P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130
24-rasm. 
Shotlandiyadagi tog‘ 
manzarasi.
Angliya
Uels
Shotlandiya
Shimoliy
Irlandiya
24-rasm. 
Birlashgan 
Qirollikning tarkibiy 
qismlari.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


79
teng. Aholi soni ko‘proq tashqi migratsi-
ya hisobiga o‘smoqda. Ayniqsa, Janubiy
Osiyo, Afrika, Karib dengizidagi orollar-
dan ko‘chib kelganlar ko‘p. 
Buyuk Britaniyada urbanizatsiya dara-
jasi 80 % dan yuqori. Mamlakatning eng 
yirik shaharlari qatoriga, Londondan tash-
qari, Birmingem, Manchester, Liverpul, 
Glazgo, Edinburg kiradi. 
Mamlakat aholisining etnik tarkibida 
eng yirik millat inglizlar hisoblanadi. 
Shotlandiyaliklar, uelsliklar va irlandiya-
liklar ham tub millatlar hisoblanadi. Eng 
keng tarqalgan din protestant xristianligi 
hisoblanadi.
Aholi zichligi Markaziy va Janubiy Angliya, Janubiy Uels hamda 
O‘rta Shotlandiya pasttekisligida eng yuqori darajada bo‘lsa, Shotlandiya-
ning shimoli-g‘arbiy tog‘li hududlarida esa bu ko‘rsatkich ancha past-
dir (26-rasm). Birlashgan Qirollik aholisining deyarli 85 % i Angliyada
yashaydi. 
Iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya Yevropa va jahon miqyosida iqtisodiy 
jihatdan eng qudratli davlatlardan biri, «Katta yettilik» guruhi a’zosi. 
YIM hajmi bo‘yicha Birlashgan Qirollik Yevropada Germaniyadan keyingi 
2-o‘rinda turadi.
Buyuk Britaniya sanoat inqilobining beshigi bo‘lib, XIX–XX asr bo shida 
dunyoning yetakchi sanoatlashgan mamlakati hisoblangan edi. U davrda 
Birlashgan Qirollik sanoati, ayniqsa to‘qimachilik, ko‘mir, qora metallur-
giya, kemasozlik tarmoqlarining rivojlanganligi bilan alohida ajralib turgan. 
Hozirgi vaqtda esa Buyuk Britaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qa-
toriga avtomobilsozlik, aviasozlik, qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo 
va farmasevtika sanoatlari kiradi. Elektr energiyasi, asosan, IESlarda ish-
lab chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlari sut-g‘osht qoramolchiligi, 
qo‘ychilik va cho‘chqachilik hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinla-
ri: bug‘doy, arpa, kartoshka, qandlavlagi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling