P a r a z I t o L o g I ya
partenogenetik yo’l bilan ko’payish xususiyatiga ham ega. Mirasidiy gavdasining
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
partenogenetik yo’l bilan ko’payish xususiyatiga ham ega. Mirasidiy gavdasining oldingi uchi biroz kengaygan, orqa qismi esa toraygan. Oldingi uchida harakatchan muskulli xartumi bo’lib, uning yordamida oraliq xo’jayini (ko’pincha mollyuskalar) to’qimasini teshib ichkariga kiradi. Ko’pchilik mirasidiylarda bir juft maxsus ko’zchalari, nerv gangliyasi va juda sodda tuzilgan 2 ta protonefridial ayiruv organlari bo’ladi. Mirasidiy gavdasining ikkinchi yarmida har xil kattalikdagi embrion hujayralar joylashgan, ya’ni mirasidiylar partenogenetik usulda rivojlanadi va keyin ulardan yangi avlod lichinkalar chiqadi. Mirasidiylar o’zlarining keyingi rivojlanishi uchun albatta oraliq xo’jayin ichiga kirishi kerak. Bir gurux trematodalarda mirasidiylar umuman tuxumdan tashqariga chiqmaydi. Bunda mollyuskalar mirasidiylari bor tuxumlarni eyishi bilan ularni o’zlariga yuqtiradi. Mirasidiylar suvda kipriklari yordamida harakat qiladi. Umuman, trematodalarning rivojlanishi anchagina murakkab, ularning rivojlanishi xo’jayinlar va bo’g’inlar gallanishi orqali boradi. Demak, so’rg’ichlilar bitta ba’zan ikkita oraliq xo’jayin orqali rivojlanadi. Bunday xollarda ularning birinchi oraliq xo’jayinlari albatta suvda va quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Ikkinchi oraliq (qo’shimcha) xo’jayinlari har xil xasharotlar (chumolilar), ularning lichinkalari (ninachi lichinkalari), baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning vakillari bo’lishi mumkin. So’rg’ichlilarning asosiy xo’jayinlari esa har xil turdagi sutemizuvchilar, qushlar va boshqa umurtqali hayvonlar hamda odamlar hisoblanadi. Trematodalarning rivojlanishini oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) misolida ko’rib chiqamiz. Jigar qurti, odatda, mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Jigar qurtlarining uzunligi 2-7,6 sm, eni esa 5-12 mm keladi. Jigar qurti biogel’mint hisoblanadi, ya’ni rivojlanishida 2 ta xo’jayin qatnashadi. Bunda rivojlanishining boshlang’ich davri o’tishi uchun oraliq xo’jayin, parazitning to’liq rivojlanishi uchun esa asosiy xo’jayin bo’lishi kerak. Chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan kichik chuchuk suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) jigar qurtining oraliq xo’jayini, qo’y, echki, qoramol, tuya, ot, cho’chqa, kemiruvchilar va ba’zan odamlar parazitning asosiy xo’jayini bo’lib xizmat qiladi. Xozirgi vaqtda fassiolaning oraliq xo’jayini bo’lib 18 turga kiruvchi chuchuk suv mollyuskalari hisoblanadi. Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir xafta davomida bir milliontagacha tuxum qo’yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo’lganda 17-18 kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-mirasidiy chiqadi. Mirasidiylar 2- 3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq xo’jayini- qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi orqali mollyuska chig’anog’ini teshadi va uning ichiga kiradi. So’ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga o’rnashib, kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o’xshash shaklga ega bo’lgan keyingi lichinkalik davri- sporosistaga aylanadi. Sporosista ichidagi embrion hujayralari partenogenez (otalanmasdan) yo’li bilan ko’payib, lichinkaning navbatdagi generasiyasi - rediyalarni xosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o’xshash ichagi bo’ladi. Bitta 29 sporosistada 10-15 ta rediyalar etiladi. Sporosista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo’lib, ularda og’iz, shoxlanmagan to’g’ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo’ladi. Bunday rediyalar sporosista po’stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom ettiradi. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho’ziq shakldagi rediyalar ham partenogenetik yo’l bilan ko’payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri - serkariylarni xosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning tanasi tuxum shaklida, 2 ta so’rg’ichi, ya’ni og’iz va qorin so’rg’ichi, 2 shoxchaga bo’lingan o’rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar boshlang’ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo’ladi. Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi. Demak, serkariylar ma’lum darajada voyaga etgan jigar qurtiga o’xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham mirasidiylar singari oziqlanmaydi. Ma’lum vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so’ngra yumaloqlanadi, dumi tushib ketadi va o’zidan chiqqan po’stga, ya’ni sistaga o’ralib adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko’pincha suv o’tlariga yopishgan xolda suv ostiga cho’kib uzoq vaqt tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) xolat hisoblanadi. Ular o’t va suv orqali asosiy xo’jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga o’tadi. Xo’jayini ichagida sistaning qobig’i eriydi, yosh parazit hayvonning ichak devorlariga yopishib qon kapilyarlari orqali jigar o’t yo’llariga o’tadi va u erda jinsiy voyaga etib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi. Ba’zi so’rg’ichlilarda (shistosomatida turkumi vakillarida) adoleskariy xosil bo’lmaydi va serkariyning oldingi uchida maxsus moslamasi (xartumi) bo’lib, uning yordamida serkariylar asosiy xo’jayini tanasiga kiradi. 2 ta oraliq xo’jayin orqali rivojlanadigan so’rg’ichlilarda birinchi oraliq xo’jayini albatta, birorta suv yoki quruqlikda yashaydigan mollyuska bo’ladi. Birinchi oraliq xo’jayindan tashqariga chiqqan serkariylarning ikkinchi oraliq yoki qo’shimcha xo’jayinga kiruvchilarida to’qimani emiruvchi bezlar ancha rivojlangan. Bunday serkariylar ikkinchi oraliq xo’jayinlariga (ninachi lichinkalariga, baliqlarga) kirib, bu erda ular adoleskariy davriga to’g’ri keladigan lichinka metaserkariyga aylanadi. Bunda asosiy xo’jayin metaserkariysi bo’lgan ikkinchi oraliq xo’jayinlarni yutib yuborsa, ular o’zlariga metaserkariyni yuqtiradilar. SHunday qilib, mirasidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyga aylanganga qadar 60-90 kun kerak bo’ladi. Partenogenetik yo’li bilan ko’payib, bitta mirasidiydan 600-800 tagacha serkariylar etishib chiqadi. Asosiy xo’jayini organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5-4 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va ular asosiy xo’jayinlar organizmida o’rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba’zan esa 10 yildan ortiq hayot kechiradi. Jigar qurti asosan qon va jigar to’qimasi bilan oziqlanib, o’z xo’jayiniga katta zarar etkazadi. Bu parazit jigardagi o’t yo’llarida oxak to’planishi va uning berkilishi tufayli jigarda og’ir kasallik tug’diradi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik fassiolyoz deyiladi. Bu kasallik qo’zg’atuvchilari ko’proq sersuv to’qayzorlarda, chuchuk suvlari ko’p bo’lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni almashtirmasdan kasal hayvonlarni bir joyning o’zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz 30 keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o’z tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumini chiqarib turadi. Umuman, fassiolyoz er yuzida keng tarqalgan. Professor N.V.Demidovning ma’lumotiga qaraganda MDX mamlakatlarida har yili chorva mollarining fassiolyoz kasalligidan nobud bo’lishi natijasida 1500-2500 tonna go’sht va bir million tonnadan ortiq sut yo’qotiladi. Bu kasallik O’zbekistonda ham keng tarqalgan bo’lib, maxsuldor mollarning 35,9-65,5% fassiolyoz bilan kasllangan. Respublikamizda fassiolaning 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va ulkan jigar qurti (Fasciola gigantica) uchraydi. Odamlar ham fassiolyoz bilan kasallanishi mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko’zga ko’rinmas lichinkalari (adoleskariylari) bor bo’lgan xovuz, ko’l va xalqob suvlarni ichganda yoki har xil suv o’tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o’zlariga yuqtiradi. Masalan, Fransiyaning Leon shaxri yaqinida 500 dan ortiq kishi fassiolyoz kasalligi bilan og’rigan. Olimlarning tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o’sadigan krest- salat o’tini iste’mol qilib, bu kasallikni o’zlariga yuqtirganlar. Respublikamizda 1928-1976 yillar mobaynida 40 dan ortiq odamlar fassiolyoz bilan og’riganligi qayd qilingan. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og’rimasligi uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda o’suvchi o’tlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim. Jigar qurti bilan kasallangan hayvonning ishtaxasi yo’qoladi, ichi ketadi, suti kamayadi. Kasal hayvonning qorni, ko’kragi va tomog’i atrofida shishlar paydo bo’ladi. Kasallik davolanmasa o’lim bilan tugaydi. Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalarni o’ldiradigan va ularni hayvon tanasidan xaydab chiqaradigan dorilar (antgel’mintlar) beriladi. Bunday dorilarga uglerod IV-xlorid, geksaxlor - paraksilol, filiksan, geksaxloretan, dertil "O", "B" va boshqalar kiradi. Hayvonlarga fassiolyoz yuqtirmaslik uchun avvalo yaylov va suv manbalarida jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, fassiola yuqishidan saqlash, tezaklarni zararsizlantirish, irrigasiya va meliorasiya tarmoqlarini tartibga solish, botqoqliklarni quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalarning biotoplarini mis kuporosi (1:5000), dixlosalisilanilid, ammiak selitrasi eritmasi bilan ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko’rish kerak. Trematodalarning keng tarqalgan turlaridan yana biri bu nashtarsimon ikki Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling