P a r a z I t o L o g I ya
SO’RG’IChLILAR (TREMATODA)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
SO’RG’IChLILAR (TREMATODA) sinfi vakillari xaqidagi dastlabki
ma’lumotlar 17-asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o’rganadi. SHved olimi K.Linney trematodalarning 40 dan ortiq turini o’rganib birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819 yili mashxur gel’mintolog olim K.A.Rudol’f 220 dan ortiq trematodalar turini o’rganadi. Trematodalarni har tomonlama o’rganishda rus olimlari etakchi rol o’ynaydi. Akademik K.I.Skryabin o’z shogirdlari bilan trematodalar bo’yicha "Тrематодo` жiвотno`x i чеlовеqа" degan 26 tomlik kapital asarlar yozgan. Xozirgi vaqtda trematodalar, ya’ni so’rg’ichlilar sinfiga 5000 dan ortiq tur kiradi. Ularning deyarli hammasi odam va hayvonlarning turli to’qima va organlarida parazitlik qiladi. Bu sinfga kiruvchilarning hammasi endoparazitlar hisoblanadi. Trematodalar tanasi elka-qorin tomoniga yassilangan, shakli bargsimon, nashtarsimon, noksimon bo’lib, uzunligi 0,1 mmdan 15-18 smgacha boradi. Baliqlarda parazitlik qiladigan ba’zi bir turlarining uzunligi xatto 1,5 mgacha boradi. Bu ulkan parazitlar qo’shaloq - qo’shaloq bo’lib, sista ichida joylashib, akulalarning og’iz bo’shlig’ida yashaydi. Trematodalarda 2 ta so’rg’ich mavjud, ulardan bittasi tanasining oldingi uchida o’rnashgan bo’lib, uning ichida og’iz teshigi joylashgan. Buni og’iz so’rg’ichi deyiladi. Og’iz so’rg’ichi so’rish, oziqlanish va ayirish vazifalarini bajaradi, ikkinchi so’rg’ichi tanasining o’rta yoki orqa qismida joylashib, uni qorin so’rg’ichi deyiladi. Bu so’rg’ich faqat yopishib turuvchi organ vazifasini bajaradi. Umuman, parazit so’rg’ichlarining qanchalik darajada rivojlanganligi, ularning qaysi organ yoki to’qimada parazitlik qilishiga bog’liq. Oshqozon-ichakda yashovchi trematodalarning so’rg’ichlari sermuskul, yirik va kuchli rivojlangan, shuning uchun ham ular ichak devorlarida maxkam o’rnashib, ichakdan o’tayotgan oziq moddalar harakatlari qarshiligini engib turadi. Aksincha, qonda yoki tana bo’shlig’ida uchraydiganlarida so’rg’ichlari kam rivojlangan, ba’zan butunlay bo’lmasligi ham mumkin. Trematodalarning tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan va tana qoplag’ichlarida kiprikchalari yo’q. Ularning tanasi sirtidan tegument deb ataladigan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Tegumentning ostida bazal membrana va uning ostida bo’ylama muskul qat-qat bo’lib joylashgan. Bular teri qoplag’ichlari bilan birga teri-muskul xaltasini xosil qiladi. Ularda tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Tana ichida joylashgan organlar atrofini parenxima hujayralari to’ldirib turadi. Trematodalar ovqat xazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan. Ularning ovqat xazm qilish sistemasiga og’iz so’rg’ichi asosida joylashgan og’iz teshigi, ektodermal xalqum, qisqa qizilo’ngach va endodermal ko’r o’simta bilan tugallanuvchi ikkiga shoxlangan o’rta ichak kiradi. Yirik turlarida o’rta ichagi ko’p shoxli bo’ladi. Hamma yassi chuvalchanglardagi kabi trematodalarda ham orqa chiqarish teshigi bo’lmaydi. Xazm bo’lmagan oziq qoldiqlari og’iz teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yirik 27 xajmdagi trematodalar (jigar qurtida) ichaklari gavda yuzasi bo’ylab shoxlangan bo’ladi. Ularda qon aylanish sistemasi bo’lmaganligi tufayli xazm bo’lgan oziq moddalar to’qima va organlarga bevosita ichakning o’zidan so’riladi. Ba’zi juda mayda trematodalarda ichak rudiment xolda saqlanib qolgan yoki butunlay bo’lmaydi. Trematodalar asosan xo’jayini ichagidagi oziq moddalari, shiralari, qattiq to’qimalari va qoni bilan oziqlanadi. Ayirish sistemasi yassi chuvalchanglar uchun tipik bo’lgan protonefridiya tarzida tuzilgan, ya’ni bir juft yig’uvchi naylar va ulardan tarqalgan juda ko’p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, siydik pufagi esa tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi anchagina xilma-xil tuzilgan. Ularning tomog’i atrofida 2 ta yirik nerv gangliyalari bo’lib, ulardan gavda bo’ylab oldinga va orqaga 3 juft bo’ylama nerv tolalari ketgan. Bu nerv tolalari ham o’z navbatida shoxlanib, tananing eng chekka qismlarigacha etib boradi va ular o’zaro ko’ndalang nerv tolalari bilan qo’shiladi. Bo’ylama nerv tolalari orasida ayniqsa qorin nervlari yaxshi rivojlangan. Parazitlarning, jumladan endoparazitlarning qorong’i sharotida yashashi natijasida ularda ko’rish organlari reduksiyalashgan. Faqat erkin yashovchi lichinkalarida primitiv xolda tuzilgan ko’rish organlari bo’ladi. Trematodalar shistosomatidalar turkumiga kiruvchi vakillaridan tashqari barchasi germafrodit. Erkak va urg’ochi jinsiy teshiklari qorin so’rg’ichi yonida aloxida-aloxida joylashgan. Ko’pincha jinsiy teshiklar bitta umumiy teshik-kloaka orqali tashqariga ochiladi. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan. Erkaklik jinsiy organlari sistemasi asosan 2 ta urug’dondan iborat bo’lib, ularning kuchli shoxlangan qismi tananing markazini qoplab 2 ta urug’ yo’liga tutashgan. Urug’ yo’li naychalari bitta urug’ chiqarish nayiga birlashadi. Bunday urug’lantiruvchi organ qorin tomonida boshga yaqin joylashgan kloakaga ochilgan. Muskullashgan urug’ chiqarish nayi tashqariga qayrilib chiqa oladi. Trematodalarning urg’ochilik jinsiy organlari sistemasi bitta tuxumdondan iborat. Tuxumdon urug’donlardan keyinroqda joylashgan. Tuxumdondan tuxum yo’li chiqadi va ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ayrim endoparazitlarda ootip bo’lmaydi. Ootipga yoki tuxum yo’liga (ootipi bo’lmaganlarida) sariqdonlar yo’li ham qo’shiladi. Trematodalarning sariqdoni juda rivojlangan bo’lib, ular tananing 2 yoniga joylashgan juda ko’p pufakchalardan iborat. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon etilgan tuxum hujayralari bilan to’lgan bo’lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa Laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Trematodalar shu jumladan jigar qurti ham spermatozoidlarini almashtirib urchiydi. Tuxum ootip bo’shlig’ida spermatozoidlar bilan qo’shilib otalangach, atrofida sariqlik hujayralari to’planadi. SHundan so’ng har bir otalangan tuxum juda qalin qobiq bilan o’ralib bachadonga o’tadi. Bachadonda minglarcha tuxumlar bo’ladi. So’ngra bu tuxumlar xo’jayinining o’t yo’llari orqali ichakka o’tadi va hayvon tezagi bilan tashqariga chiqadi. Trematodalarning tuxumlari ovalsimon, yumaloq bo’lib, rangi sarg’ish, qo’ng’ir va tilla rang tusda bo’ladi. Ko’pchilik vakillarida tuxumining qutblaridan birida kichkina qopqoqcha bo’ladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinka ana shu qopqoqchadan tashqariga - suvga chiqadi. Umuman trematodalar tuxumi keyingi 28 rivojlanishi uchun suvga (xovuz, ko’l, daryoga) tushishi kerak. Tuxum suv yoki sernam tuproqqa tushsagina unda embrion rivojlanadi. Ma’lum vaqtdan keyin tuxumdan usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan lichinka - mirasidiy chiqadi. So’rg’ichlilar ko’plab tuxum qo’yish bilan bir qatorda, lichinkalik davrlarida Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling