P a r a z I t o L o g I ya
Paramfistomalar (Paramphistomum
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
Paramfistomalar (Paramphistomum) ham uzunligi 5-20 mm keladigan
so’rg’ichlilar sinfi vakillari hisoblanadi. Paramfistomalarning gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oq-qizg’ish. Ularda og’iz so’rg’ichi bo’lmaydi, terminal joylashgan og’iz teshigidan rivojlangan farinks va undan keyin ikkiga shoxlangan ichak ketadi. qorin so’rg’ichi kuchli rivojlangan bo’lib, gavdasining orqa uchida joylashgan va yopishib turish vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga etganlari asosiy 32 xo’jayinlarining (kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo’y, echki va boshqalar) katta va to’rqorinlarida parazitlik qiladi. Paramfistomalar biogel’mintlar hisoblanadi. Rivojlanishi ikkita xo’jayinda o’tadi. Ularning oraliq xo’jayinlari chuchuk suvlarda yashovchi mollyuskalar (Planorbis, Galba, Physa avlodlarining turlari) hisoblanadi. Asosiy xo’jayinlari esa kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo’jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin undan mirasidiy lichinkasi chiqadi. Mirasidiy oraliq xo’jayini - chuchuk suvda yashovchi mollyuskalarning organizmiga kirib, sporosistaga, keyin rediyaga va 1,5-3 oydan keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo’jayinlardan tashqariga chiqadi va ma’lum vaqtdan keyin serkariylar dumini yo’qotib, sistaga o’ralib adoleskariylarga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari suv va o’t orqali adoleskariylarni o’zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar ichak bo’shlig’i orqali katta qoringa va to’rqoringa o’tib jinsiy voyaga etadi. Adoleskariydan to jinsiy voyaga etgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak bo’ladi. O’zbekistonda qoramol va qo’y-echkilarda paramfistomalardan: Paramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis kabi avlodlarining turlari parazitlik qiladi. Paramfistomitlar keltirib chiqaradigan kasallik paramfistomoz deb ataladi. Bu kasallik ayniqsa yosh mollarda ko’proq uchraydi. Kasallangan mollarni bitionol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi. Bu kasallikning oldini olish uchun chorva mollarni paramfistomitlar bilan zararlangan yaylovlarda boqmaslik, dalaga ishlatiladigan go’nglarni qayta ishlash, oraliq xo’jayinlari uchun qulay bo’lgan ko’lmak va keraksiz suv xavzalarini quritish, yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. So’rg’ichlilar sinfidan - prostogonimus (Prosthogonimus) avlodining vakillari, ayniqsa Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq, kurka, o’rdak, g’oz va boshqa yovvoyi parrandalarning fabrisiev xaltasi va tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, darzo-ventral tomondan yassilangan. Uzunligi 3-6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari og’iz so’rg’ichi bilan qorin so’rg’ichi oralig’ida ikkiga shoxlangan. qorin so’rg’ichi og’iz so’rg’ichiga nisbatan ancha yirik. Urug’donlari ikkita, ovalsimon ko’rinishda, asosan tanasining orqa yarmida joylashgan. Tuxumdoni qorin so’rg’ichining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan. Prostogonimning rivojlanishi uchta xo’jayinda ketadi. Birinchi oraliq xo’jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus avlodiga mansub mollyuskalar, ikkinchi oraliq xo’jayinlari, ya’ni qo’shimcha xo’jayinlari har xil turga kiruvchi ninachilar (Libellula, Anax, Sympetrum va boshqa avlodlar turlari) va asosiy xo’jayinlari esa parrandalar hisoblanadi. Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga tushgandan 8-14 kundan keyin tuxumdan mirasidiy chiqadi va faol harakat qilib, birinchi oraliq xo’jayini - mollyuskalarning ichiga kiradi. Mollyuska jigarida mirasidiy sporosistaga aylanadi va sporosista ichida uzun dumli serkariylar etiladi va ular mollyuskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo’jayin - ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi. Bu erda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli oralig’iga kelib 33 joylashadi va to’rtinchi kuni metaserkariyga aylanadi. Metaserkariy kapsulaga o’ralib 70 kundan keyin yuqumli (invazion) xolatga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari - parrandalar metaserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularning lichinkalarini eyishi bilan parazitni o’zlariga yuqtiradi. Parranda ichagidan metaserkariy kloaka orqali tuxum yo’li va fabrisiev xaltasiga o’tadi va taxminan ikki xaftadan keyin jinsiy voyaga etadi. Parrandalar yoshidan qat’iy nazar prostogonimoz bilan kasallanadi. Kasallik, ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda juda og’ir kechadi. Kasallik manbai prostogonimoz bilan kasallangan uy va yovvoyi parrandalar hisoblanadi. Prostogonimoz bilan kasallangan parrandalarning tuxumdon yo’llari yallig’lanadi, natijada tuxum po’stlog’ini xosil qiluvchi qismining ish faoliyati buzilib, parranda, shu jumladan tovuq po’stloqsiz yoki yupqa po’stloqli yumshoq tuxum qo’yadi. Prostogonimozga qarshi kurashish uchun avvalo kasallangan parrandalarni uglerod (IV) - xlorid preparati bilan davolash kerak. Parazitning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun parrandachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga qurmaslik, parrandalarni botqoq yaylovlar va yomg’ir yoqqandan keyin yayratish maydonchasiga chiqarmaslik, parrandalarni invaziyaga gumon qilingan suv xavzalaridan sug’ormaslik kerak. Trematodalarning yana biri mushuk ikki so’rg’ichlisi yoki sibir ikki Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling