Pandemiya va undan keyingi sharoitda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida bakalavriat ta’lim yo'nalishlari talabalarining amaliyot o‘tashiga alohida e’tibor qaratilgan
Korxona (laboratoriya) da qilingan ishlar tavsifi
Download 0.59 Mb.
|
Ergasheva
Korxona (laboratoriya) da qilingan ishlar tavsifi
Biz Radiks xususiy korxonasida amaliyot oʻtash jarayonida 7 ta ish rejasi asosida amaliyot oʻtadik. Ular quyidagicha: 1.Sanitariya-gigiyena holatlariga rioya qilgan holda ish jarayonida olib borish bilan tanishdik. 2.Zamonaviy jihozlar bilan tanishib chiqdik va amalda sinab koʻrdik. 3.Dori tayyorlash uchun kerak boʻlgan korxona ichki hujjatlari bilan tanishib chiqdik. 4.Bisoprolol 10 mg tabletkasini tayyorlanish jarayoni bilan tanishib chiqdik. 5.Bisoprolol 10 mg tabletkasini presslanish jarayoni bilan tanishib chiqdik. 6.Bisoprolol 10 mg tabletkasini qadoqlanishi va upakovka jarayoni bilan tanishib chiqdik. 7.Levoflaksatsin 500 mg kapsulasini tayyorlanish,kapsula tayyor massani solish jarayoni bilan tanishib chiqdik. Radiks xususiy ishlab chiqarish korxonasida zamonaviy jihozlar bilan tanishib chiqdik. Unda asosan kapsula dori vositalari , kapsula , sashe kabi dori vositalari ishlab chiqarishni kuzatdik. Xalqaro GMP standartlariga mos zamonaviy jihozlardan foydalanilgan holatda tabletka, kapsula, sashe preparatlar ishlab chiqarishni koʻzdan kechirdik. Tabletka preparatlari ishlab chiqarish jarayonida quruq va nam granulatsiyalash jihozlaridan foydalanishni koʻzdan kechirdik.Kapsulada ham xuddi shunday tarzda kechishini kuzatdik. Sashe paketli nemitsil dori vositasini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib chiqdik. Dori vositalari tayyorgarlikda asosan apparatlardan simisitil, quruq va nam granulatsiyalash , quritish apparatlaridan mavhum qaynash qatlami hosil qiladigan sushilniy apparatlar bu apparatlar havo yordamida ishlatilishi va fen orqali qizdirilgan holatda qurilishini, massaga tayyor boʻlgan dori preparatlarini sayqallash jarayonida ishtirok etadigan pudinitillarni ham koʻzdan kechirdik. Tayyorlangan dori massalarini maʼlum bir shakl qolipga keltirish uchun tabletkalash vositalari ya'ni presslash apparatlarini koʻzdan kechirdik.Ularni birlamchi qadoqlanish ya'ni fasovka apparatlarini va upakovka jarayoni qay tartibda olib borish bilan tanishib chiqdik. Kapsula preparatlarini ishlab chiqarishda ham simisitil apparatlari, 2 xil quritish apparatlari quruq va nam granulatsiyalash,sushilniy quritish apparatlaridan foydalaniladi.Bundan tashqari tayyor massani kapsula apparati yordamida kapsulaga solib,birlamchi qadoqlash, ikkilamchi qadoqlash hisoblangan falgadan iborat qadoqlash jarayonini ham koʻzdan kechirdik. Dori tayyorlash jarayonida kerak boʻladigan korxona ichki hujjatlari bilan tanishib chiqdik.Bu korxona ichki hujjatlariga korxona farmakopiya maqolalari va ularni meyoriy texnik hujjatlari va instruksiya,instruksiya tashish hujjatlari ,dori tayyorlashda kerak boʻladigan hujjatlar kerak boʻladi. Bundan tashqari faktrlarni bartaraf qilish uchun maxsus instruksiya yoʻriqnomalari hujjatlari va ishchi xodimlarni ish jarayoniga toʻgʻri yoʻnaltirish uchun kerak boʻladigan meyoriy hujjatlar bilan tanishib chiqdik. Birinchi navbatda qaysi dori preparatlarini tayyorlanayotganda avvalambor uni farmakopiya maqolalari orqali aniqlanib va uning standartlar boʻyicha qanday tartibda bajarilishi koʻriladi va korxona ichki hujjatlaridan standart operatsionniy protsess maʼlumotlaridan dorining qay tartibda tayyorlanishi va qanday kimyoviy moddalar qay tartibda qoʻshilishi haqidagi maʼlumotlar koʻriladi va shu tartibda dori vositalari tayyorlanishini koʻzdan kechirdik. Bundan tashqari standart menejment kartes boʻlimida ishchi xodimlari dori preparatlariga taʼsir qiluvchi faktorlar koʻrib chiqiladi va oʻsha faktorlarni bartaraf qilgan holda ish jarayoni olib boriladi. Bundan tashqari har bitta dori vositasiga oʻzinning maxsus reglament hujjatlari yaratilgan boʻlib,bu hujjatlarni dorining har bitta bosqichlari, kritik nuqtalari ya'ni dorini yoʻqotilish unumlarini hisobga olgan holda dori preparatlarini sifatli tayyorlanishi va ishlab chiqarishni ta'minlash uchun qoʻyiladigan hujjat va biz bu hujjatdan foydalangan holda dori preparatlarini ishlab chiqarishni koʻrib chiqdik. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling