P a r a z I t o L o g I ya
so’rg’ichli (Dicrocoelium dendriticum)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
so’rg’ichli (Dicrocoelium dendriticum) hisoblanadi. U ham jigar qurti kabi chorva
mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba’zan esa odamlarning jigar va o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Bu so’rg’ichlining tanasi jarroxlik pichoqchasi (lanset)ga o’xshaganligi uchun lansetsimon ikki so’rg’ichli deb ataladi. Tanasi cho’ziq, uzunligi 5-15 mm keladi. So’rg’ichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Tuzilishi jixatidan jigar qurtiga o’xshasada, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular tanasining cheti bo’ylab joylashgan naysimon ko’rinishdagi ichaklari shoxlanmay gavdaning oxirida ko’r o’simta bilan tugaydi. YUmaloq shakldagi 2 ta urug’doni qorin so’rg’ichining orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdon joylashgan. Lansetsimon ikki so’rg’ichlining rivojlanish siklida uchta xo’jayin qatnashadi. Definitiv, ya’ni asosiy xo’jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, birinchi oraliq xo’jayini 31 quruqlikda yashovchi mollyuskalar (Helicella, Zebrina va boshqalar) va qo’shimcha, ya’ni ikkinchi oraliq xo’jayini chumolilar (Formica, Proformica) hisoblanadi. Mollyuskalar ovqatlanganda o’t bilan birga tashqi muhitga tushgan nashtarsimon ikki so’rg’ichlining tuxumlarini ham yutib yuboradi. Mollyuska tanasida parazit tuxumlaridan mirasidiy chiqadi va sporosistaga aylanadi. Sporosistalar partenogenetik yo’li bilan ko’payadi. Birinchi tartibdagi sporosistaning embrioni hujayralaridan ikkinchi tartibdagi sporosistalar chiqadi, bulardan o’z navbatida serkariylar taraqqiy etadi. SHunday qilib, nashtarsimon ikki so’rg’ichlida rediya davri bo’lmaydi. Serkariylar faol harakatlanib, mollyuskaning nafas olish organlariga kirib oladi. Mollyuskaning nafas yo’lida serkariylarning 100- 300 tasi to’planib, umumiy bir po’stga (qopchaga) o’raladi. Bu to’plam shilliq tugunchalari deyiladi. Keyinchalik bu tugunchalar mollyuskaning nafas olish teshigi orqali tashqi muhitga chiqib, o’simlik va boshqa narsalarga yopishadi. Parazit lichinkalarining mollyuska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha davom etadi. Ikkinchi oraliq xo’jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni, ya’ni to’plam sistalarni eb, ularni o’zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26-62 kundan keyin serkariylar metaserkariylarga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari (chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o’simliklar bilan birga zararlangan chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o’zlariga yuqtiradi. Odam ham xuddi shu yo’l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo’jayini organizmiga o’tgan metaserkariylar jigar va o’t yo’llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin jinsiy voyaga etadi. Nashtarsimon ikki so’rg’ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikroselioz deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o’rtasida deyarli hamma joyda uchraydi. Respublikamizda mollarning dikroselioz bilan kasallanishi ko’pincha tog’ va tog’oldi mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq xo’jayinlarning yashashi va ko’payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta yoshdagi qo’ylar dikroselioz bilan 93%gacha, 1-2 yoshdagi qo’ylar esa 87 %gacha va bir yoshgacha bo’lgan qo’zilar - 66 %gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birinchi oraliq xo’jayini -mollyuskalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 5 - 5,8 %ni tashkil qiladi. Dikroseliyning ikkinchi, ya’ni qo’shimcha xo’jayini - chumolilarning zararlanish darajasi 28-43 %ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda metaserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo’y jigaridagi parazitning soni 50 mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og’irlashib, xatto o’limga olib keladi. Dikroseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallangan chorva mollarni geksaxlor-paraksilol va boshqa dorilar bilan degel’mintizasiya qilinadi. yosh mollarni dikroseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik, vaqti-vaqti bilan yaylovlarni almashtirib turish va oraliq xo’jayinlariga qarshi kurash chora - tadbirlarni amalga oshirish lozim. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling