Палеолит даври
Ustrushonaning ilk o‘rta asrlar davri arxeologiyasi
Download 496.99 Kb.
|
Arxeologiya asoslari lotincha (1)
Ustrushonaning ilk o‘rta asrlar davri arxeologiyasi. Ustushona nomi bilan o‘rta asrlar davri manbalarida keltirilgan tarixiy madaniy vilotning qadimgi tarixi So‘g‘d bilan bog‘liq holda kechgan. Bu tarixiy o‘lka to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Uning hududi Turkiston tog‘ tizmalaridan Nurota tog‘lariga qadar bo‘lgan hududlarni tashkil etgan. Mazkur o‘lkada qadimgi davrlarda kishilar o‘troqlashib, ilk O‘rta asrlar davrida alohida mulklikni tashkil etgan. YOzma manbalarda o‘lkadagi o‘ndan ortiq kata kichik shaharlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
O‘lkaning markaziy shahri Bunjikat Tojikiston Respublikasi So‘x tumanida joylashgan Qal’aikaxkaxa yodgorligiga qiyoslangan. Bu yodgorlik SHahristonsoyning ikala sohilida joylashgan uchta tepalikdan (Qal’aikaxkaxa I, II, III) iborat. Bu yodgorlikning shahar sifatida shakllanishi VII VIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Ularning har biri alohida muhofaza qilingan devorlarga ega. Arxeologik tadqiqot ishlarining natijalariga ko‘ra Qal’aikaxkaxa I Bunjikat shahrining arki vazifasini bajarib, bir qator ayrim joylarda esa ikki qator mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan. So‘nggi davr arab manbalarida shaharning bu qismi ichki madina sifatida keltirilib, tashqi madina bilan alohidam uhofazaa devrlari biln ajralib turganligi qayd etiladi. Arxeologik jihatdan shaharning sharqiy tomonidan maxsus tagkursi ustida bino qilingan hukmdorlar saroyining o‘rni ochib o‘rganilgan. SHaharning shimoliy devori va burjlari bo‘ylab joylashgan ko‘cha atrofida asosiy ibodatxona, ma’muriy jamoatchilik, savdo-hunarmandchilik va uy-joy imoratlari joylashgan bo‘lib ular shaharning tarkibiy qismini tashkil etgan. SHaharning ikkinchi darvozasi o‘rin olgan g‘arbiy tomonida harbiy mudofaa majmualari joylashgan bo‘lib, harbiy ahamiyatini hisobga olib bu qismi qo‘shimcha mudofaa devori bilan kuchaytirilgan. YOdgorlikning janubiy-sharqida qoravul qo‘riqchi nazorat posti o‘rin olgan. Bu erda qurilish imoratlari uchramaydi. Ko‘rinishdan harbiy yig‘inlar va amaliy mashg‘ulotlar olib borilgan maydoncha vazifasini o‘tagan bo‘lishi mumkin. yodgorlikning topografik holati arab mualliflari tomonidan shaharning X XI asrlar davri tuzilishini ta’riflagan ma’lumotlariga mos keladi. Demak, shaharning mazkur qismi ilk O‘rta asrlar davrida shakllanib, imoratlar muntazam ta’mirlanishi, va qayta qurilishlar natijasida keyingi davrgacha saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Birinchi yodgorlikdan janub tamonda joylashgan Qal’aikaxkaxa II hozirgi paytda to‘g‘rito‘rtburchak shaklidagi tepalik 5 ga. maydonda saqlanib, alohida mudofaza devori va burjlariga ega bo‘lib tashqi madinani tashkil etgan. Daryoning o‘ng tomonida dastlabki ikki yodgorlik qarshisida alohida mudofaa tizimiga ega bo‘lgan uchinchi tepalik o‘rin olgan. Arxeologik jahatdan bu tepalik mudofaa devorining uchta qurilish bosqichi aniqlanib, mazkur qismi ham ko‘rinishdan shahar taaqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab shakllana boshlagan bo‘lishi kerak. Bu erda aholi uy-joylari, bog‘-rog‘lar bo‘lgan. Keltirib o‘tilgan yodgorliklar O‘rta asrlar davri Bunjikat shahrining ark, shahriston va rabot qismlarini tashkil etgan bo‘lib, o‘lkaning asosiy markaziy markazi vazifasini o‘tagan. O‘lkadagi boshqa bir shaharlar sirasiga O‘ratepadan g‘arbda joylashgan Vagkata shahri va Mugtepa yodgorliklarini kiritish mumkin. Ko‘rinishdan hozirgi Jizzax shahrining qadimgi o‘rni ham ilk O‘rta asrlar davridan boshlab shakllangan. So‘g‘dning markazi Samarqandning ilk asrlar davri harobalari Afrosiyob o‘rnida antik davri shahri davomi sifatida o‘z aksini topgan. SHaharning umumiy maydoni 219 ga, shahar IV-V asrlarda ikki qator qudratli mudofaa devorlariga ega bo‘lgan. Mudofaa burjlari shaxmat kataklari shaklida joylashgan. VI-VII asrlarga kelib, shahar ikki qatordan iborat yangi mudofaa devorlari bilan o‘ralib, shahar maydoni kengaytiriladi. SHaharda bir necha darvoza bo‘lgan. Ularning ba’zilarida mudofaa burjlari aniqlangan. So‘g‘diyonaning yirik markazlaridan biri-Varaxshadir. Varaxsha uch burchak shaklida, umumiy maydoni 6,5 ga dan iborat. Manzilgoh shahar sifatida V-X asrlar davomida mavjud bo‘lgan. Manzilgohning arkida buxor-xudatlarning yirik saroyi aniqlangan. Saroy bir-necha katta kichik xonalardan iborat bo‘lib, ular mazmunan boy devoriy suratlar bilan bezatilgan. Panjikent hozirgi Samarqand shahridan 60 km. sharqda Panjikent shahri yaqinida joylashgan. Manzilgox ark, shahriston qurilish imoratlaridan tashkil topgan shahar atrofi, Nikropollardan iborat. SHahar arki shahristondan soy bilan ajralib, baland sahni ustiga qurilgan. U erda mahalliy hukmdorlarning saroyi ochilgan. SHahriston parallel bo‘lgan bir necha ko‘chalar bilan bir necha mahallalarga ajralib, ko‘cha bo‘ylab uy-joy, xo‘jalik va savdo-hunarmandchilik imoratlari joylashgan. Aholi yashaydigan mahallalarda bir necha o‘nlab uy-joylar imoratlari mavjud bo‘lgan. SHuningdek So‘g‘dda Kofirqal’a, Varaxsha, Poykent va boshqa shahar tipidagi manzilgohlarda ham tadqiqot ishlari olib borilgan. Kofirqal’a (may. 16 ga) baland sahni ustiga qurilgan ark tuproq devor bilan muhofazalangan. Devor tashqarisida Nauslardan tashkil topgan. Boy zodagonlar qabri va kulolchilik ustaxonalari joylashgan. Manzilgoh materiallari VI-VIII asrlarga oid. Varaxsha (may. 6,5 ga) Buxorodan 30 km shimoliy-g‘arbda joylashgan, So‘g‘dning yirik markazlaridan biri. Manzilgoh arkida buxorxudatlarning ikkita yirik saroy majmuasi, ibodatxona binosi va xo‘jalik imoratlari aniqlangan. Katta-kichik xonalardan tashkil topgan saroy majmuasi kishi diqqatini o‘ziga jalb qiladi. uning ba’zi bir hashamatli xonalari devoriy suratlar bilan bezatilgan. Poykent Buxorodagi o‘ziga xos shaharlardan biri bo‘lib. Mudofaa devori bilan o‘ralgan ark va shahristonlardan iborat. Bu erda ham devor tashqarisida zardushtiylarning qabristoni joylashagan. SHimoliy Toxariston hududida shahar shakliga ega bo‘lgan manzilgohlardan Vaxsh vohasida Kofirqal’a (may. 12 ga) o‘rganilgan. SHahar arki mustahkam mudofaa tizimi (devor, burj va shinaklar) ga ega. Ark imoratlarining devorlarga naqshlar bilan bezatilgan. Download 496.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling