P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
-rasm. Keyptaun shahri. Maydoni – 1219,9 ming km
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyoti.
79-rasm.
Keyptaun shahri. Maydoni – 1219,9 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 57,7 mln. Poytaxti – Pretoriya. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 147 davlatlarga nisbatan ancha yuqori. Mam- lakatning eng yirik shahri va iqtisodiy poytaxti Yoxannesburg hisoblanadi. Janubiy Afrika Respublikasi aholisi- ning salkam 80 % ini turli mahalliy millat va elatlar tashkil qiladi. JAR Tropik Af- rika davlatlaridan yevropaliklarning nis- batan yuqori ulushi (10 % ga yaqin) bi- lan ajralib turadi. Yevropaliklarning katta qismini afrikanerlar – XVII–XIX asrlarda ko‘chib kelgan gollandlarning avlodlari tashkil etadi. Ular niderland tili asosida shakllangan afrikaans tilida so‘zlashadi. Mamlakatning shimoli-sharqidagi sanoat rayonlari, janubi-sharqiy va janubiy dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi yuqori bo‘lsa, g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy cho‘l hududlarida aholi juda siyrak joylashgan. Iqtisodiyoti. Janubiy Afrika Respublikasi qit’adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. Iqtisodiyoti tog‘-kon sanoati, mashi- nasozlik, ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan. Turli foydali qazilmalarning boy zaxiralari hisobiga JARda tog‘-kon sanoati yuqori darajada rivojlangan. JAR ko‘mir, temir rudasi, marganes, oltin, platina, palladiy, olmos va boshqa mineral resurslarni qazib olish bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. JAR jahondagi eng yirik ko‘mir eksportyorlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi mamlakat hududining 15 % qismida intensiv rivoj- langan, xolos. Buning asosiy sababi suv resurslarning taqchilligi bilan bog‘liq. Ammo, shunga qaramasdan, JARda dehqonchilik va chorva- chilikning turli tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Dehqonchilikning eng muhim tarmoqlari bog‘dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Chor- vachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik. JARda chorvachilikning noodatiy tarmog‘i – tuyaqushlarni boqish ham rivojlangan (80-rasm). JARning janubiy dengizbo‘yi qismida hamda mamlakat ichkarisidagi yirik shaharlarda turizm yaxshi rivojlangan. 1. Janubiy Afrika Respublikasi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini baholang. 80-rasm. Tuyaqush fermasi. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 148 2. Mamlakat tabiiy sharoiti va resurslarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlang. 3. JAR Tropik Afrika mamlakatlaridan aholisining ko‘payishi va tarkibi jihatidan qanday farqlanadi? 4. JAR iqtisodiyoti qanday tarmoqlarga ixtisoslashgan? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling