Page 58 umumiy o’rta ta’limda hikoya o’qitish metodikasi


Download 36.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.11.2023
Hajmi36.35 Kb.
#1768092
1   2   3   4
Bog'liq
umumiy-o-rta-ta-limda-hikoya-o-qitish-metodikasieffective-methods-of-story-teaching

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 59
kengayganligini, hikoya qahramonlarining xatti-harakati o’quvchiga qay darajada ta’sir 
etganligini bilib olish mumkin. Ushbu xulosalar olingach, o’qituvchi hikoyaning sujeti, 
voqeaning yo’nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga va asarning asosiy 
g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalanadi.
 
NATIJA VA MUHOKAMA 
Hikoyalar biror bir davr bilan bog’liq holda bo’ladi. O’quvchilar qahramonlarning 
ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning turli oq va qora tomonlari xususida 
muayyan tushunchalarga ega bo’ladi. Ularda yaxshilikka nisbatan muhabbat, 
yomonliklarga nisbatan nafrat tuyg’usi shakllanadi.
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib 
chiqib ish ko’rishni taqazo etadi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy 
xususiyatlarini o’rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy 
o’qish, muommoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo’lishi kerak. 
O’tkir Hoshimovning “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasi qahramonlarini
ularning xatti-harakatlarini o’rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi 
reja asosida amalga oshirish mumkin: 
1. Shoikromning ko’ngli g’ashligi va diqqinafasligini matndan topish. Uning 
o’quvchilarda qanday taassurot qoldirganini aniqlash. 
2. Urush odamlarning dunyoqarashlarini o’zgartib yuborgan tasvirlarni topib o’qish. 
3. Umri xolaning hikoyada berilgan tasvirlarini topib, nima uchun o’g’liga aytmay 
qulpunayzoridan qulpunay olayotganini aniqlash. 
4. Shoikromni qotillikka undagan tasvirlarni topish va sababini aniqlash. 
5. Hikoya nima uchun shunday nom bilan nomlanganligiga e’tibor berish va o’z 
fikrlarini bayon etish. 
Shundan so’ng o’quvchilar ushbu hikoya haqida, ularning qahramonlari taqdiri 
haqida ongli fikr yuritadilar. Shoikrom bilan Umri xolaning xatti-harakatlarini, urush 
davrlari bilan tinchlik hukm surayotgan davrni taqqoslaydilar va farqlaydilar.
Hikoyani o’qitishda asosan savollarni o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni
qahramonlarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda 
foydali bo’ladi. O’quvchilar asar mazmuni eslab qolishida, yaxshi tushunishida yordam 
beradi.
XULOSA 
Xulosa o’rnida hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagi 
ishlar amalga oshirish mumkinligini to’liq keltirib o’tsak bo’ladi: 
1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish. 
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi. 



Download 36.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling