P a r a z I t o L o g I ya


Oshqozon bo’kasi (Gastrophilidae


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1764568
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)

Oshqozon bo’kasi (Gastrophilidae) oilasi vakillarining lichinkalari asosan ot, 
eshak, karkidon va fillarning oshqozonida parazitlik qiladi. Oshqozon bo’kalarining 
30 ga yaqin turi bor. Gastrohilis avlodiga mansub 6 ta tur bo’ka lichinkalari 
o’zbekistonda otlarda parazitlik qilib, gastrofilyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu 
parazitlar hayvonlar oshqozonini buzadi, oriqlantiradi va ish qobiliyatini pasaytiradi. 
Gastrofilyoz kasalini qo’zg’atuvchi (G. intestinalis)ning jinsiy voyaga etganlari 
15-20 mm uzunlikda bo’lib, rangi sariq-qo’ng’ir, qalin tuklar bilan qoplangan. 
Mo’ylovlari kalta, qanotlari tiniq. 
Tuxumlari sarg’ish rangda, yuqori qutbida kichik qopqoqchasi bor. 
Otlarning oshqozon bo’kasi imago davrida otlarga zarar etkazmaydi. 
Bo’kalarning faqat lichinkalari zarar etkazadi. Urg’ochi bo’kalar yozda uchib yurib 
otlarning lablari, bo’yni, oldingi oyoq, ko’krak va qorin junlariga 300 dan 700 
tagacha tuxum qo’yadi. Oradan 4-5 kun o’tgach, tuxumlardan lichinkalar chiqadi va 
bu lichinkalar ot terisining kuchli qichishini keltirib chiqaradi. Ot tishi bilan terisini 
qashishi natijasida bo’ka lichinkalarining bir qismini yutib yuboradi. 
Oshqozonga tushgan lichinkalar oshqozon devoriga yopishib olib, bu erda 
uzoq vaqt (9-10 oy) parazitlik qiladi. Ot oshqozonidagi lichinkalar qishlaydi va 
rivojlanib, uzunlii 12-20 mmga etadi. Baxor yoki yoz faslining boshlarida lichinkalar 
otning tezagi bilan erga tushadi va g’umbakka aylanadi 25-30 kun o’tgach 
g’umbakdan etuk bo’kalar chiqadi. Ot oshqozonida bo’ka lichinkalari juda ko’p 
(1000-1500 tagacha) bo’ladi. Lichinkalar oshqozon devorini yallig’lantirib, og’ir 
kasallikka duchor qiladi va ko’pincha hayvonlar xalok bo’ladi.
Gastrofilyoz va uning qo’zg’atuvchilari Er yuzida keng tarqalgan. Gastrofilyoz 
bilan kasallangan hayvonning ishtaxasi pasayadi, ba’zan butunlay yo’qoladi, natijada 
otlar ozib ketadi. Ba’zan oshqozon bo’kasining 1 yoshli lichinkasi odam terisiga kirib 
kasallik paydo qilishi mumkin. 
Oshqozon bo’kasiga qarshi kurashda, birinchi navbatda, otlarning juni 
orasidagi bo’ka tuxumi va lichinkalarini yo’qotish kerak. Buning uchun o’tkir pichoq 
yoki shisha sinig’i bilan bo’kalar tuxumi bor joylar jun yotgan tomonga qaratib 
qiriladi. yozda har 4-5 kunda otlar aloxida ajratilgan joyda shu usulda tozalanib
undan tushgan jun va tuxumlar kuydirib yuboriladi. Otlar junidagi bo’ka tuxumlari va 


107 
lichinkalarini kreolinda eritilgan 25 %li eritma bilan ham yo’qotish mumkin. 
SHuningdek, har xil ichiriladigan dorilardan foydalaniladi. Otlar boqiladigan 
yaylovlar har 25-30 kunda almashtirilib turiladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling