Paleolit davri arxeologiyasi
Download 125.5 Kb.
|
Paleolit davri arxeologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand makoni.
- Takalisoy g’ori.
Ko’lbuloq makoni. 1, 2, 3 qatlamlari so’nggi paleolit davriga mansub bo’lib, bu qatlamlardan gulxan, ko’mir qoldiqlari, kul, tosh buyumlar – nukleuslar, tishli tosh qurollar, qirg’ichlar, tosh paykonlar, sixchalar, plastinkalar, tosh pichoqlar, shuning-dek, bug’u, yovvoyi ot, sirtlon, arxar kabi hayvonlarning suyaklari topilgan.
Samarqand makoni. Samarqand shahri markazida topilgan. Qazishma jarayonida 100 kv. m ga teng keladigan to’g’ri burchak shaklidagi chayla qoldig’i topilgan. Chayla soy bo’yiga joylashgan bo’lib, ibtidoiy odamlarning kundalik hayoti shu soy sohilida ovchilik bilan kechgan. Chayla o’rnida gulxan qoldig’i, tosh qurollar tayyorlaydigan maydonchalar, chayla ustunlarining qoldiqlari topilgan. So’nggi tosh asriga kelib, mustye davri neandertal odami o’rnini hozirgi qiyofadagi kromanon odami egallay boshlaydi. Samarqand makonidan ham kromanon odami suyagi qoldiqlari topilgan. Arxeologik qazuv ishlai jarayonida 3 m 20 sm chuqurlikda hozirgi qiyofadagi odamning pastki jag’ suyagi va 9 ta tishi, qo’l suyak-lari topilgan. Antropolog olim T.Xodjayovning tadqiqoti natijasida topilgan suyaklar 25 yoshlar atrofidagi ayolga mansub ekanligi aniqlandi. Keyingi qatlamda olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida 2 m 80 sm chuqur-likdan odamning 10 ta tishi va pastki jag’ suyagi topildi. Olib borilgan antropologik tadqiqotlar ularni 35 yoshli ayolga tegishli ekanligi aniqlangan. Shuningdek, yosh bolaga tegishli oziq tishi va pastki jag’i topilgan. Tosh qurollari bilan birga dengiz chig’anog’i, oq qayroq tosh topilgan. Ular ayollar uchun taqinchoq yoki tumor vazifasini bajargan. Takalisoy g’ori. Samarqanddan 50 km janubi-sharqda bo’lib, Taxtaqoracha dovoni rayonida dengiz sathidan 2000 m balandlikda joylashgan. G’ordan nukleuslar, parrakchalar, uchrindilar, tosh pichoq, qirg’ich va boshqa tosh qurollari, kul qoldiq-lari, turli hayvonlarga taalluqli suyaklar topilgan. Olimlarning fikricha, Takalisoy g’orida yashagan ibtidoiy kishilar omonqo’ton-liklardan ancha keyin, so’nggi paleolit davrida – urug’chilik tuzumiga o’tish davrida yashagan bo’lishlari mumkin. Yuqori poleolit davrining yana bir klassik yodgorligi 1939 yilda geolog Xarla-mov tomonidan Samarqand shahridan o’tgan qadimgi Siyobcha soyi yoqasidan topildi. Bu makonda uzoq yillar SamDU olimlari ish olib boradilar. Natijada, makondan hayvon suyagi qoldiqlari, odam skeletiga doir materiallar topiladi. Arxeologlar D.Lev va M.Jo’raqulovlar makonni qazish vaqtida undan chaylasimon kulbaning izlari va uning markazidan kul qatlami bilan o’choq qoldig’iga duch keladi. Keyinchalik arxeologlar Siyobcha soyining boshqa nuqtalaridan shu davrga mansub yana bir necha makonlarni aniqlaydilar. Ammo ularda inson faoliyati izlarini ko’rsatuvchi madaniy qatlamlar yaxshi saqlanmagan edi. Shunday bo’lsada, bu yerdagi kramon’on odami va hayvon suyaklari bilan bir qatorda ayollarning taqinchoqlari qoldiqlari bo’lgan-teshilgan danaklar topilgan. Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling