Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari


Download 68.45 Kb.
bet2/5
Sana27.09.2023
Hajmi68.45 Kb.
#1688476
1   2   3   4   5
Bog'liq
Parafinlar , olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari

Toʻyingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan inert, shuning uchun ham ularga parafinlar deb nom berilgan. Lekin nisbatan qattiq sharoitda ulardagi vodorod atomlari boshqa atom va guruxlarga almashinishi mumkin; ana shu reaksiyalar asosida koʻpgina muhim sanoat mahsulotlari olinadi; chunonchi: Toʻyingan uglevodorodlarni xlorlab, metilxlorid, metilenxlorid, xloroform; nitrolab—nitroparafinlar; kuyi Toʻyingan uglevodorodlarni oksidlab spirt, aldegid, keton va kislotalar olinadi. Toʻyingan uglevodorodlarni katalitik degidrogenlab olefinlar (propilen, butenlar), diolefinlar (butadiyen, izopren), izomerlab izobutan va izopentan hosil qilinadi. Toʻyingan uglevodorodlar toshkoʻmir, yonuvchi slanetslarni haydab ham olinadi. Toʻyingan uglevodorodlar neftda (5—60%), oʻsimliklarda, asalari mumida boʻladi. Ozokerit deyarli yuqori Toʻyingan uglevodorodlardan iborat; tabiiy gazda 99% gacha metan bor. Toʻyingan uglevodorodlar plastmassalar, sintetik kauchuk va tolalar, yuvuvchi moddalar olishda muhim xom ashyo hisoblanadi; erituvchilar sifatida qoʻllanadi

To’yingan uglevodorodlarning asosan hosilalari ko’plab ishlatiladi. Ular organic sintezda ko’p qo’llaniladi va boshqa mahsulotlarni olish uchun asos bo’ladi.

Metanning xlorli hosilalari katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, xlormetan CH3CI – gaz, oson suyuqlanadi va bug’latilganda juda ko’p miqdor issiqlik yutadi. Shunga ko’ra, u sovitgich inshootlarida ishlatiladi. Dixlormetan CH2CI2, trixlormetan (xloroform) CHCI3 va tetraxlormetan (uglerod tetraxlorid) CCI4 suyuqliklar bo’lib, erituvchilar sifatida ishlatiladi.

Etil bromid jarrohlikda milkni vaqtincha og’riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi.Gomologik qatorning o’rta a’zolari (C7 – C17) erituvchilar va motor yonilg’ilari sifatida ishlatiladi. Yuqori molekulali alkanlar – yog’ kislotalar, sintetik yog’lar, surkov moylari va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Yuqori to’yingan uglevodorodlarni – uglerod atomlarining soni 20–25 ta bo’lgan parafinlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyatga ega. Shu yo’l bilan zanjirning uzunligi turlicha bo’lgan sintetik yog’ kislotalari olinadi, ulardan sovun, turli xil yuvish vositalari, surkov materiallari, lok va emallar ishlab chiqarishda foydalaniladi.Suyuq uglevodorodlardan yonilg’i sifatida foydalaniladi (ular benzin va kerosin tarkibiga kiradi). Alkanlardan organik sintezda ko’p foydalaniladi. To`yingan uglevodorodlar xalq xo`jaligida turli maqsadlarda ishlatiladi. Tabiiy gazning asosini tashkil qiluvchi metan yonilg`i va yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari metandan metil spirt, sirka kislota, sintetik kauchuk, mochevina olinadi va metallarni qirqishda hamda payvandlashda ishlatiladi. Dixloretan, xloroform va tetraxlormetan kabi galogenli hosilalar erituvchi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda xloroform narkoz sifatida ham ishlatiladi. To`yingan uglevodorodlarning yuqori molekulali vakillaridan vazelin moyi (Oleum vaselini yoki Paraffinum liquidum) (C10H22–C15H32), vazelin (Vaselinum) (C12H26–C25H52) va parafin (Paraffinum solidum) (C19H40–C36H74) lar tibbiyotda surtma dori shakllari tayyorlashda ishlatiladi.


Download 68.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling