P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
32-rasm. 
Rimdagi Kolizey.
31-rasm. 
Italiyadagi zaytun 
plantatsiyalari.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


86
1. Italiyaga chegaradosh davlatlar orasida Vatikan va San-Marino qanday 
geografik xususiyatlari bilan ajralib turadi?
2. Italiya aholisi zichligiga ta’sir ko‘rsatgan hududiy tafovutlar sabablarni 
izohlang. 
3. Italiyaning shimoliy va janubiy hududlari iqtisodiy rivojlanish jihatidan 
qanday farqlanadi? 
30
-§. Rossiya Federatsiyasi
Sharqiy Yevropa, Shimoliy Osiyo, Ural tog‘lari, Kuma-Manich botig‘i, 
 
agroiqlimiy resurslar, tabiat zonalari, Baykal ko‘li, ko‘p konfessiyali mam-
lakat.
Rossiya Federatsiyasi maydoni jihatidan ja-
honning eng yirik davlati hisoblanadi. U Shar-
qiy Yevropa va Shimoliy Osiyoda joylashgan. 
Rossiyaning Yevropa va Osiyodagi qismlarini 
Ural tog‘lari hamda Kaspiy va Azov dengizlari 
o‘rtasidagi Kuma-Manich botig‘i ajratib turadi. 
Rossiya qirg‘oqlari Shimoliy Muz, Tinch 
va Atlantika okeanlarining havzalariga tegish-
li bo‘lgan 12 ta dengiz suvlari bilan yuviladi. 
Ta’kidlash kerakki, jahonda faqat 3 ta davlat birdaniga uchta okeanga 
chiqish imkoniyatiga ega – Rossiya, AQSH va Kanada. 
Rossiya Federatsiyasi jami 16 ta davlat bilan chegaradosh. Jumladan, 
Yaponiya va AQSH bilan chegara faqat suv orqali o‘tadi. Chegaradosh 
davlatlarning umumiy soni bo‘yicha Rossiya jahon mamlakatlari ichida 
1-o‘rinda turadi. Eng uzun chegara chiziqlari Qozog‘iston, Mongoliya va 
Xitoy bilan o‘tgan.
Rossiya aralash tipidagi respublika hisoblanadi, chunki hukumat
prezident va parlament tomonidan birgalikda shakllantiriladi. Konstitut-
siyasiga binoan, Rossiya 85 ta turli maqomdagi hududlar federatsiya-
si hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasining regionlari orasida respublika, 
oblast, o‘lka, avtonom okrug, avtonom oblast va federal ahamiyatdagi 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling