P a r a z I t o L o g I ya


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

boshqalar) hisoblanadi. SHistosomalar qon parazitlari bo’lib, odam va hayvonlarda 
ichak, jigar va siydik pufaklarining qon tomirlarida yashaydi. Asosan issiq iqlimli 
mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ular 
ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. Erkagining tanasi ancha 
yo’g’on, 10-15 mm uzunlikda bo’ladi, ularning qorin tomonida maxsus tarnovsimon 
chuqurchasi bo’lib, unga uzun (20 mmdan ortiq) va ingichka urg’ochisini joylashtirib 
birga yashaydi. Bularning so’rg’ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay bo’lmaydi. 
SHistosomalar odamning qorin bo’shlig’idagi yirik vena qon tomirlarida, 
shuningdek, buyrak, qovuq venalarida yashaydi. SHistosomalar, ya’ni qon ikki 
so’rg’ichlilari biogel’mintlar bo’lib, ularning rivojlanishida oraliq xo’jayin sifatida 
planorbis avlodiga mansub mollyuskalar qatnashadi. 
Urg’ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini emirib, qovuq devorining 
biriktiruvchi to’qimasiga tuxum qo’yadi. Buning natijasida qovuq yallig’lanadi va 
kasallanadi. Mirasidiy lichinkasi bo’lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini 


37 
teshib, uning bo’shlig’iga, undan xo’jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. 
Suvga tushgan tuxumlardan mirasidiy chiqib, oraliq xo’jayini - qorinoyoqli 
mollyuskalar tanasiga kirib oladi. SHundan so’ng mollyuskalar jigarida dastlab ona 
sporosistalar, keyin qiz sporosistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon 
harakatchan serkariylar xosil bo’ladi. 
Mollyuska organizmida bitta mirasidiydan 200 mingtagacha serkariylar 
etishadi. Serkariy asosiy xo’jayinga, ya’ni odamga cho’milish paytida yoki 
serkariylar mavjud bo’lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar 
stileti yordamida xo’jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o’tadi va butun 
organizm bo’ylab migrasiyalanadi. Parazit 43-55 kundan keyin jinsiy voyaga etib 
tuxum qo’ya boshlaydi. SHistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz 
deyiladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda er yuzida 
700 mln dan ortiq odam shistosomoz kasalligidan azob chekadi. 
Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, 
Schistosoma japonicum turlari ko’proq parazitlik qiladi. Braziliyada shistosoma 
mansoni turi bilan 4 milliondan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida 
SHistosoma gematoibium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50-70% 
axoli ichak shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba’zi qishloqlarda axolining 60-
95 % ushbu kasallik bilan zararlangan. SHistosomalar bemorlar tanasida 5-10 
yilgacha parazitlik qiladi. 
SHistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini 
jaroxatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning 
yallig’lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to’planishi tufayli 
qovuqda tosh xosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan 
odmalarga ambil’gar, antiomalin, mirasil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar 
qo’llaniladi. 
Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon 
tomirlarida 
parazitlik 
qiladigan 
qon 
ikki 
so’rg’ichlilardan 
yana 
biri 
Orientobilgarsiyadir (Orientobilharzia turkestanica). Bu parazitni birinchi marta 1913 
yili akademik K.I.Skryabin topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi 
orientobilgarsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Xindiston, Pokiston, 
Turkiya va Mongoliya davlatlarida keng tarqalgan. MDXda esa Markaziy Osiyo 
mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq SHarqda uchraydi. 
O’zbekistonda bu parazit asosan Xorazm viloyati va qoraqalpog’iston 
respublikasida keng tarqalgan. 
Boshqa qon ikki so’rg’ichlilariga o’xshab uning ham rivojlanishi ikkita 
xo’jayinda ketadi. Uning oraliq xo’jayini chuchuk suv shilliqqurtlari (Lymnaea 
auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo’jayini chorva mollari hisoblanadi. 
Orientobilgarsiya tuxumlari qon tomirlari devorini teshib ichakka va undan 
hayvonlar tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tuxumlarda tayyor lichinkalar - 
mirasidiylar bo’ladi. Suvda tuxumdan chiqqan mirasidiylar o’z oraliq xo’jayinlari - 
shilliqqurtlarni faol ravishda axtarib topib, uning organizmiga kirib oladi va ona 
sporosistaga aylanadi. Ona sporosista o’z navbatida partenogenetik yo’l bilan 
ko’payib 100-200 ta qiz sporosistalar va har bir qiz sporosistada kelgusida 100 tadan 
serkariylar xosil bo’ladi, ya’ni bitta mirasidiydan kelgusida 20 mingdan ortiq 


38 
serkariylar shakllanadi. Mollyuskalar tanasida serkariylar 18-21 kunda paydo bo’ladi 
va mollyuskalardan suvga chiqadi. Bunda serkariylar asosiy xo’jayinlari tanasiga 
terini teshib kiradi. yosh parazitlar jigar, oshqozon, charvi, oshqozon osti bezining 
qon tomirlariga o’tib 2 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va yana tuxum qo’ya 
boshlaydi. Ular asosiy xo’jayini organizmida 7 yilgacha yashashi mumkin. 
Bu kasallikka qarshi ambil’gar, mirasil-D, dronsit kabi dorilar qo’llaniladi. 
Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo’jayinlari orasidagi 
biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko’proq og’ilxonalarda 
boqish zarur, buzoqlarni aloxida saqlash, xo’jaliklarda mollarni sug’orishni to’g’ri 
yo’lga qo’yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. 
Trematodalar sinfidan yana prostogonimuslar, exinastomatidalar oilalari vakillari 
parrandalar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. 
So’rg’ichlilar sinfi o’z navbatida digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar 
kenja sinflariga bo’linadi. 
Digenetik so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta 
so’rg’ichi bo’ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo’lib, nasl gallanishi orqali boradi. 
So’rg’ichlilar sinfining ko’pchilik turlari digenetik so’rg’ichliliar kenja sinfiga kiradi. 
Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning 
yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so’rg’ich 
chuqurchalariga bo’lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin 
rivojlanish siklida nasl gallanishi bo’lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola - 
ikki pallali mollyuskalardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. 
Boshqa vakillari asosan mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling