P a r a z I t o L o g I ya
G’urra yasarlar (Cecidomyiidae)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
G’urra yasarlar (Cecidomyiidae) oilasining vakillari juda mayda, imagosi
oziqlanmaydi, faqat 2-3 kun yashaydi. Lichinkalari o’simlikning turli organlari (guli, mevasi, novdasi, bargi, novdaning o’sish nuqtasi)da bo’rtma (g’urra) xosil qiladi. Har bir xasharot muayyan bir o’simlikda o’ziga xos g’urra xosil qiladi. Bo’rtmalar turiga qarab xasharot turini aniqlash mumkin. SHulardan g’alla ekinlarining zararkunandasi Gessen pashshasi (Mayetiola destructor) bo’lib, Ovro’pa, Osiyo va SHimoliy Amerikada keng tarqalgan. SHunday qilib, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, chivinlar uy hayvonlari va odamlarning tinchligini buzishi bilan katta ziyon keltiradi. Chivinlardan bezovta bo’lgan chorva mollarining maxsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak chivinlari tropik mamlakatlarda odamlar o’rtasida bezgak kasalini tarqatadi. Ayrim chivinlar virusli Yapon ensefaliti, tulyaremiya kasalligini tarqatadi. Chivinlarni yo’qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga olgan xolda chora tadbirlarni amalga oshirish kerak. Voyaga etgan chivinlar yoz 101 paytlarida kunduzi qo’nib turadigan joylarda, qish paytida esa qishlash joylarida har xil insektisidlar yordamida yo’qotiladi. Lichinkalari va g’umbaklariga qarshi kurashish uchun suv xavzalari tekshiriladi. Anopheles lichinkalari sho’r, kislorodi kam, soya suv xavzalarida yashamaydi. Suvi tez oqib turadigan daryo va anxorlarda ham lichinkalari uchramaydi. Chivinlarning lichinkalariga qarshi kurashishda xo’jalik maqsadlari uchun keraksiz bo’lgan kichikroq suv xavzalari tuproq bilan ko’mib tashlanadi. Baliq ko’paytirilmaydigan va xo’jalik maqsadlari uchun ishlatilmaydigan suv xavzalariga zaharli kimyoviy moddalar sepiladi, neftlanadi. Neft suv betiga nihoyatda yupqa parda ko’rinishida yoyilib, lichinkalar va g’umbaklarning nafas olish teshiklarini bekitib qo’yadi va ular o’ladi. Kimyoviy moddalar zarrachalarining kattaligi lichinkalar oziqlanadigan mikroorganizmlardan kichik bo’lishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalarni yutadi. Xozirgi vaqtda kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Lichinkalar va g’umbaklari bor suv xavzalarida ular bilan oziqlanadigan gambuziya balig’ini ko’paytirish yaxshi natija bermoqda. SHolipoyalarni esa uzib-uzib sug’orish, ya’ni qisqa vaqt suvni chiqarib tashlash yo’li bilan parazitlarni yo’qotish mumkin. Bundan tashqari xovuz suvlarini vaqti-vaqti bilan oqizib turish, suv xavzalarining organik chiqindilar bilan ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Kalatamo’ylov to’g’ri chokli ikki qanotlilar (Brachyera - Orthorrhapha) kenja turkumi vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo’ylovlari uch bo’g’imli bo’ladi. qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. G’umbagi yopiq tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g’umbak po’sti bosh ko’krak ustidan "t" shaklida yirtiladi. Bu kenja turkumga so’nalar, qitir pashshalari oilalari va boshqa ayrim ikki qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga asosan, so’nalar oilasining vakillari zarar keltiradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling