P a r a z I t o L o g I ya


Qoramol tasmasimoni (Taeniarhynchus saginatus)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Qoramol tasmasimoni (Taeniarhynchus saginatus) asosan odamning 
ingichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi. Parazitning tana uzunligi 4-10 
metrgacha boradi. Eni esa 12-14 mm atrofida bo’ladi. Gavdasi bosh (skoleks), bo’yin 
va mingga yaqin proglottidalardan iborat. Skoleksida 4 ta so’rg’ichi bo’ladi. 
So’rg’ichlari o’rtasida rudiment ko’rinishidagi xartumi bo’lib, unda xitinli 
ilmoqchalar bo’lmaydi. SHuning uchun ham qoramol tasmasimoni qurollanmagan 
tasmasimon ham deyiladi. 
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo’g’imdan paydo bo’la boshlaydi. 
Germafrodit bo’g’imlarida avval erkaklik, so’ngra urg’ochilik jinsiy a’zolari etiladi. 
Urug’donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki 
bo’lakli. 
Gavdasining oxiridagi etuk bo’g’imlarda bachadon shoxlangan va asosiy 
bachadon o’qidan yon tomonlariga 18-35 tadan o’simtalar o’sib chiqadi. Bu 
o’simtalar o’z navbatida yana shoxlanib butun proglottid yuzasini egallab oladi. Eng 
oxirgi etilgan proglottidaning uzunligi 16-20 mm, eni esa 4-7 mm bo’lib, ular 
strobiladan yakka-yakka ajralib tashqi muhitga chiqadi. 
Qoramol tasmasimonining lichinkalik stadiyasi-sistiserk ham parazitlik qilib 
hayot kechiradi. Sistiserkning shakli ovalsimon ko’rinishda, no’xat kattaligiday 
bo’ladi. Uning ichida 4 ta so’rg’ichli skoleksi joylashgan. Sistiserk qoramollarning 
go’shti orasida yashaydi va finna deyiladi. Demak, qoramol tasmasimoni biogel’mint 
bo’lib, odam bu parazitning yagona asosiy xo’jayini hisoblanadi. qoramol, bo’yvol, 
zebu va qo’toslar esa oraliq xo’jayinlardir. 
Odamlar asosan xom, chala pishirilgan yoki chala qovurilgan finnali mol 
go’shtini iste’mol qilganda bu parazitni o’zlariga yuqtiradi. 
Odam organizmiga tushgan sistiserkning po’sti oshqozon shirasi hamda o’t 
suyuqligi ta’sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so’rg’ichlari yordamida ichak 
devoriga yopishib rivojlana boshlaydi, hamda 2-3 oydan keyin jinsiy voyaga etadi. 
Oxirgi etilgan harakatchan bo’g’imlar bittadan uzilib tashqariga chiqadi. U odam 
organizmida 18-20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600 
mln.gacha, umri davomida esa 11 milliardgacha tuxum qo’yadi. 


46 
Qoramol tasmasimonining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari 
J.K.SHtrom va F.F.Tolizin tomonidan chuqur o’rganilgan. Bu olimlar o’z hayotlarini 
xavf ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivojlanishini va 
organizmga ko’rsatadigan ta’sirini o’zlarida tajriba o’tkazib sinab ko’rishgan. 
Ularning olib borgan tajribalariga (1947 y.) ko’ra parazitning etilgan bo’g’imlari 
xo’jayin ichagidan har kuni 10-11 bo’g’im aloxida-aloxida tashqariga chiqadi. Bitta 
bo’g’imda 145-175 mingtagacha tuxum bo’ladi. 
Qoramol tasmasimonining etuk proglottidalari odam axlati orqali tashqi 
muhitga chiqib, turli mexanik va fizik ta’sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli 
lichinkasi (onkosfera) bor tuxum atrof-muhitga tarqaladi. Voyaga etgan parazit bir 
kecha-kunduzda odam organizmidan tashqi muhitga 300 mingdan 5 milliontagacha 
tuxum chiqaradi. 
Qoramollar em-xashak, suv va ba’zan odamning najasini iste’mol qilishi orqali 
parazit tuxumini o’ziga yuqtiradi. 
Mollar oshqozonida shiralar ta’sirida parazit tuxumining po’sti erib ketadi va 
undan chiqqan lichinka-onkosfera ilmoqchalari yordamida me’da yoki ichak 
devorlarini teshib qon tomiriga o’tadi. qon bilan organizmga tarqaladi va skelet 
muskullari, yurak, ko’z, bosh miya va boshqa organlarda o’rnashib rivojlanadi. 
Ma’lum vaqtdan keyin, ya’ni 4-6 oydan keyin no’xat kattaligidagi pufaksimon 
shaklga aylanadi. Bu davrni finna, u keltiradigan kasallikni esa finnoz deyiladi. 
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga etgan davrini teniarinxus 
(Taeniarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligini esa teniarinxoz deyiladi. 
Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) xosil qiladigan kasallikni esa sistiserkoz deb 
ataladi. Bundan ko’rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistiserkoz bilan 
esa qoramollar kasallanadi. 
Teniarinxoz er yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, 
Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik bilan ko’proq 
kasallanadi. MDXda teniarinxoz Kavkaz ortida, O’rta Osiyo respublikalarida, 
qozog’istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko’proq uchraydi. O’zbekistonda 
bu kasallik, ayniqsa, Xorazm viloyati axolisi o’rtasida keng tarqalgan (13%). Buning 
asosiy sababi, bu erda maxalliy axoli o’rtasida milliy taom qiyma mol go’shtidan 
tayyorlangan "ijjan"ning (piyoz va garmdori qo’shilgan xom qiyma mol go’shtining) 
keng iste’mol qilinishidir.
Sistiserkoz kasalligi qoramollarda uchrab chorvachilikka katta iqtisodiy zarar 
keltiradi. Chunki sistiserkoz bilan zararlangan go’shtning narxi past bo’ladi. Bunday 
go’shtlar faqat zararsizlantirilgandan keyingina iste’mol qilishga ruxsat etiladi. 
Agarda mol sistiserkoz bilan kuchli zararlangan bo’lsa, bunday go’sht iste’mol 
qilishga yaroqsiz hisoblanadi. Bunday mollarning bir qismi kasallikning boshlanishi 
davrida xalok bo’ladi. qoramollarning sistiserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, 
xonadonlarda boqiladigan shaxsiy mollarda ko’proq uchraydi. Chunki, ba’zi 
xonadonlarda xojatxonalarning yo’qligi, agarda bo’lsa ham sanitariya qoidalariga 
javob bermasligidandir. 
Umuman, 
odamlardagi 
teniarinxoz 
va 
qoramollardagi 
sistiserkoz 
kasalliklarining oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini 
tugatish kerak. Buning uchun axoli o’rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar 


47 
olib borish, kasallikning bor-yo’qligini aniqlash lozim. Bemorlarni bo’lsa tezda 
davolash kerak. Teniarinxoz bilan kasallangan odamlarni fenasal, oshqovoq urug’i 
berib davolash kerak. 
Kasallik odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun axoli yashaydigan 
hamma joylarda yopiq tipdagi xojatxonalar bo’lishi va uni toza xolda saqlash lozim. 
Qoramol go’shti qushxonalarda veterinariya nazoratidan o’tkazilishi kerak. 
Xom yoki chala pishgan qoramol go’shtini emaslik, xom qiymani tatib ko’rmaslik 
kerak. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling