Pandenemiya davrida dunyo iqtisodiyotidagi o’zgarishlar


Pandenemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi xususan bank faoliyati va kreditlash mehanizmidagi o‘zgarishlar


Download 28.59 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi28.59 Kb.
#236292
1   2
Bog'liq
Pandenemiya sharoitida xorijiy mamlakatlar va O'zbekiston banklari faoliyati va kreditlash mehanizmidagi o'zgarishlar

Pandenemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi xususan bank faoliyati va kreditlash mehanizmidagi o‘zgarishlar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YaIM joriy yilning 1-choragida 4,1% ga o‘sdi (o‘tgan yilning shu davrida 5,3%). Tashqi savdo aylanmasi 10,2% ga kamaydi. Ammo bu ko‘rsatkichlarda karantin choralarining qo‘llanilishi ta’siri minimal bo‘ldi. Chunki koronavirus birinchi chorak tugashiga ikki hafta qolganida aniqlandi va karantin tadbirlari 16 martdan 6 aprelgacha mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etildi.

Agar tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon Xitoy va Yevropada epidemiya ta’sirida salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, unda barcha savdo ob’yektlarini yopish (oziq-ovqat do‘konlari va bozorlardan tashqari), umumiy ovqatlanish va xizmatlar, mamlakat ichidagi transportda qat’iy cheklovlar va boshqa mamlakatlar bilan avto, havo va temir yo‘l aloqalarining to‘xtatilishi ichki talabning pasayishiga olib keldi.

Ichki talabni qo‘llab-quvvatlash uchun 15 oktyabrda kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 15% dan 14% ga tushirdi. Bu so‘nggi 5 yil ichida qayta moliyalash stavkasining ikki marta pasaytirilishi bo‘ldi.

Birinchi chorakda YaIM o‘sishining pasayishi ham o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga yanada faol integratsiyalashganini ko‘rsatdi.

So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borishi YaIM tuzilmasidagi ulushini ham oshishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra YaIMda xizmatlar 35,5%, sanoat 30%, qishloq xo‘jaligi 28,1%, qurilish 6% ni tashkil etdi. Demak xizmat ko‘rsatish sohasidagi og‘ir vaziyat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.



O‘zbekistonda pandemiya muammolarini hal qilish bo‘yicha Moli-ya vazirligi huzurida  Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil  etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lash muddati kechiktirildi, ayrim subektlar esa joriy yil oxirigacha soliq to‘lovidan ozod etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalarga qator imtiyozlar taqdim  etildi, ayrim qarzdorliklar kechiktirildi, debitorlik qarzdorlik uchun  jarima qo‘llash to‘xtatildi, auditorlik tekshirishlar yil oxirigacha bekor  qilindi, yana boshqa bir qator yengilliklar berildi.

2020 yil yanvaraprel oylarida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldig‘i o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foiz bandga sekinlashib, 7 foizni tashkil etdi. Bugungi kun-ga kelib, banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 16,4trln so‘mlik kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirib berildi. 

«Har bir oila tadbirkor» dasturiga ajratilgan 1 trillion so‘m kredit mablag‘larini qaytarish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida tijorat banklariga  tijorat banklariga 3 yil muddatgacha 2 trln soʻmgacha miqdorda likvid mablag’lar ajratildi.

Pandenemiya davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF–5969-son Farmoni ijrosi doirasida yuridik shaxslarning kreditlari boʻyicha 7,9 trln soʻm hajmdagi qarzdorligi kechiktirilgan;

Oʻzbekistonda va boshqa mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va iqtisodiy faollikning keskin pasayishi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tashkilotlarning kreditlari boʻyicha qoʻshimcha restrukturizatsiya qilinadigan toʻlovlar hajmi qoʻshimcha ravishda 7 trln soʻmni tashkil etmoqda;

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020-yilning navbatdagi 6 oyi mobaynida soʻndirilishi lozim boʻlgan kreditlar boʻyicha muddati uzaytiriladigan toʻlovlar hajmi 4,7 trln soʻmni tashkil etmoqda.

Shuni aytib o’tish joizki tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarga 2020-yil 1-oktyabrga qadar kechiktirish Markaziy bank tomonidan ta’minlandi. Tijorat banklari tomonidan amalga kiritilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov taʼminoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari qo’lanilmadi.

2020 yil 12 maydagi “2020_2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekis-ton Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Ushbu strategiya mamlakatimiz banklari faoliyatida tub burilish  yasashi lozim bulgan, banklararo rakobatni rivojlantirish, davlat banklari salmogini kiskartirish, banklarda xususiy kapital salmogini oshirish,  bank xizmatlari turlari, kulami va sifatini oshirish, tijorat banklarining  xalkaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar bilan iktisodiy munosabat-larini kengaytirishni maksad kilgan

2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha

bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;

banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;

2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;

umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.

xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;

bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;

ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda ularni qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash

tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;

tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish belgilab qo’yilgan.


Reja:

  1. Pandenemiya davrida dunyo iqtisodiyotidagi o’zgarishlar

  2. Pandenemiya sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi xususan bank faoliyati va kreditlash mehanizmidagi o‘zgarishlar

Download 28.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling