P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
-§. Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
50-§. Afrika mamlakatlarining aholisi va xo‘jaligi
Aholi zichligi, tabiiy ko‘payish, urbanizatsiya, janubiy yevropeoidlar, neg- roidlar, aholining etnik va diniy tarkibi, xomashyoni yetkazib beruvchi xo‘jalik tarmoqlari, yakkahokim ekin. Afrika aholi soni bo‘yicha Osiyodan keyingi qit’a hisoblanib, 2018-yil holatiga ko‘ra, u yerda 1,3 milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu jahon aholisining 17 foizini tashkil etadi. Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib tu- radi. Uning aholisi, 2018-yil holatiga ko‘ra, salkam 196 mln. ki shiga teng bo‘lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o‘rin hisoblanadi. E’tiborlisi, Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo‘yicha 14-o‘rinda turadi, xolos. Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi o‘rinlarni Efiopiya (107,5 mln. kishi), Misr (97 mln. kishi), Kongo Demokratik Respublikasi (84,3 mln. kishi), Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy Afrika Respub- likasi (57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.). Afrika aholisi qit’a bo‘yicha notekis joylashgan (78-rasm). Bunga tabiiy omillar, ayniqsa, iqlim va suv resurslari katta ta’sir ko‘rsatgan. Nil vodiysi va deltasi, O‘rta dengiz va Gvineya qo‘ltiqbo‘yi hududlari, Sharqiy Afri- kaning tog‘ oralig‘idagi botiqlari va JARning sanoatlashgan rayonlarida aholi zichligi eng yuqori darajaga ega. Ayni paytda, Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib kabi tropik cho‘llarda aholi zichligi o‘ta past. Afrika aholisi eng yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan qit’a hisoblanadi. Jahon aholisi hozirgi vaqtda o‘rtacha yillik hisobda 1,2 % ga ko‘payib borayotgan bo‘lsa, Afrika- da bu ko‘rsatkich 2,6 % ni tashkil etadi. Afrikaning aksariyat davlatlariga tug‘ilish va tabiiy ko‘payishning yuqori sur’atlari, o‘rtacha umr ko‘rishning nisbatan past ko‘rsatkichlari xos (12-jadval). Bu bora- dagi holat faqat Tunis, Marokash, Liviya, Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling