P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
Aholisi. Eron aholi soni bo‘yicha dunyodagi yetakchi 20 ta davlat 
qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda tug‘ilishning pasayishi tufayli aholining 
tabiiy o‘sish sur’atlari sekinlashib bormoqda. Urbanizatsiya darajasi 70 % 
dan yuqori. Aholisi 9 million kishiga yaqin Tehrondan tashqari, Mashhad, 
Karaj, Isfaxon, Tabriz va boshqa «millioner» shaharlar mavjud. Aholi 
ancha notekis joylashgan bo‘lib, asosan, g‘arbiy qismida zich yashaydi, 
cho‘lli hududlarida esa doimiy aholi yo‘q.
Eron – ko‘pmillatli davlat. Aholining 60 % idan ko‘prog‘ini tashkil 
etadigan forslar bilan birgalikda ozarbayjonlar, kurdlar, arablar, turkman-
lar, armanlar va boshqa millatlar yashaydi. Aholining diniy tarkibida shia 
musulmonlari yetakchilik qiladi. 
Iqtisodiyoti. Eron Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari orasida o‘z iqtiso-
diy salohiyati bilan Turkiya va Saudiya Arabistoni singari alohida ajralib 
turadi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: neft va neftni qayta ishlash, gaz, 
metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik va oziq-ovqat.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, bog‘dorchilik, 
qo‘ychilik, echkichilik va qoramolchilik. Kaspiy dengizida baliqchilik 
51-rasm.
Tehron shahri.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


115
yaxshi rivojlangan. Baliqchilikning qimmatbaho mahsulotlaridan biri hi-
soblangan qora ikra eksporti boyicha Eron jahon bo‘yicha yetakchi o‘rinda 
turadi. Shuningdek, Eron gilam to‘qish bilan ham dunyoga mashhur.
AFG‘ONISTON
Afg‘oniston Islom Respublikasi Janubi-
g‘arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo tutashgan 
hududda joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish 
imkoniyati yo‘q. Iqtisodiy geografik o‘rni Osiyo 
qit’asining turli qismlarini bog‘lovchi transport 
magistrallari qurilsa, ancha yaxshilanadi.
Boshqaruv shakli prezidentlik respublikasi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling