P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
-§. Germaniya Federativ Respublikasi
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydoni – 357,4 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 82,8 mln. Poytaxti – Berlin.
- Tabiiy sharoiti va resurslari.
26-§. Germaniya Federativ Respublikasi
Shimoliy dengiz, Boltiq dengizi, Kil kanali, parlamentar respublika, fe- deral kansler, federal yerlar, tashqi migratsiya, lyuteran cherkovi. Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qud- ratli davlati Germaniya Federativ Respublika- si qit’aning markazida joylashgan. Germaniya maydoni bo‘yicha qit’a mamlakatlari orasida 6-o‘rinda turadi. Qirg‘oqlari shimoli-g‘arbda Shi- moliy dengiz, shimoli-sharqda esa Boltiq dengizi suvlari bilan chegaralangan. Germaniya hududi- dan eng muhim xalqaro kanallardan biri – Shi- moliy va Boltiq dengizlarini tutashtiradigan Kil kanali o‘tadi. Quruqlikda 9 ta davlat bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi Yevropaning turli qismlaridagi davlatlarni tutashtiruv- chi yirik avtomobil, temir va suv (daryo va kanallar) yo‘llarining o‘tganligi bilan belgilanadi. Maydoni – 357,4 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 82,8 mln. Poytaxti – Berlin. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 75 Boshqaruv shakli – parlamentar respub- lika. Davlat rahbari – prezident, ammo ijro hokimiyatining rahbari va eng katta siyosiy vakolatlar egasi hukumat raisi, ya’ni fede- ral kansler hisoblanadi. Siyosiy-hududiy tu- zilishi jihatidan Germaniya federativ davlat bo‘lib, 16 ta federal yerga bo‘linadi. Mam- lakat poytaxti – Berlin – GFRning sharqiy qismida joylashgan. Tabiiy sharoiti va resurslari. Germaniya hududining relyefi shimoldan janubga tomon ko‘tarilib boradi (22-rasm). Mamlakatning shimoliy qismini Shimoliy Germaniya past- tekisligi egallagan, markaziy hududlari past va o‘rta tog‘lardan iborat, janubida esa ba- landligi deyarli 3 000 metrga boradigan Alp tog‘lari joylashgan. GFRda tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudasi, osh va kaliy tuzlarining konlari mavjud. Mamlakat hududi mo‘tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Ob-havo tez-tez o‘zgaradi, yog‘inlar ko‘p yog‘adi. Qish odatda yum shoq, qattiq sovuqlar kam sodir bo‘ladi. Dengizbo‘yi hududlarida kuchli shamollar doimo kuzatiladi va bu energetika sohasida qo‘l keladi. Germaniyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng yirik daryolar Reyn, Du- nay, Elba, Vezer va Oder hisoblanadi. GFRdagi barcha yirik daryolar ka- nallar bilan o‘zaro bog‘langanligi tufayli uning ichki suv transport yo‘llari Dunay orqali Shimoliy va Boltiq dengizlari portlarini Qora dengiz portlari bilan bog‘laydi. Aholisi. Germaniya deyarli 83 mln. kishilik aholisi (2018-yil ma’lumotlari bo‘yicha) bilan Yevropada Rossiyadan keyingi 2-o‘rinni egallaydi. Tug‘ilishning pastligi sababli Germaniyada aholining tabiiy ko‘payishi 1972-yildan buyon manfiy qoldiqqa ega. Germaniyada aholi ko‘payishining manbayi tashqi migratsiya hisoblanadi. Germaniya xorijiy migrantlar soni (12 millionga yaqin kishi) bo‘yicha jahonda AQSHdan so‘ng 2-o‘rindagi davlat. Xorijiy migrantlar tarkibida Turkiya, Italiya, Gretsiya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Polsha hamda ayrim arab mamlakatlaridan ko‘chib kelganlar son jihatdan ajralib turadi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling