P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
26-rasm.
Buyuk Britaniyaning aholi zichligi (km 2 /kishi). http://eduportal.uz http://eduportal.uz 80 Buyuk Britaniya iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohalari ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bank-moliya sohasi, turizm, axborot va tele- kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot va oliy ta’lim o‘zining xalqaro iqtisodiy ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. London shahri Nyu-York va Tokio bilan birgalikda jahonning eng yirik moliyaviy markazi hisobla- nadi. Buyuk Britaniyaga dunyoga mashhur ko‘plab tarixiy-madaniy yod- gorliklarni ko‘rish uchun har yili bir necha o‘n million sayyohlar tashrif buyuradilar. Birlashgan Qirollik eng ko‘p sayyohlarni qabul qiladigan jahonning yetakchi 10 ta davlatlaridan biri. 1. Birlashgan Qirollik siyosiy-hududiy tuzilishini tavsiflang. Nima uchun u qisman federativ hisoblanishi mumkin? 2. Buyuk Britaniya iqlimining muhim xususiyatlari va ularni keltirib chiqargan omillarni izohlang. 3. Birlashgan Qirollik aholisining joylashuviga qaysi tabiiy omil katta ta’sir ko‘rsatgan? Aholi zichligi eng yuqori darajada bo‘lgan hududlari qaysi? 4. Buyuk Britaniya zamonaviy sanoatining qaysi tarmoqlari yetakchi ahamiyatga ega? Mamlakat sanoatining tarmoqlar tarkibi qanday o‘zgargan? 28 -§. Fransiya Respublikasi La-Mansh bo‘g‘izi, Atlantika okeani, Korsika oroli, dengizorti hududlar, Parij aglomeratsiyasi, tashqi migratsiya, mintaqaviy tillar, turizm. Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri – Fransiya Respublikasi – qit’aning g‘arbida joy- lashgan. Uning qirg‘oqlari g‘arb va shimoli- g‘arbdan Atlantika okeani, janubi-sharqdan esa O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. Quruqlikda 8 ta davlat bilan chegaradosh bo‘lib, eng uzun chegaralari Germaniya, Italiya, Ispaniya davlat- lari bilan o‘tgan. Fransiyaga O‘rta dengizdagi Korsika oroli tegishli. Shuningdek, Fransiyaning 10 tadan ziyod dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari ham mavjud. Ular, asosan, Tinch okean va Karib dengizida joylashgan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling