P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Tabiiy sharoiti va resurslari
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyoti.
- Maydoni – 652,8 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 36,5 mln. Poytaxti – Kobul.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Afg‘oniston
hududining katta qismi, ayniqsa, markazi va sharqi baland tog‘lar bilan band, shimoliy va janubi-g‘arbiy hududlarini tog‘oldi tekisliklari egallaydi. Afg‘onistonda kuchli zilzilalar tez-tez ro‘y berib turadi. Afg‘oniston turli mineral re- surslarga (ko‘mir, neft, temir, mis, marganes va b.) boy, ammo ular juda kam qazib olinadi. Afg‘onistonga subtropik quruq kontinental iqlim xos. Baland tog‘lardagi muzliklardan ko‘plab daryolar boshlanib, ayrimlari to‘laligicha sug‘orishga sarflanadi. Aholisi. Afg‘oniston aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan dav- latlar toifasiga kiradi (yillik tabiiy ko‘payish darajasi 2,5 % dan yuqo- ri). Aholi, asosan, tog‘oldi tekisliklarida va tog‘ oralig‘idagi vodiylarda yashaydi. Shahar joylarida aholining 1/4 qismi yashaydi, xolos. Eng katta shahri – mamlakat poytaxti Kobulning aholisi 3 mln. atrofida. Hirot hamda Mozori-Sharif nisbatan yirik shaharlar hisoblanadi (52-rasm). Aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo‘lib, pushtunlar, tojiklar, o‘zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlardan iborat. O‘zbekistonga che- garadosh shimoliy hududlarida 2 mln. o‘zbeklar istiqomat qiladi. Iqtisodiyoti. Afg‘oniston iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan agrar dav- lat. Iqtisodiy rivojlanishida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomo- nidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordam katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etadi. Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar, paxta, meva va uzum Maydoni – 652,8 ming km 2 . Aholisi (2018-y.) – 36,5 mln. Poytaxti – Kobul. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 116 yetishtirish muhim rol o‘ynaydi. Chorva- chilik tarmoqlaridan qo‘ychilik (jumladan, qorako‘lchilik) va echkichilik yetakchi ahamiyatga ega. Qorako‘l teri tayyorlash- da Afg‘oniston jahon bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. Sanoat ishlab chiqarishi sust dara- jada rivojlangan. Sanoat korxonalari jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam asosida qurilmoqda. POKISTON Pokiston Islom Respublikasi Janubiy Osiyo- da joylashgan. Hududi janubda Arabiston den- gizi bilan yuviladi. Geografik o‘rnining ijobiy xususiyatlari – xalqaro ahamiyatga ega dengiz va quruqlik transport yo‘llari o‘tganligi, salbiy jihatlari – siyosiy vaziyati beqaror mintaqada joylashganligidan iborat. Siyosiy geografik hola- ti Hindiston bilan Kashmir borasidagi ko‘p yil- lik hududiy kelishmovchilik hamda Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarining qo‘shni dav- latdan o‘tgan «Tolibon» guruhlari nazorati ostida bo‘layotganligi bilan tavsiflanadi. Pokiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublika, ma’muriy- siyosiy tuzilishi nuqtayi nazaridan esa federativ davlatdir. Pokiston fede- ratsiyasi 4 ta provinsiya va 2 ta federal hududni o‘z ichiga oladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling