P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-§. Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
41
-§. Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari
Teokratik davlat, siyosiy-geografik holat, hududiy tortishuv, murakkab 
relyef, seysmik faollik, ko‘pmillatli aholi, Kaspiy dengizi, Fors qo‘ltig‘i, 
Hind vodiysi.
ERON
Eron Islom Respublikasi Janubi-g‘arbiy 
Osiyoning hududi, aholisi va iqtisodiy salo-
hiyati jihatidan eng yirik davlatlaridan biri. 
Qirg‘oqlari janubda Arabiston dengizi va Fors 
qo‘ltig‘i, shimoli-g‘arbda Kaspiy dengizi suvlari 
bilan o‘ralgan. Iqtisodiy geografik o‘rni Janubi-
g‘arbiy, Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarini 
bog‘laydigan transport yo‘llari o‘tganligi hiso-
biga qulay.
Boshqaruv shakli teokratik (diniy) respublikadir. Davlat rahbari – 
Oliy rahbar, shia musulmonlarining oliy martabali ruhoniysi (Oyatullo). 
Maydoni – 1648 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 81,6 mln.
Poytaxti – Tehron.
8 –Geigrafiya, 9-sinf
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


114
Prezident esa Eronda davlatdagi ikkinchi 
shaxs hisoblanadi. Poytaxti – Tehron shah-
ri mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida, 
Elburs tog‘ tizmasining etagida joylashgan 
(51-rasm).
Tabiiy sharoiti va resurslari. Eron hu-
dudining relyefi bir nechta tog‘ tizmalari 
va ular orasidagi botiqlardan iborat. Iqlim 
shimoli-g‘arbiy hududlarida nam subtropik, 
markaziy va sharqiy hududlarda quruq subtropik, Fors qo‘ltig‘i bo‘yida 
esa issiq va quruq tropik tipiga mansub. Tog‘ oralig‘idagi botiqlarda iqlim 
keskin kontinental va o‘ta quruq bo‘lganligi tufayli o‘simlik va hayvonot 
olamiga juda kambag‘al bo‘lgan toshloq va sho‘rxok cho‘llar shakllangan. 
Kaspiy dengiziga yaqin hududlarida nam iqlim sharoiti tufayli o‘rmonlar 
keng tarqalgan. 
Eng katta iqtisodiy ahamiyatga ega mineral boyliklari yirik neft va 
gaz zaxiralaridir. Neft va gaz konlari, asosan, Fors qo‘ltig‘i va Kaspiy 
dengiziga yaqin hududlarda joylashgan. Eronda mis, temir, marganes, po-
limetall rudalari konlari ham mavjud.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling