Палеолит даври


Neolit davri arxeologiyasi


Download 0.96 Mb.
bet8/39
Sana21.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1792872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
Ïàëåîëèò äàâðè

Neolit davri arxeologiyasi

  1. Neolit davri umumiy xususiyati

  2. Old Osiyo va Misrning neolit davri ilk madaniyatlari

  3. O‘rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari xususiyatlar (Joytun, Kaltaminor madaniyati birligi, Hisor madaniyati)

  4. Hindiston va Xitoy hududlarining neolit davri madaniyatlari

  5. Evrosiyoning shimoliy hududlarining neolit davri davri xususiyatlari.

Neolit - (yunoncha neos, litos-tosh) o‘zoq davom tosh asrining so‘nggi bosqichi. Neolit atamasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok taklifi bilan kiritilgan. Neolit boshlanishining asosiy alomatlaridan biri odamzod hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish va o‘simliklarni madaniylashtirishga o‘tishning boshlanishi. Bu jarayon YAqin SHarq hududida mil. av. VIII-VII ming yilliklarda (hatto Janubi-g‘arbiy Osiyoda ayrim olimlarning fikriga ko‘ra bundan ham ilgariroq) boshlanib, neolitning keyingi bosqichlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik – dehqonchilik va chorvachilik shakllarining to‘liq qaror topishi bilan yakunlanadi. SHimoliy mintaqalar hududlarida esa iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, xo‘jalikning o‘zlashtiruvchi shakli uzoq davr mobaynida saqlanib qoladi. SHu nuqtai nazardan neolit er yuzining turli joylarida tuli davrlarda kechganligi kuzatiladi. Tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan o‘lkalarning neolit davri xususiyatlari mil. av.VIII-VII ming yilliklarda namoyon bo‘lsa, boshqa hududlarda bu jarayon mil.av. III/II ming yilliklarda ham davom etadi.
Neolit davri er yuzining barcha hududlarida ma’lum bir davrda kechmamagan. Osiyoning issiq iqlimga ega bo‘lgan o‘lkalarida Neolit davrida iqlim sharoitihozirgiga nisbatan ancha yaqin bo‘lib, kishilar er yuzi bo‘ylab keng tarqala boshlagan. Tabiiy geografik jihatdan qulay va issiq iqlimli o‘lkalarda kishilar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakliga o‘tib o‘troqlasha boshlagan bo‘lsalar, shimol aholisi esa tabiiy sharoitning noqulayligi tufayli orqada qolib ketgan.
Xo‘jalikning dehqonchilik shakliga o‘tish mil.av. VIII ming yillikning boshlarida YAqin SHarq hududida sodir bo‘ladi. Bu erdagi ilk dehqonchilik mezolit davri Natufiy madaniyati asosida shakllangan Qadimgi ilk dehqon jamoasiga tegishli qishloqning o‘rni Suriya-Falastin hududida O‘lik dengizdan SHimolda Iordan daryosi vodiysida joylashgan Tellassulton yodgorligida o‘rganilgan. Bu yodgorlik Bibliyada keltirib o‘tilgan qadimgi Ierixon shahrining o‘rni hisoblanadi. Arxeologik jihatdan mil. VIII-VII ming yilliklarga oid ilk dehqonchilik madaniyati Ierixon A, B komplekslarni tashkil etadi. Ilk bosqichida (Ierixon A- mil.av. VIII ming yillik) tosh devor bilan o‘rab olingan qishloq aholisining oval shaklidagi g‘ishtlardan barpo qilingan aylana yoki oval shaklidagi uylari joylashgan. Manzilgohda yarim erto‘la uylar ham mavjud.
Mikrolitlardan iborat kamon o‘qlari tosh qurollarining asosini tashkil etadi. Boshqa bir qurollaridan o‘roq dastalari saqlangan. Uy devorlarida bir qatordan iborat arpa va bug‘doylarning izlari aniqlangan.
Qurol motiga va o‘roqlarning dastalari dexqonchilikning paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. SHuningdek Ierixon A dan bir qatorli arpa va bug‘doylarning izlari qurilish materiallarida saqlangan.
Keyingi bosqichida (Ierixon B-mil. av. VII ming yillik) Ierixonliklarning ijtimoiy hayotida ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uylari rejalashtirish asosidagi ma’lum o‘lchamda quriladi. Toshdan yasalgan kamon o‘qlari, o‘roq qadamalari, parmalovchi qurollar, keli, don yanchgich, turli ro‘zg‘or idishlari va silliqlangan tosh boltachalari aniqlangan. Suyaklardan kesuvchi qurol sifatida foydalanilgan. Loydan faqat odamlar va hayvolar shakllaridan iborat haykalchalar yasalgan. Loydan yasalgan sapol idishlari har ikki kompleks madaniy qatlamlarida uchramaydi. Kulolchilik buyumlari namunalari Ierixondan uzoq janubda joylashgan YAqin SHarqning boshqa bir neolit davri Beyda yodgorligida aniqlangan. Sapol idish pishirilmagan. Bu yodgorlik neolit davri Ierixon madaniyatining so‘nggi bosqichida rivojlangan bo‘lishi mumkin.
Topib o‘rganilgan hayvon suyaklaridan jayronga tegishlilari ko‘pchilikni tashkil etadi. SHuningdek qo‘y, echki, cho‘chqa va eshak, it va mushuk suyaklari ham mavjud. Ulardan faqat echki xonakilashtirilgan. It esa mezolit davridayoq qadimgi ovchilarning ovdagi yordamchisi bo‘lgan. Mushuk don mahsulotlari zahirasining to‘planishi bilan xonakilashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Har ikkala bosqichda murdalar uylarning ichida jinsiga ko‘ra ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘milgan.
Moddiy topilmalarning guvohlik berishicha ilk bosqich o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish davri hisoblanib, o‘zlashtiruvchi xo‘jalik ahamiyati yuqori bo‘lgan. Keyingi bosqichda esa ishlab chiqarishga asoslangan dehqonchilik va chorvachilik shakli iqtisodning asosini tashkil etadi. Ovchilik esa yordamchi xo‘jalik turi sifatida saqlanib qoladi.
Ilk dehqonchilikning boshqa bir markazi Kichik Osiyo hududi hisoblanadi. (mil av. VIII ming yil oxiri -VI ming yilning birinchi yarmi). Bu hududda bosqichma-bosqich rivojlangan ilk dehqon jamoalariga tegishli manzilgohlar o‘rganilgan.
Janubiy-g‘arbiy Turkiyadagi Xojilar yodgorligining neolit davriga oid madaniy qatlamlari (mil. av.VIII ming yillik oxiri-VII ming yillik boshlari) ilk dehqonchilik madaniyati o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. YOdgorlikning dastlabki bosqichida kishilar tosh tag devor ustida xom g‘ishtdan barpo qilinib, ichki tomondan loysuvoq va ayrim hollarda rang-tasvir tushirilgan devorlardan iborat uylarda istiqomat qilishgan. Mayitlar uylarning ichida ko‘milgan.
Dehqonchilikda arpa, emmer (bug‘doy turi) va chechevitsa ekishgan. Topilgan qo‘y va qora mol suyaklarining xonakilashtirilganligi tasdiqlanmagan. Keyingi bosqichda uy-joy imoratlari salobatli ko‘rinish ola boshlaydi. Idishlar toshdan yasalgan. Suyakdan bigiz, kremen va obsidiandan o‘roqning qadama tig‘lari, silliqlangan tosh boltalar yasalgan. Neolit davrinig oxirlarida sirtiga qizil va jigar rangdagi bo‘yoqlarda chizilgan sapollar paydo bo‘ladi. Misga ishlov berish paydo bo‘la boshlaydi.
Kichik Osiyoda neolit davri ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari CHeyyunyudepe yodgorligi (mil av. 7250-6750 yillar) topilmalari orqali to‘liq nomoyon bo‘lishini kuzatish mumkin. Aholi sun’iy qurilgan uylarda yashagan Sopol idishlar uchramasada, loydan yasalgan hayvon xaykalchalari mavjud. Kremendan yasalgan mikrolitsimon tosh qurollar ustunlik qiladi. Kam sonli bolg‘alash usulida ishlangan mis buyumlari uchraydi. YOdgorlikning dastlabki ikki bosqichida xo‘jalikning ovchilik-dexqonchilik shakli ustunlik qilgan. Uchinchi bosqichga kelib chorvachilik ovchilikni siqib chiqaradi. Qo‘y, echki asosiy chorva hisoblangan. Dexqonchilikda bir va ikki qatorli bug‘doy ekilgan.
Kichik Osiyodagi ilk dehqonchilik madaniyatining taraqqiy etgan shakli Markaziy Turkiyaning janubidagi Konya vodiysidagi CHatalxyuyuk yodgorligida (mil. av. VII ming yillik ikkinchi yarmi- VI ming yillik birinchi yarmi) aksini topgan. Bu erda mazkur davrda 20 dan ortiq ilk dehqon jamoalarining kichik qishloqlari mavjud bo‘lib, ulardan yirigi CHatal Xyuyukning maydoni 13 ga ni tashkil etgan. YOdgorlikda aniqlangan uylar yirik o‘lchamdagi xom g‘ishtlardan barpo qilingan. Ularning ayrimlari devorlari sirtiga mazmunli rang-tasvirlar va bo‘rtma naqshlar, xususan, buqa yoki qo‘y boshi tasviri solingan. Bunday uylar dehqon jamoasi sig‘inish odatlari uchun xizmat ibtidoiy ibodatxona bo‘lganligi shubhasiz. Murdalar uylarning ichida kuzatuv buyumlari bilan birga qo‘shib ko‘milgan.
Asosiy mehnat qurollarini tosh va suyaklardan yasalgan buyumlar tashkil etadi. Obsidian tosh qurollarini yasashda asosiy xom ashyo hisoblangan. Mis buyumlar bolg‘alash usulida ishlangan. YOdgorlikning yuqori madaniy qatlamlaridan sirtiga qizil rangdagi chiziqlar bilan bezatilgan sapol buyumlari uchraydi.
Xo‘jaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etadi. Bu erda 14 xildagi o‘simliklar madaniylashtirilib, bir va ikki qator bug‘doy va arpa etishtirilgan. Mayda va qoramol uy chorvachiligini tashkil etgan. SHuningdek, ovchilik yordamchi xo‘jalik an’anasi sifatida saqlanib qoladi.
CHatal Xyuyukliklarning boy madaniyati va g‘oyaviy qarashlari ibodatxonada aniqlangan qo‘y, buqalar boshining bo‘rtma tasviri, ayol ma’buda, qisman erkak haykalchalari yoki devorida chizilgan ov manzaralarida o‘z aksini topgan.
CHatalxyuyuk ayrim tadqiqotchi olimlar ilk shahar, degan fikrni ilgari surishadi. Lekin, bu manzilgoh shahar talablariga javob beruvchi alomatlardan ancha yiroq bo‘lib, dehqonchilik vohasining markazi vazifasini o‘taganligi, tabiiy.
Old Osiyodagi ilk dehqonchilikning uchinchi bir markazi SHimoliy Mesopotamiya va unga tutash bo‘lgan SHimoliy Eronning tog‘li xudlari hisoblanadi. Bu erda neolit davrida Jarmo madaniyati (VII-VI ming yilliklar) yoki ayrim tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra zagros madaniy birligi turidagi madaniyati rivojlangan. Jarmo madaniyatiga tegishli Jarmo yodgorligidan tashqari Zagros tog‘larining Iroq qismida Telshimshara, uning Eron qasmida esa Tepaisarob va Tepaiguranlar mavjud.
Jarmo yodgorligi eman o‘rmonlar tarqalgan hududda joylashgan bo‘lib, madaniy qatlamlarining qalinligi 7 metrni tashkil etadi. Bu manzilgohda aniqlangan uylar loydan qurilgan, ayrim hollarda ularning tag devorlari toshdan terilgan.
Jarmo madaniyati uchun plastinkasimon kremendan geometrik shaklidagi tosh qurollarini yasash xos belgilaridan biri sanaladi. Jarmoliklar dastlab sapol yasashni bilishmagan, keyinchalik sapol buyumlari paydo bo‘lib, ularning sirtiga naqshlar berilgan. Loydan turli o‘yinchoqlar, hayvon va ayol haykalchalarini yasashgan. Topilmalar orasida toshdan yasalgan o‘roq, bolta, motiga, keli va qo‘l tegirmoni va suyaklarda yasalgan buyumlar xo‘jalik xususiyatlarini tiklashda muhim ahamiyatga ega.
Jarmo aholisi xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shallari bilan shug‘ullanganliklari shubhasiz. Dukkakli o‘simliklardan kuyib ketgan bug‘doyning asosiy ikki turi va bir turdagi arpa, no‘xat va tariq donlari aniqlangan. Ulardan bug‘doy va arpa shubhasiz madaniylashtirilgan. Hayvonlardan dastlab echki xonakilashtirilgan. CHo‘chqaning ham xonakilashtilgani ehtimoldan holi emas. Go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning bir qismi yovvoyi hayvonlar hisobidan qondirilib, xo‘jalikning ovchilik shakli ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
Mil.av.VII ming yilliklarda Zagrosning dehqon –chorvador qabilalari yangi ekin maydonlari va chorva yaylovlarini izlab yangi hududlarni ishg‘ol qila boshladi. Bu birinchi navbatda Mesopotamiya pasttekisliklari bo‘lib, ilk qishloqlari paydo bo‘la boshladi. Qadimgi dehqonlarning ilk qishloqlaridan biri Aliqush yodgorligi hisoblanib, u Mesopotamiya pasttekisligining sharqida hozirgi Eron hududida joylashgan. YOdgorlik madaniy qatlami 7,5 metrni tashkil etib tadqiqotchi olimlar tomonidan ikki bosqichi: Bas Mordex (mil. av. 7500-6750 yillar) va Aliqo‘sh. Ilk bosqichidagi uy-joylar qo‘pol xom g‘ishtlardan barpo qilingan. Ularda xo‘jalikning asosini chorvachilik shakli tashkil etgan. Asosan echki va qisman qo‘y boqishgan. Ovchilik ahamiyatini yo‘qotmagan. SHuningdek, termachilik ham asosiy oziq-ovqat etkazib beruvchi tarmoq sifatida saqlanib qolgan.Aholi dehqonchilikka o‘ta boshlaganligini topib o‘rganilgan boshoqli o‘simliklar bir qatorli arpa va bug‘doylarning atigi uydan bir qismini tashkil etganligidan ko‘rish mumkin.Tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko‘ra mazkur bosqichga oid manzilgohlar Zagrosdan qish mavsumida yashagan chorvador-ovchi qabilalarga tegishli bo‘lib, ular dehqonchilik bilan tanish bo‘lishgan. Aynan magiya gid qabilalarning vohaga siljishi o‘troq dehqonchilik madaniyatining qaror topishiga sabab bo‘lgan.
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllangan boshqa bir hudud shubhasiz O‘rta Osiyo hisoblanadi. Janubiy Turkmaniston hududida mil. av.VI ming yillikning ikkinchi yarmida, ehtimol undan ilgariroq mahalliy SHarqiy Kaspiybo‘yi mezolit davri madaniyati asosida Janubiy Turkmaniston hududida ishlab chiqaruvchi xo‘jaligi paydo bo‘ladi. Bu erda chorvachilikga asoslangan Jebel, dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyatlari shakllanadi. Bir tomondan Turkmanistonning qilk dehqonchilik markazlariga yaqinligi sababli ularning ma’lum ta’siri, ikkinchi tomondan esa, issiq haroratli tabiiy-geogarafik sharoitning mavjudligi mezolit davri mahalliy aholisining ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tishlari uchun asos bo‘lgan. Joytun madaniyatiga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topilgan tosh qurollari ishlanish usuli mezolit davri SHarqiy Kaspiybo‘yi yodgorliklarining yuqori qatlamlaridan topilgan qurollar bilan aynan bir xil. Demak, SHarqiy Kaspiy bo‘yining mezolit davri ovchiligi negizida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati va termachiligi asosida esa dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanadi.
Joytun madaniyati daslabki o‘rganilgan yodgorlik nomi bilan yuritilib, mil. av. VI ming yillikning ikkinchi yarmida (radiokarbon 5300±70) Turkmanistonning janubida Kopetdog‘ tizmalari yonbag‘rida shakllangan. Bu madaniyat shuningdek Eronning shimoliy hududlariga ham tarqalgan. Joytun madaniyati taraqqiyoti ilk, rivojlangan va so‘nggi bosqichlardan iborat.
Joytunning ilk bosqichida shu nomdagi yodgorlik yaxshi o‘rganilgan. U VI-V ming yilliklarga manzilgohda betartib qurilgan 30 ta uyning o‘rni ochib o‘rganilgan. Uylar yassi-qavariq shaklidagi yirik g‘ishtlardan ilgaridan rejalashtirib qurilgan bir xonali uylardan iborat. yagona rejaga asoslangan O‘rtada o‘choq o‘rin olgan kichkina xonadan va uning atrofida xo‘jalik xonalaridan tashkil topgan kichkina hovlidan iborat. Uylar hajmi 60-70 sm. hajmdagi g‘ishtlar va paxsadan barpo qilingan. Xom g‘isht va paxsaga samon qo‘shilgan. Paxsa va g‘ishtlarga somon qo‘shilgan. Uylarning sathi va devorlari loysuvoq qilingan va oxra bilan bo‘yalgan. Arxeolog olim V.M.Massoning xulosalariga ko‘ra ularning har birida 5-6 nafar a’zolardan tashkil topgan oila istiqomat qilgan. Hovlida joylashgan o‘ralarda g‘alla saqlangan.
Joytun madaniyatining rivojlangan bosqichiga oid Qadimtepa (mil. av. V ming yillik) paxsadan qurilgan to‘g‘ri to‘rtburchak uylar va xo‘jalik xonalari ochib o‘rganilgan. Uylarning har birida o‘choq bo‘lgan.Uylarning sathi ganch suvoq qilinib, ohaklangan va qizil oxra izlari hamuchraydi. Mehnat qurollari geometrik shakldagi kremendan yasalgan o‘roq qadamalari, kamon o‘qi uchlari, boltalar suyakdan ishlangan igna, pardozlagichlardan iborat.
Sopol buyumlari qo‘lda (lentasimon shaklda) dag‘al, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning yuqori qismi obdon pardozlangan (ba’zilari silliqlanmagan). Ular naqshli va naqshsiz guruhlarga bo‘linadi. Naqshlari jigar va kashtan rangli bo‘yoqlarda chizilgan va pishirish jarayonida turli bilan bo‘yalgan bo‘lib pishirish jarayonida dog‘lar hosil qilgan.
Zeb-ziynat buyumlari munchoqlar va turli taqinchoqlardan iborat. Ular tosh va suyaklardan yasalgan ayrim hollarda chig‘anoqlardan ham munchoq sifatida foydalanishgan. Toshdan yasalgan munchoqlar odam, hayvon va to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega. Bular tumor sifatida taqilgan bo‘lishi mumkin.
Joytunning so‘nggi bosqichiga oid CHagil tepa manzilgohi mil. av. V ming yillikka oid. Bu erdan 12 ta uyning o‘rni ochib o‘rganilgan. Qurilish usullari rivojlangan bosqichini takrorlaydi. Manzilgohning markaziy qismida nisbatan kattaroq bo‘lgan uy joylashgan bo‘lib, u umumjamoa uchun xizmat imoratbo‘lishi mumkin. Murdalar uylarning ichida dafn qilingan.
Bu bosqichda kremenning inqirozi ko‘zga tashlanadi.Toshdan yasalgan qurollar pichoq, o‘roq, randa va yorg‘uchoqlardan iborat. Naqshli sapol buyumlar an’anaviy bezaklar svqlanishi bilan birgalikda ular mazmunan boyiydi. Ular turli chiziqlar, daraxt va o‘simlik tasvirlaridan iborat.
Paloxmonda otish uchun loydan yasalgan yadrolar dehqonchilikning yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
Joytun madaniyatiga oid boshqa bir yodgorlik Pessedjiktepa manzilgohida ochilgan uyning maydoni ancha katta. Uy qurilishi xiyla murakkab. Uy ichida joylashgan o‘choq qarshisidagi devorda oqsuvoq ustiga qora va qizil bo‘yoqlarda geometrik bezaklar, qoplon va boshqa bir o‘tlovchi hayvon va darax tasvirlari chizilgan. Unda uy-ro‘zg‘or buyumlari uchramaydi, aksincha, ko‘plab loydan yasalgan antropomorf va zoomorf haykalchalari, kam sonli ayol haykalchalari topilgan. Tadqiqotchi olimlarning hisobariga ko‘ra imorat manzilgohda yashagan barcha a’zolarni sig‘dirishi mumkin ekan. Bu imorat shubhasiz qadimgi dehqon jamoasining ibodatxonasi bo‘lgan. Unda shuningdek, echiki tasviridagi haykalchalar, tosh va suyak, chig‘anoqlar, xususan, Hind okeanida uchraydiganlaridan ishlangan munchoq ham topilgan.
Qayd etilgan yodgorliklardan tashqari Bomi, To‘g‘aloqtepa, Monjuqlitepa, CHopontepa, Pomajtepa va boshqalar ham Joytun madaniyatining turli bosqichlariga oid qishloqlarni tashkil etgan.
Umuman olganda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanishining ilk bosqichlaridan, dehqonchilik va chorvachilik paydo bo‘lgan bo‘lsada, o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shallarining mavqei baland bo‘lgan. Keyingi bosqichlarda dehqonchilik va chorvachilikning ahamiyati ortib, iqtisodning muhim tarmog‘ini tashkil etgan.
Uy sharoitida mehnat qurollari tayyorlash, teriga ishlov berish va charmdan buyumlar tayyorlash, yog‘ochga ishlov berish, sopol buyumlar tayyorlash, taqinchoqlar yasash joytunliklarning kundalik mashg‘ulotlaridan biri sanalgan. Jamoa a’zolari ona urug‘iga asoslangan juft oilalardan tashkil topib, ular umumjamoa ishlarini ya’ni, erga ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish, ovchilikni tashkillashtirish, jaoatchilik qurilish ishlarini bajarishda yoki tashqi xavf paydo bo‘lgan kezlarda yagona jamoaga birlashganlar.
Jebel madaniyati. Turkmaniston Respublikasining janubiy-g‘arbida SHarqiy Kaspiy bo‘yi va Balxanbo‘yi hududlarida mezolit davri o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shaklidagi madaniyatning davomida chorvachilikga asoslangan madaniyati Jebel madaniyati rivojlanadi. Bu madaniyat nisbatan yaxshi o‘rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu erdagi mezolit davriga oid Jebel, Damdamchashma 1,2, Qaylu, Defichig‘anoq va boshqa shu turdagi yodgorliklarning neolit davriga oid yuqori madaniy qatlamlaridan. Bu madaniyat Mil. av. VI-IV ming yilliklar bilan sanalib g‘orlarda hayot bronza davriga qadar saqlanib qoladi. Tosh qurollariga ishlov berish texnikasi yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Tekis tomonlarga ega prima nukleuslari va mikrolitlar xos. SHuningdek, yorg‘uchoqlar ham topib o‘rganilgan. Qo‘y va echkiga tegishli suyak topilmalarining aksariyati xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli. Demak, ular shubhasiz xo‘jalikning chorvachilik shakli bilan kun kechirishgan. YOdgorliklardan yassi tagli sopol buyumlarlarning bo‘laklari topilgan. Bu madaniyat vakillari joytunliklar bilan bir davrda yashaganlar va ularning chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollarida o‘xshashliklar mavjud. Joytun va Jebel ko‘rinishdan bitta madaniyatning ikki tarmog‘i bo‘lib, Joytunda xo‘jalikning asosini dehqonchilik, Jebelda esa chorvachilik rivojlangan. Bu erdan chuchuk suvda yashovchi baliqlar suyaklarining topilishi jebelliklarning baliqchilik bilan ham shug‘ullanganliklaridan dalolat beradi. CHunki Qoraqumning janubi-g‘arbiy etaklarida sersuv ko‘llarga boy bo‘lgan.
Misr hududida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish mil. avv.IV ming yillik O‘rtalarida qaror topadi. Bu davrga oid dastlabki madaniyat Nil vohasining quyi oqimida Fayum ko‘li yoqasida shu nomdva shakllangan. Fayum madaniyatiga asos solgan aholi dehqonchilikda arpa va bug‘doy, chorvachilikda kichik va yirik tuyoqli mol va cho‘chqa boqishgan. Uylari g‘alla saqlanadigan o‘ralar aniqlangan.
Bu davrda yuqori oqimida chorvador-dehqon qabilalari yashagan. Ularga oid Tasiy madaniyati saqlangan. Bu madaniyatning asosan qabrlari o‘rganilgan. Ular arpa, bug‘doy ekish bilan birgalikda chorva mollaridan mayda tuyoqli mollar boqishgan. Sirti qora va kul rangdagi qo‘lda ishlangan sopal idishlarining ayrimlari o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Tasiyliklar sodda sug‘orma dehqonchilik xo‘jalik shakli shakllana boshlagan. Ularda chorvachilik, ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakli mavjud bo‘lsada, go‘sht mahsulotlarining manbai asosan ovchilik va baliqchilik bo‘lgan.
Tasiy madaniyati merosi sifatida Badariy (mil. avv. V ming yillik oxiri IV ming yilliklar) madaniyati nisbatan yuqori taraqqiy bosqichiga ega bo‘lgan. Bu madaniyat aholisi yirik tuyoli hayvonlarni ham boqishgan. Kichik tuyoqli hayvonlar ham boqishgan. Erlar uchi kremindan yasalgan motigada chopilgan. Dalalar Nil daryosidan ariqlar orqali keladigan suvlar bilan sug‘orilgan. Ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu davrda misdan foydalanila boshlagan. Mis rudasi Sinay yarim orolidan keltirilgan. Misdan bo‘yoq yasalgan.
Misrda jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichi Amrat (mil. avv.IV ming yillikning oxirgi choragi) majmuasida namoyon bo‘ladi. Bu davrda qishloqlar paydo bo‘ladi. Ularning ayrimlari mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan. Misdan yasalgan mahsulotlar turi ko‘payadi. Misdan asosan zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Sopal idishlar qo‘lda yasalib, o‘yma va rang tasvir naqshlari bilan bezatiladi. Ularda shuningdek, ramziy belgilar ham uchraydi. Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmi, ikkinchi sulolalargacha davr). Gerzey davri hisoblanib sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik yuqori taraqqiyot bosqichiga etadi. Ovchilikning ahamiyati keskin pasayadi. Misdan bolta, pichoq, xanjar, kamon uchi va idishlar yasashgan. Kumushdan ham qurollar, xususan xanjar yasalgan. SHuningdek, mateorit temiridan ishlangan munchoq ham topilgan.
Xitoyning neolit davri xususiyatlari. YAnshao va Lunshanlar Xitoyning muhim neolit davri muhim madaniyatlaridan sanaladi. Bu madaniyatlar dehqonchilik shakllanishi uchun qulay bo‘lgan janubiy o‘lkalarda qaror topgan. SHimoliy o‘lkalarida esa uzoq davr mobaynida o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari saqlanib qoladi.
YAnshao madaniyati Xuanxe daryosining o‘rta oqimi hududlarida neolit davrida tarqalgan madaniyat. Uylari to‘rtburchak yoki aylana shakllardagi tashkil topgan bo‘lib, biroz erga qazib tushilgan. Ushbu madaniyat xo‘jaligining asosini o‘troq dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Asosan no‘xat ekib, cho‘chqa boqish xo‘jaligining asosini tashkil etgan. Mehnat qurollari uchirib va silliqlangan toshlardan ishlangan. Sapol idishlari qo‘la yasalib, sarg‘ish angob ustiga qora va qizil bo‘yoqlarda naqshlar berilgan. Ilk bosqichdagi naqshlari zoomorf tasvirlar keyinchalik geometrik va egri chiziqli tasvirlar bilan almashadi. Murdalar uzun chuqurlarga ingumatsiya qilish bilan bog‘liq. Davri 5 ming yillikning oxirlaridan 4 ming yillikning boshlariga qadar (4115+110 – 3280+100)
Lunshan madaniyati (mil. av. 3 ming yillikning ikkinchi yarmi- 2 ming yillikning boshlari) Xuanxe daryosining quyi oqimi hududlarida so‘nggi neolit davrida tarqalgan madaniyat. Bu madaniyatga oid sapol idishlari charxda yasalgan. Toshlardan silliqlab mehnat qurollari va suyaklardan kamon o‘qlarining uchlarini yasash an’anasi keng tarqaladi. Bu madaniyatning keyingi bosqichi Xitoyda sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni kechadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling