P a r a z I t o L o g I ya


Qo’y miya qurti (Multiceps multiceps)


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Qo’y miya qurti (Multiceps multiceps) ham 40-100 sm uzunlikdagi 
tasmasimon chuvalchang bo’lib, asosiy xo’jayinlari it, tulki, bo’ri, chiya bo’ri va 
boshqa yirtqich sutemizuvchilar hisoblanadi, ya’ni ana shu hayvonlarning ingichka 
ichagida yashab ularga sezilarli darajada zarar etkazmaydi. Bu tasmasimon 
chuvalchangning lichinkalik davri (Coenirus cerebralis) qo’y, echki, ba’zan 
qoramollar, tuya, ot, cho’chqa hamda bug’ularning bosh va orqa miyalarida 
o’rnashib, senuroz deb ataluvchi kasallikni keltirib chiqaradi. Bu kasallik odamda 
ham uchraydi. 
Umuman, qo’y miya qurtining tasmasimon voyaga etgan shaklida, uning 
boshchasida (skoleksida) 4 ta so’rg’ichi, xartumchasida esa ikki qator har xil 
kattalikdagi 22-32 tagacha ilmoqchalari joylashgan. Tanasidagi bo’g’imlar soni 200-
250 tagacha etadi. Etilgan oxirgi bo’g’imlarida bachadon 16-26 tagacha yon 
o’simtalar chiqaradi va ular tuxum bilan to’lgan bo’ladi. Parazitning etilgan 
proglottidasida 20-60 ming va undan ham ko’proq tuxumlari bo’lishi mumkin. 
Tuxumlarga to’la etilgan proglottidalari xo’jayin axlati orqali tashqariga 
chiqariladi. So’ngra bu proglottidalar bir necha soat davomida erda yoki o’tlar 
orasida harakat qila boshlaydi. Etilgan bo’g’imlarning qisqarishi natijasida undan 
juda ham ko’p miqdorda tuxum chiqadi va ular yaylov va suvga tushadi. Umuman, 
bu kasallik bilan og’rigan it axlati bilan har kuni 20-30 tagacha chuvalchangning 
etilgan proglottidalari tashqi muhitga chiqaziladi. Ayrim itlar ichagida 200 va undan 
ham ortiq chuvalchang bo’lishi mumkin. It organizmida bu parazit bir necha oy va 
xatto 2 yilgacha yashashi mumkin. 
Bu chuvalchangning oraliq xo’jayinlari qo’y miya soliteri tuxumlari bilan 
zararlangan yaylovlarda boqilganda o’t va suv orqali ushbu parazitning tuxumlarini 
yutib yuboradilar. qo’ylarning ichagida tuxumdan onkosfera lichinkasi chiqadi va 
ular qonga o’tib qon oqimi bilan orqa miya va bosh miyaga borib o’rnashadi va 
rivojlanib - kaptar tuxumidek, yong’oqdek kattalikdagi senur pufagini, ya’ni finnani 
xosil qiladi. Miyasida finna, ya’ni senur bo’lgan qo’ylar bezovtalanadi, tipirchilaydi, 
bir joyda turib aylanaveradi. 
Ba’zi qo’ylar boshini orqasiga tashlab yoki pastga egib, oldinga yuradi yoki 
orqasiga tisarila boradi. Bu kasalga uchragan qo’y oriqlaydi, yotgan joyidan 
turolmaydi va oxiri darmonsizlanib o’ladi. 
YUqorida ko’rsatilgan belgilarga qarab kasallangan mollarni osongina aniqlasa 
bo’ladi. Pufak tiniq suv bilan to’lgan bo’lib, uning ichki pardasida 100-250 tagacha 
boshchalari, 
ya’ni 
skolekslari 
to’p-to’p 
bo’lib joylashgan bo’ladi. Bu 
chuvalchangning pufakchali, ya’ni finnali lichinkasi qo’zg’atadigan kasallik senuroz 


52 
deyiladi va bu kasallikka chalingan hayvonlar xalok bo’ladi yoki majburiy go’shtga 
so’yiladi, bu esa chorvachilikka katta ziyon keltiradi. Senuroz kasalligi odamlarda 
ham uchrab turadi. Uni davolash faqat jarrox maxoratiga bog’liq. Xozirgacha 
senuroz kasalligiga chalingan odamlarning soni 42 taga etgani fanga ma’lum. Bu 
kasallik Fransiya, Angliya, Ispaniya, MDX mamlakatlarida, Meksika va Afrikada 
yashovchi axoli o’rtasida ko’proq uchraydi. 
Umuman, senur, ya’ni pufakli lichinka-finna juda sekin o’sadi. Masalan, 
qo’ylar zararlanganda 2 xafta o’tgach pufakning diametri 3-5 mm atrofida, 6 xafta 
o’tgach 2-3 sm va 2-3 oy o’tgandan so’ng esa 3,5 sm atrofida bo’lib, shu paytdan 
boshlab ularning ichki pardasida parazitning boshchalari, ya’ni skolekslari etishadi. 
Asosiy xo’jayinlari qo’y miya qurti bilan kasallangan qo’ylarning va boshqa 
chorva mollarning bosh hamda orqa miyalarida joylashgan pufakli-finnani iste’mol 
qilish orqali o’zlariga yuqtiradi. So’ngra ularning ichaklarida 41-73 kundan keyin 
jinsiy voyaga etgan tasmasimon qo’y miya qurti xosil bo’ladi. 
YUqorida aytganimizdek, qo’ylarning miyasida uchraydigan pufakli finna 
senuroz kasalligini vujudga keltiradi. Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) - 
surunkali gijja kasalligi bo’lib, asosan yosh qo’ylar va echkilar ko’proq kasallanadi. 
Senuroz bilan kasallangan hayvonlarni (odamlarni ham) davolashning birdan-bir 
usuli jarroxlik yo’li bilan bosh miyadan parazitning pufakli finnasini olib tashlashdan 
iboratdir. 
Senuroz kasalligi er yuzida keng tarqalgan. MDXda senuroz asosan, quyi va 
o’rta Volga, Ural, Qozog’iston, SHimoliy Kavkaz, Sibir, O’rta Osiyo davlatlarida, 
Ukrainada va Kavkazorti davlatlarida ko’proq uchraydi. 
Maxsuldor hayvonlarga va odamlarga juda katta zarar keltiradigan tasmasimon 
chuvalchanglardan yana biri exinokokk (Echinococcus granulosus) hisoblanadi. 
Voyaga etgan exinokokkning shakli tasmasimon bo’lib, uzunligi 2-6 mm atrofida, 
tanasi skoleks va 3-4 bo’g’imdan iborat. Skoleksida 4 ta so’rg’ichi va xartumi bor. 
Xartumi ikki qator joylashgan, 28-40 tacha xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan. 
Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo’g’imlari germafrodit bo’lib, unda 50 ga 
yaqin urug’don, urug’ tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va 
qin joylashgan. Oxirgi etilgan bo’g’imi 400-800 ta tuxum bilan to’lgan bo’ladi. 
Voyaga etgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go’shtxo’r hayvonlarning 
ichagida 6 oy, ba’zan bir yilgacha yashashi mumkin. 
Exinokokkning etilgan oxirgi bo’g’imlari asosiy xo’jayini axlati bilan 
tashqariga chiqariladi va bu bo’g’imlar faol harakat qilib, 5-25 smgacha bo’lgan 
masofani bosib o’tib, em-xashak, hamda boshqa narsalarga o’z tuxumlarini sochadi. 
Oraliq xo’jayinlar, ya’ni qo’y, echki, qoramol, tuya, cho’chqa va boshqa o’txo’r 
hayvonlar exinokokk tuxumlarini em-xashak bilan yutib, bu parazitni o’zlariga 
yuqtiradi. Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka-
onkosfera tezda ichakni teshib, qonga o’tadi va hayvonlarning o’pkasi, jigari, buyragi 
va boshqa organlariga borib joylashadi. 
Bu organlarda exinokokk pufagi xosil bo’ladi. Ular juda sekin va uzoq o’sib, 
tobora kattalashib boradi. Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o’sishi 
mumkin. Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga 
qayrilgan ilmoqchali shakllar xosil bo’ladi. 


53 
Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarning xajmi kattalashib, shakllari 
o’zgarib ketadi. Exinokokk pufaklari no’xotdek, olmadek, yosh bola boshiga teng 
keladiganlari va undan ham katta bo’ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan 
zararlangan sigir o’pkasining og’irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna 
topilganligi va bunday finnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga ma’lum. 
Bunday miqdordagi suyuqlik xo’jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi. 
Demak, exinokokk pufagining birinchidan xajmining katta bo’lishi, ikkinchidan 
birinchi pufak ichida ko’p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining 
bo’lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo’lajak tasmasimon 
exinokokkning boshi-skolekslari bo’lishi bilan boshqa tasmasimonlarning finnasidan 
farq qiladi. Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda, lichinkalarning soni 10 
tadan 1000 tagacha bo’ladi. Asosiy xo’jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan 
organlarni iste’mol qilish natijasida, ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi 
skolekslardan jinsiy voyaga etgan tasmasimon exinokokk xosil bo’ladi. 
Exinokokk asosiy xo’jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan keyin jinsiy 
voyaga etadi va tuxumlarini chiqaradi. Umuman, exinokokk keltirib chiqaradigan 
kasallik exinokokkoz deb ataladi. Bu kasallik er yuzining turli mintaqalarida keng 
tarqalgan. 
MDX 
mamlakatlarida 
ham 
hamma 
respublikalar 
chorvachilik 
xo’jaliklarida keng tarqalgan va chorvachilikka hamda inson sog’ligiga katta zarar 
etkazadi. 
Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo’ydan 
o’rtacha 2,5 kg go’sht, 300 gr yog’, 100 gr jigar va 400 gr o’pka hamda jun 
maxsulotlari kam olinadi. 
Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko’plab uchraydi. 
Masalan, Uragvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokk bilan kasallangan. 
MDXda exinokokkoz Ukrainada, Gruziya, Ozarbayjon hamda o’rta Osiyo 
mamlakatlarida odamlarda uchrab turadi. Exinokokkning pufakli shakli faqat 
jarroxlik yo’li bilan olib tashlab davolanadi. SHuning uchun ham bu kasallikka qarshi 
kurashishning yagona choralaridan biri profilaktika tadbirlaridir, ya’ni kasallikning 
kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz itlarning sonini 
kamaytirish kerak. Chorvachilik xo’jaligidagi hamda ov itlarini muntazam ravishda 
degelmintizasiya qilib, ya’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak. 
So’yilgan mollarni exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga 
bermasdan, yo’qotish hamda zararsizlantirish lozim. 
Odamlarga exinokokk aksariyat itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda
boshqa go’shtxo’r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda parazitni tuxumini o’ziga 
yuqtirib oladi. Chunki itlarni va boshqa go’shtxo’r hayvonlarning junida ko’plab 
exinokokk tuxumlari bo’ladi. SHuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiena 
qoidalariga qattiq rioya qilishlari hamda itga extiyot bo’lib muomala qilishlari kerak. 
Exinokokkoz kasalligini aniqlash asosan immunologik usullar orqali olib boriladi. 
Rentgen usulida ham aniqlanadi. 
YUqorida 
aytib 
o’tilgan 
tasmasimon 
chuvalchanglardan 
tashqari 
anoplosefalida (Anoplocephalidae) oilasiga kiradigan chuvalchanglardan ham chorva 
mollari katta zarar ko’radi. Bu oilaga kiruvchi turlar ham voyaga etgan davrida har 


54 
xil qishloq xo’jalik hayvonlarida, ya’ni qo’ylar, echkilar, qoramollar, otlar, tuyalar 
ichagida parazitlik qiladi. 
Masalan, qo’y, echki va qoramollar ichagida monieziya (Moniezia) avlodining 
turlari (Moniezia expansa, M. benedeni va bosh.) parazitlik qiladi. Bu parazitlarning 
uzunligi 1-5 m atrofida bo’lib, tanasi skoleks, bo’yin va proglottidalardan iborat. 
Skoleksida 4 ta so’rg’ichlari joylashgan, lekin ilmoqchalari bo’lmaydi. Proglottidalari 
qisqa va kengdir. Har bir proglottidada 2 juftdan jinsiy organlar sistemasi mavjud. 
Ular bo’g’imlarining yon tomonidan tashqariga ochiladi. Etilgan proglottidalar 
tuxumlar bilan to’lib turadi. Monieziyalar ham biogel’mint bo’lib, rivojlanish 
jarayonida 2 ta xo’jayin ishtirok etadi. Bunda yuqorida aytganimizdek, har xil kavsh 
qaytaruvchi 
sutemizuvchilar, 
ya’ni 
qo’y, echki, qoramol, tuyalar bu 
chuvalchanglarning asosiy xo’jayinlari, sovutli, qalqonli mayda tuproq kanalari 
(Oribatidae) esa oraliq xo’jayinlari hisoblanadi.
Monieziyaning etilgan bo’g’imlari asosiy xo’jayin axlati bilan tashqi muhitga 
chiqadi, sovutli tuproq kanalari onkosferali tuxumlarni yutib yuboradi va kanalar 
tanasida chuvalchangning embrioni rivojlanib, sistiserkoid degan lichinkaga aylanadi. 
Kana tanasidagi sistiserkoid 2 yilgacha asosiy xo’jayinini monieziya bilan zararlash 
qobiliyatiga ega. 
Chorva mollari sistiserkoid bilan zararlangan sovutli kanalarni o’t va suv bilan 
yutib yuboradi. Oradan 40-50 kun o’tgach, asosiy xo’jayini ichaklaridagi 
monieziyalar jinsiy voyaga etadi. Bir kecha-kunduzda monieziyalar 8 sm uzunlikda 
o’sishi mumkin. Monieziyalar moniezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa 
yosh mollarni, ya’ni 1,5-8 oylik qo’zilar, uloqlar va buzoqlarni ko’p zararlaydi. 
Masalan, bir yoshli qo’ylar bu kasallik bilan 59 foizgacha, birdan ikki yoshgachasi 31 
foizgacha va katta yoshdagilari 15 foizgacha kasallangan. O’zbekistonda moniezioz 
qo’y, echki va qoramollarda hamma mintaqalarda tarqalgan. Bu kasallikka qarshi 
kurash degel’mintizasiya va profilaktika tadbirlaridan iborat.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling