P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
23-rasm. 
Frankfurt-Mayn shahri.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


77
xizmat ko‘rsatish sohalari ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Yev-
ropadagi eng yirik aeroportga ega Frankfurt-Mayn shahri qit’adagi aso-
siy bank-moliya markazlaridan biri hisoblanadi (23-rasm).
Germaniyaning sharqiy yerlari (sobiq GDR) mamlakatning qolgan hu-
dudlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning pastroq ko‘rsatkichlari 
bilan ajralib turadi.
1. Germaniya iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini izohlang.
2. Germaniya aholisining tabiiy va migratsion harakatiga qanday xususiyatlar 
xos?
3. Mamlakatning qishloq xo‘jaligi qaysi tarmoqlarga ixtisoslashgan?
4. Frankfurt-Mayn shahrining iqtisodiy geografik salohiyati qanday omillar 
bilan belgilanadi?
27
-§. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligi
Birlashgan Qirollik, Angliya, Shotlan diya, Uels, Shimoliy Irlandiya, kons-
titutsion monarxiya, La-Mansh bo‘g‘izi, mo‘tadil dengiz iqlimi.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Bir-
lashgan Qirolligi Yevropaning shimoli-g‘arbidagi 
Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qi-
rollik hududining asosiy qismini Buyuk Brita-
niya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqi 
tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakat tarkibiga 
bir nechta maydaroq orollar ham kiradi. Bir-
lashgan Qirollik qirg‘oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda 
Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. La-Mansh bo‘g‘izi Buyuk Brita-
niyani Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘idan ajratib turadi. Quruqlikda 
mamlakat faqat Irlandiya Respublikasi bilan chegaradosh. 
Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 taga yaqin dengizorti hududlari, 
ya’ni mustamlakalari bor. Ularning katta qismi Karib dengizidagi orollar-
da joylashgan. Yevropa qit’asidagi yagona mustamlaka hudud – Gibraltar
ham Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi. Ammo rasman 
hech qaysi dengizorti hududi Birlashgan Qirollik tarkibiga kirmaydi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling