P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130
26-rasm. 
Buyuk Britaniyaning 
aholi zichligi (km
2
/kishi).
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


80
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida xizmat ko‘rsatish sohalari ham katta 
ahamiyatga ega. Ulardan bank-moliya sohasi, turizm, axborot va tele-
kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot va oliy ta’lim o‘zining xalqaro 
iqtisodiy ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. London shahri Nyu-York 
va Tokio bilan birgalikda jahonning eng yirik moliyaviy markazi hisobla-
nadi. Buyuk Britaniyaga dunyoga mashhur ko‘plab tarixiy-madaniy yod-
gorliklarni ko‘rish uchun har yili bir necha o‘n million sayyohlar tashrif 
buyuradilar. Birlashgan Qirollik eng ko‘p sayyohlarni qabul qiladigan 
jahonning yetakchi 10 ta davlatlaridan biri.
1. Birlashgan Qirollik siyosiy-hududiy tuzilishini tavsiflang. Nima uchun u 
qisman federativ hisoblanishi mumkin?
2. Buyuk Britaniya iqlimining muhim xususiyatlari va ularni keltirib chiqargan 
omillarni izohlang.
3. Birlashgan Qirollik aholisining joylashuviga qaysi tabiiy omil katta ta’sir 
ko‘rsatgan? Aholi zichligi eng yuqori darajada bo‘lgan hududlari qaysi?
4. Buyuk Britaniya zamonaviy sanoatining qaysi tarmoqlari yetakchi ahamiyatga 
ega? Mamlakat sanoatining tarmoqlar tarkibi qanday o‘zgargan?
28
-§. Fransiya Respublikasi
La-Mansh bo‘g‘izi, Atlantika okeani, Korsika oroli, dengizorti hududlar, 
Parij aglomeratsiyasi, tashqi migratsiya, mintaqaviy tillar, turizm.
Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri – 
Fransiya Respublikasi – qit’aning g‘arbida joy-
lashgan. Uning qirg‘oqlari g‘arb va shimoli-
g‘arbdan Atlantika okeani, janubi-sharqdan esa 
O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. Quruqlikda 
8 ta davlat bilan chegaradosh bo‘lib, eng uzun 
chegaralari Germaniya, Italiya, Ispaniya davlat-
lari bilan o‘tgan. Fransiyaga O‘rta dengizdagi 
Korsika oroli tegishli. Shuningdek, Fransiyaning 
10 tadan ziyod dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari ham mavjud. 
Ular, asosan, Tinch okean va Karib dengizida joylashgan. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling