Pa’n: Pul, kredit ha’m bankler” Ass. Oqitiwshi: Muyatdinova Z. M. 6- tema. Pul aylanısı hám onıń dúzilisi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6 т кк ПКБ кк пр
Pa’n: Pul, kredit ha’m bankler”
Ass. Oqitiwshi: Muyatdinova Z.M. usullari va uni amalga oshirishda qoʼllaniladigan vositalar turkumi tushuniladi. Iqtisodiy kontragentlar oʼrtasidagi naqd pulsiz hisob- kitoblarni amalga oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar; 2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar; 3) boʼnak toʼlovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 4) ochilgan hisobvaraq boʼyicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; 5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. Chek, vekselь, bank trattasi va pul oʼtkazmasi naqd pulsiz toʼlovlarni amalga oshirishning asosiy vositalaridir. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni oʼtkazish variantlaridan biri – toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitob qilish hisoblanadi. Toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblar – naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli boʼlib, bunda toʼlovchi unga xizmat koʼrsatadigan bank muassasasiga oʼzining hisobvaragʼidan mablagʼlarni oluvchining hisobvaragʼiga muayyan summani oʼtkazish haqidagi topshiriqni oʼz ichiga oladigan hisob- kitob hujjatini taqdim qiladi. Toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblar haqidagi asosiy qoidalar quyidagichadir: 1) toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblarda bank toʼlovchining topshiriqnomasi boʼyicha hisobvaraqda turgan mablagʼlar hisobiga toʼlovchi koʼrsatgan shaxsning ushbu yoki boshqa bankdagi hisobvaragʼiga qonunda koʼrsatilgan muddatda yoki mabodo bank hisobvaragʼiga doir shartnomaga binoan yoxud bank amaliyotida qoʼllaniladigan amaliy aylanish odatlariga koʼra birmuncha qisqa muddat nazarda tutilmagan boʼlsa qonunga koʼra belgilangan muddatlarda muayyan pul summasini oʼtkazish majburiyatini oʼz zimmasiga oladi; 2) ushbu paragraf qoidalari, mabodo qonunga koʼra yoki qonunga binoan belgilangan bank qoidalariga muvofiq boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa yoki munosabatlar mohiyatidan boshqacha qoida kelib chiqmasa, pul mablagʼlarini ushbu bankda hisobvaraqqa ega boʼlmagan shaxsning bu bank orqali oʼtkazishi bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan qoʼllaniladi; 3) toʼlov topshiriqnomalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonun bilan yoki qonunga binoan belgilangan bank qoidalariga va bank amaliyotida qoʼllaniladigan amaliy aylanish odatlariga koʼra tartibga solinadi. Bu oʼrinda shuni qayd qilish kerakki, bu toʼlovni amalga oshirish muddatlarini belgilaydigan normalar turli mamlakatlarda qaror topgan anʼanalarga muvofiq turlicha boʼlishi mumkinki, bu xorijlik kontragentga toʼlovni amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Toʼlov talabnomalari-topshiriqnomalari yordamidagi hisob- kitob iqtisodiy kontragentlar oʼrtasidagi naqd pulsiz hisob- kitoblarning yana bir uslubi hisoblanadi. Ushbu hisob-kitob shakli kamida uchta subʼekt: yetkazib beruvchi, xaridor va ushbu subʼektlar oʼrtasidagi hisob- kitobni amalga oshiradigan bankning mavjud boʼlishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, agar korxonalar turli banklarning xizmatlaridan foydalanadigan boʼlsa yoki hududiy jihatdan turli mamlakatlarda joylashgan boʼlsa, unda subʼektlar-bitim qatnashchilari soni pul mablagʼlarini yetkazib beruvchining bankiga yetkazish uchun zarur banklar soniga koʼpayadi. Hisob-kitoblarning bu shakli shuni nazarda tutadiki, bank bitim qatnashchilari oʼrtasidagi shartlarning barcha jihatlari koʼrsatilgan hujjatlarga ega boʼladi. Shunday qilib, korxonalar bankka oddiy topshiriqnomani berishdagi kabi haq toʼlash muddatlarini tanlashda unchalik erkin boʼlishmaydi. Bunday holda bitimga doir muayyan kafolat afzallik hisoblanadi, chunki bank odatda ushbu bitimning imkoniyatlarini tekshiradi va toʼlovni eng qulay tarzda amalga oshiradi: yetkazib beruvchi bilan toʼlovchi oʼrtasidagi rasmiylashtirilgan shartnomaga binoan naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli – toʼlov talabnomalari-topshiriqnomalarini rasmiylashtiradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling