P a r a z I t o L o g I ya
Burun-xalqum bo’kalari (Oestridae)
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
parazitolog ma\'ruza-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’y bo’kasi (Oestrus ovis
Burun-xalqum bo’kalari (Oestridae) oilasi vakillari tirik tug’adi. Bu oilaga
35 ga yaqin tur kiradi, uzunligi 10-18 mm atrofida bo’ladi. Ular tuyoqli hayvonlarda parazitlik qiladi. o’zbekistonda 4 ta turi qo’y, echki, tuya va otlarda parazitlik qiladi. Qo’y bo’kasi (Oestrus ovis)ning uzunligi 10-12 mm bo’lib, qo’y va echkilarning burun hamda peshona bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Urg’ochilari sarg’ish-qo’ng’ir rangda, usti kam sondagi tuklar bilan qoplangan. Lichinkalari 1- lichinkalik davrida 1,3 mm, 3-lichinkalik davrida esa 10-30 mm uzunlikda bo’ladi. qo’y bo’kasi issiqni yoqtiradi, 16-40 o S haroratda uchib yuradi. Urg’ochilari urug’langach, devor yoriqlari orasida yoki binolarga uchib borib, 12-16 kun davomida tinch o’tiradi. Lichinkalari etilgandan keyin ular faollashib qo’y va echkilarni axtaradi va ularning burun kavaklariga 12-20 tadan tirik lichinkalarni sepib ketadi. Har bir urg’ochi bo’ka hayoti davomida 600 tagacha lichinka qo’yadi. Agar urg’ochi bo’ka etilgan lichinkalarni o’z vaqtida biror joyga qo’ya olmasa, lichinkalar bo’ka bachadonining devorini yorib yuboradi va uni xalokatga olib keladi. qo’yning burniga tushgan lichinkalar tezda burunning ichkarisiga qarab siljiydi. Aprel va may oylarida qo’yilgan lichinkalar rivojlanib, iyul-avgust oylarida hayvonning miyasiga ko’chadi, ba’zan peshona bo’shlig’iga o’tadi. Bu erda ikki marta tullab, uch yoshli lichinkaga aylanadi. Keyinchalik uch yoshli lichinkalar yana burun bo’shlig’iga qaytadi va qo’y aksirganda erga tushib tuproq orasiga kiradi va g’umbakka aylanadi. 18-25 kunda ulardan qanotli bo’kalar etishadi. Qo’y bo’kasi SHimoliy tumanlarda yiliga bir marta avlod bersa, issiq iqlimli xududlarda ikki marta (ko’klam va kuzda) avlod beradi. Bo’ka lichinkalari qo’ylarning burun bo’shlig’ida baxorgi zararlanish davrida 4 oy, kuzgi zararlanish davrida esa 6-7 oy yashaydi. Qo’y bo’kasi keltirib chiqaradigan kasallik estroz deyiladi. Bu kasallik hamma mamlakatlarda uchraydi. Estroz bilan ko’pincha yosh qo’ylar kasallanadi. Estroz kasalligida mollarning nafas olishi qiyinlashadi, burnidan qon aralash shilimshiq modda oqadi. Bu kasallikdan qo’ylarning ishtaxasi buzilib, oriqlab ketadi. Undan olinadigan jun maxsuloti 3-16 %ga kamayib ketadi. Burun bo’shlig’i va miyaga joylashib olgan bo’ka lichinkalari qo’y va echkilarda soxta aylanma (tentak) kasalligini paydo qiladi, ya’ni mollarning xushdan ketishi, bir joyda aylanishi kuzatiladi. Kasallangan yosh mollar ko’pincha nobud bo’ladi. Nafas yo’llari zararlanganda esa qo’ylar zotiljam kasalligidan o’ladi. Lichinkalar odam ko’ziga tushib qolsa miaz, kon’yunktivit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Estrozga qarshi kurashda kompleks tadbirlar qo’llaniladi. Birinchi navbatda kasallangan qo’y va echkilar davolanadi. Buning uchun mollarning burun bo’shlig’iga xlorofosning 2 %li eritmasi yuboriladi va burun bo’shlig’idagi bo’ka lichinkalari xaydab chiqariladi. Kasallik manbai hisoblangan bo’kalarning hamma yoshdagi lichinkalari qirib tashlanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling