P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 65-rasm. «Sinkansen» tezyurar poyezdi. 66-rasm.
64-rasm.
Tokiodagi chorrahalardan biri. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 128 Iqtisodiyoti. Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mam- lakat. YIM ning umumiy hajmiga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hin- distondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoq- lar – elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsoz- lik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiya- ning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga «Toyota», «Honda», «Sony», «Mitsubishi» va boshqalar kiradi. Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi. Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi «Sinkansen» tezyurar poyezdlari alohida e’tiborga sazovor (65-rasm). Yaponiyada ayrim orollar orasida suvosti tunnellar ham o‘tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va Xokkaydo orollarini bog‘laydigan Seykan tunnelidir (54 km). Yaponiyada turizm ham yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi (66-rasm). 65-rasm. «Sinkansen» tezyurar poyezdi. 66-rasm. Kioto shahridagi mashhur budda ibodatxonasi. Xonsyu orolining sharqida 600 km masofada shakllangan Tinch okean sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan Yaponiyaning eng rivojlangan rayoni hisoblanadi. Kyusyu orolining janubi, Sikoku va ayniqsa, Xokkaydo oroli iqtisodiy jihatdan nisbatan sust rivojlangan. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 129 1. Yaponiyaning iqtisodiy geografik o‘rniga baho bering. 2. Yaponiya tabiiy sharoitining ijobiy va salbiy jihatlarini taqqoslang. 3. Yaponiya va Koreya Respublikasi o‘rtasida aholining tabiiy harakati, tarkibi va joylashuvida qanday o‘xshashlik va tafovutlar mavjud? 4. Yaponiyaning iqtisodiy qudratiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling