P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyoti.
22-rasm.
Germaniyaning relyefi. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 76 Xorijiy migrantlar ko‘proq g‘arbiy va shimoliy federal yerlaridagi yirik shaharlarda mujassamlashgan. Germaniyaliklarning 75 % dan ko‘prog‘i shaharlarda istiqomat qili- shadi. GFRning eng yirik shaharlari – Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurt-Mayn, Bremen. Mamlakat aholisining milliy tarkibida 90% dan ko‘proq qismi nemis millatiga to‘g‘ri keladi. GFRning shimoliy, markaziy va sharqiy hudud- larida yashovchi nemislar orasida protestantlar (lyuteranlar) ko‘pchilikni tashkil etsa, mamlakatning janubida ko‘proq katoliklar istiqomat qilishadi. Germaniya aholisi yirik daryolarning vodiylarida juda zich holda joy- lashgan. Bu borada, ayniqsa Reyn vodiysi alohida ajralib turadi. Aholi eng yuqori darajada mujassamlashgan hudud – Rur sanoat rayoni – aynan shu daryo havzasida joylashgan. Tog‘li hududlarida hamda mamlakatning shimoli-sharqida esa aholi nisbatan siyrak joylashgan. Iqtisodiyoti. Germaniya iqtisodiy salohiyati va aholining turmush da- rajasi jihatidan jahondagi yetakchi davlatlardan biri, «Katta yettilik» guru- higa a’zo davlat. Yevropada Germaniya YIM va sanoat ishlab chiqarishi hajmi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. GFR turli sanoat mahsulotlarining yuqori sifati bilan butun dunyoga mashhur. Germaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga mashina- sozlik, kimyo, farmasevtika, ko‘mir, qora metallurgiya, oziq-ovqat sano- ati kiradi. Mashinasozlik tarmoqlaridan esa stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, mikroelektronika, kemasozlik, aviakosmik mashinasozlik kabi tarmoqlari juda yuqori darajada rivojlangan. Germaniya qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari sut-g‘osht qora- molchiligi va cho‘chqachilik hisoblana- di. Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarida asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, kartoshka, qandlavlagi hisoblanadi. Janubdagi tog‘ yonbag‘irlari va tog‘ oralig‘idagi vodiy- larida uzum, tamaki hamda pivo ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xmelni yetish- tirish yaxshi rivojlangan. Germaniya iqtisodiyotida transport, bank-moliya sektori, turizm va boshqa Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling