P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
29-rasm. 
Parijdagi Luvr muzeyi.
28-rasm. 
Fransiya uzumzorlari.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


83
butun dunyoga mashhur dengizbo‘yi kurortlar (Nitsa, Sen-Trope, Kann 
va boshqalar), Fransiya shaharlari, ayniqsa Parijda mashhur madaniy 
obyektlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Masalan, Parijdagi Luvr muzeyi
dunyo bo‘yicha tashrif buyuruvchilar soni jihatidan yetakchi o‘rin egal-
laydi (29-rasm).
1. Xarita yordamida Fransiya iqtisodiy geografik o‘rniga baho bering.
2. Fransiya aholisi tarkibida qaysi millatlar tub millatlar sifatida ajratiladi?
3. Mamlakat qishloq xo‘jaligi qaysi tarmoqlarga ixtisoslashgan? 
4. Fransiyada turizmning rivojlanishi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni 
izohlang. 
29-§. Italiya Respublikasi
Apennin yarimoroli, O‘rta dengiz, Sitsiliya, Sardiniya, Alp, anklav, vul-
qonlar, O‘rta dengiz tipidagi iqlim, madaniy meros, ijtimoiy-iqtisodiy 
tafovutlar.
Italiya Respublikasi – Yevropaning janubida, 
O‘rta dengiz bo‘ylarida joylashgan, Yevropa ma-
daniyatining beshiklaridan biri hisoblangan dav-
lat. Mamlakat hududining katta qismini Apennin 
yarimoroli egallaydi. Italiyaga O‘rta dengizdagi 
ikkita eng yirik orol – Sitsiliya va Sardi niya 
tegishli. Italiya shimolda Fransiya, Avstriya, 
Shveysariya va Sloveniya bilan chegaradosh. Ita-
liyaning qo‘shnilari orasida San-Marino hamda 
Vatikan «mitti» davlatlari alohida o‘ringa ega, chunki bu mamlakatlar har 
tomondan Italiya hududi bilan o‘ralgan va boshqa davlatlar yoki dengiz 
suvlari bilan chegaraga ega emas. Bunday geografik joylashuvga ega dav-
latlar anklav davlatlar deb ataladi. 
Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. Siyosiy-hududiy jihat-
dan Italiya 20 ta hudud (provinsiya)dan iborat unitar davlat hisoblanadi.
20 ta provinsiyadan 5 tasi, shu jumladan, Sardiniya va Sitsiliya alohida 
maqomga ega.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling