P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Tabiiy sharoiti va resurslari
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63-rasm. Fudziyama vulqoni. Maydoni – 377,9 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 126,5 mln. Poytaxti – Tokio.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Yaponiyada, u Tinch okean seysmik
mintaqasida joylashganligi tufayli, zilzila va sunami tez-tez sodir bo‘ladi. Bu tabiiy xususiyat Yaponiya aholisining turmushiga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham yaponlarga bolalik davridanoq favqulodda vaziyatlarda o‘zini to‘g‘ri tutish qoidalari o‘rgatiladi. Mamlakat hududining 3/4 qismi tog‘ va qirlar bilan band. Yaponiyaning eng baland tog‘ cho‘qqisi – Fudziyama vul- qoni – yapon xalqi uchun muqaddas qa- damjo hisoblanadi (63-rasm). Tog‘liligi qishoq xo‘jalik yerlarining yetishmov- chiligiga olib kelgan. Yaponiya foydali qazilmalarga boy emas. Mamlakatda, asosan, yod (zaxirala- 63-rasm. Fudziyama vulqoni. Maydoni – 377,9 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 126,5 mln. Poytaxti – Tokio. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 127 ri bo‘yicha dunyoda 1-o‘rin), oltingugurt, shuningdek, oz miqdorda neft, tabiiy gaz, oltin, kumush va boshqa mineral resurslar qazib olinadi. Yerosti boyliklarining ozli- gi Yaponiyani yoqilg‘i va metallarni eng ko‘p import qiluvchi davlatlardan biriga aylantirgan. Yaponiya, asosan, mo‘tadil va subtro- pik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqli- mi, umuman olganda, musson shamollari ta’sirida shakllangan, unga yuqori darajadagi namlik xos. Yillik yog‘in miqdori 1700–4000 mm ga teng. Shuningdek, Yaponiya iqlimiga tayfun- larning tez-tez takrorlanishi xos. Nam iqlimi tufayli Yaponiya hududi sersuv daryolarga boy bolib, ular- dan sug‘orma dehqonchilik va gidroenergetikada keng foydalaniladi. Aholisi. Yaponiya aholisi 126,5 mln. kishiga teng (2018-y.). Yaponiyada tug‘ilishning o‘ta pastligi sababli aholining tabiiy kamayishi kuzatilmoqda. Meksika aholi soni bo‘yicha Yaponiyadan ilgarilab ketgani- dan keyin, Yaponiya jahon mamlakatlarining birinchi o‘ntaligidan chiqdi. Yaponiyada shahar aholisining ulushi 90% dan yuqori. Tokio dunyo- ning eng katta shaharlaridan biri hisoblanadi, uning aglomeratsiyasida 30 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi (64-rasm). Poytaxtdan, tash- qari Iokagama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto mamlakatning eng yirik shaharlari hisoblanadi. Xokkaydo orolida joylashgan Sapporodan boshqa barcha yirik shaharlar Xonsyu orolining janubi-sharqida joylash- gan. Mamlakatning bu qismida bir nechta yirik shahar aglomeratsiyala- rining tutashib ketganligi hisobiga jahondagi eng yirik megalopolislardan biri – Tokaydo shakllandi. Yaponiya aholisining 98% dan ko‘pini yaponlar tashkil qiladi. Ularning asosiy dinlari – sintoizm va buddizm. Qiziqarli jihati shundaki, yaponlar- ning aksariyati ham sintoizm, ham buddizm an’analariga rioya qiladilar. Aholining joylashuviga mamlakat relyefi katta ta’sir korsatgan. Yapo- niya aholisining asosiy qismi hududining 10 % ida yashaydi. Aholi eng zich darajada Kanto tekisligida joylashgan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling