadi va o’pkaga aylanadi. Bu paytda lichinka ichakka va bu joydan kloaka orqali 
siydik pufagiga ko’chib o’tadi. Parazit lichinkasi bu vaqtda ko’p so’rg’ichliga 
aylanadi. U o’sadi va uchinchi yili jinsiy voyaga etadi. Demak, baqa ko’p 
so’rg’ichlisining hayot sikli xo’jayinining hayot sikli bilan bog’liq, ya’ni baqa ko’p 
so’rg’ichlisi xuddi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy voyaga etadi. 
SHunday qilib, baqa ko’p so’rg’ichlisi rivojlanishi davomida jabralar 
ektoparaziti xolatidan qovuq endoparaziti xolatiga o’tadi. Monogeniyalar ichida 
ko’pchiligi o’z-o’zini urug’lantiradi. Lekin ayrim turlari borki, ularda o’z-o’zini 
urg’lantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar rivojlangan. Masalan. monogeniyalardan 
spaynik turi yosh davrida yakka yashaydi. Keyinchalik parazitlar qorin so’rg’ichlari 
orqali bir-biriga yopishib olib birining urug’ yo’li, ikkinchisining tuxum yo’liga 
ochiladi. Natijada ular bir-birini urug’lantiradi. 


42 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling