Палеолит даври


Download 496.99 Kb.
bet36/39
Sana19.06.2023
Hajmi496.99 Kb.
#1612881
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Arxeologiya asoslari lotincha (1)

Marv shahri
Marv shahri hozirgi Erkqal’a va Gyaurqal’alar o‘rnida bo‘lib, antik davri shahrining davomi sifatida rivojlanadi. Bu davrga oid maydoni 30 ga dan iborat. Marv shahrining O‘rta asrlar davri o‘rni antik davrga oid Erkqal’a va Gyaurqal’a manzilgohlari o‘rnida rivojlanadi. Erkqal’a shahar arki Gyaurqal’a esa shahriston qismlarini tashkil qiladi. Sosoniylar davrida Parfiya davri mudofaa devorlari o‘rnida qayta quriladi va kuchaytiriladi. Bu davrda shahar xiyla rivojlanib ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo va diniy markazga aylanadi. Manzilgohdan aholi uy-joylaridan tashqari madaniy qatlamlarida hunarmandchilik ustaxonalari, budda ibodatxonasi va uning ichkarisida stupa o‘rni saqlanib qolgan. Arablargacha shahar Gyaurqal’adan tashqarida rivojlanib maydoni kengayadi. 7 asrning O‘rtalarida Abu Muslim davrida shahar yanada taraqqiy etadi. Abu Muslim shahar ma’muriy markazini shahar tashqarisiga ko‘chirib u erda masjid, davlat qarorgohi va bozor barpo etganligi manbalarda keltirib o‘tilgan. 9 asrning boshida xalifalikning ikkinchi shahri Ma’mun qarorgohiga aylangan paytida shahar xiyla o‘sadi. SHaharning yuqori darajada rivojlanishi Saljuqiy Sanjar davrida bo‘lgan. Malikshoh davrida shahar rabotining devorlari qayta tiklanadi. Umuman shahar 11-12 asrlarda umumiy maydoni 1500-1800 gektardan iborat bo‘lib, nafaqat O‘rta Osiyo balki, SHarqning yirik markazaridan biriga aylangan. 1153 yilda shahar guzlar tomonidan egallanib vayron etiladi. U butunlay mo‘g‘illar bosqini davrida vayron qilinib, qayta tiklanmaydi.
Axsikent
Farg‘ona vodiysining ilk O‘rta asrlar davri yirik shahar markazlaridan biri. U vodiyning shimoliy qismida, Sirdaryoning o‘ng sohilida SHarqiy Turkiston va So‘g‘d karvon yo‘li bo‘yida joylashgan. bo‘lib, u antik davridan boshlab shakllangan. Ilk O‘rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar markazi hisoblangan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Manzilgoh shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat. SHaharning har ikkala qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan va ularga tutashtirib qurilgan mudofaa burjlari bilan kuchaytirilgan. Bu shahar rivojlangan O‘rta asrlar davri arab va fors mualliflari keltirgan manbalarda ark, madina va rabod qismlaridan iborat bo‘lgan, deb keltiriladi. Hozirgi paytda umumiy maydoni 27 gektardan iborat maydonni egallagan trapetsiya shaklidagi shahriston va uning shimoliy-g‘arbida joylashgan ark qismlarining o‘rni saqlanib qolgan. Keyingi yillarda bu erda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan arxeolog olim A. Anarboevning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra shahar rivojlangan O‘rta asrlar davriga kelib xiyla rivojlangan va uning maydoni bir necha barobarga kengaygan.
Termiz qadimdan turli yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat,Tirmiz nomlari bilan tilga olingan shaharning O‘rta asrlar davri o‘rni hozirgi shaharning g‘arbiy qismida maydoni 10 gektardan iborat tepalikda saqlangan. Ilk O‘rta asrlar davri xitoy manbalarida keltirilishicha shaharning mudofaa devorlarining uzunligi 10 km.ni tashkil etib, unda 10 ta buddaviylik ibodatxonasi to‘g‘risida ma’lumotni keltiradi. SHahar topogarafiyasi to‘g‘risida Istaxriy, Muqaddasiy va boshqalar tomonidan umumiy ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Ularning ma’lumotlarida ko‘xandiz, madina va rabod qismlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tiladi. Tadqiqot ishlari natijasida belgilangan maydoni 35 gektardan iborat birinchi uchastka madinaga aylantiriladi, rabod qismi maydoni 175-180 gektardan iborat ikkinchi uchastkada rivojlanadi. Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra buerda bozor va turli hunarmandchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik jihatdan mazkur uchastkada kulollar, shishasozlar va metallurglar ustaxonalarining o‘rni o‘rganilgan. Muqaddasiyning ma’lumotlariga ko‘ra shahar masjidi shahristonda joylashgan. 11 asrlarda shaharning g‘arbiy qismida atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan 190 gektar maydondagi boshqa bir rabod barpo qilinadi. Bu turdagi rabod qismida bog‘-rog‘, amaldorlar saroylari, hukmdorlar qasri joylashgan. U manbalarda keltirib o‘tilgan Surudikat qismi hisoblangan. Undan keyin shaharning umumiy maydoni 400-410 gektarni tashkil etiladi. SHahar mo‘g‘illargacha xiyla rivojlanadi. 1220 yili shahar mo‘g‘illar tomonidan vayron etilib, Amir Temur va Temuriylar davrida qal’a va savdo markazi sifatida rivojlanadi. Bu davrdagi shahar o‘rni Surxondaryoning quyi qismida rivojlanadi.

Download 496.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling