Parafinlar, olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari


Yuqori to’yingan uglevodorodlarni


Download 68.45 Kb.
bet3/5
Sana27.09.2023
Hajmi68.45 Kb.
#1688476
1   2   3   4   5
Bog'liq
Parafinlar , olefinlar asosida olinadigan dori preparatlari

Yuqori to’yingan uglevodorodlarni – uglerod atomlarining soni 20–25 ta bo’lgan parafinlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyatga ega. Shu yo’l bilan zanjirning uzunligi turlicha bo’lgan sintetik yog’ kislotalari olinadi, ulardan sovun, turli xil yuvish vositalari, surkov materiallari, lok va emallar ishlab chiqarishda foydalaniladi.Suyuq uglevodorodlardan yonilg’i sifatida foydalaniladi (ular benzin va kerosin tarkibiga kiradi). Alkanlardan organik sintezda ko’p foydalaniladi. To`yingan uglevodorodlar xalq xo`jaligida turli maqsadlarda ishlatiladi. Tabiiy gazning asosini tashkil qiluvchi metan yonilg`i va yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari metandan metil spirt, sirka kislota, sintetik kauchuk, mochevina olinadi va metallarni qirqishda hamda payvandlashda ishlatiladi. Dixloretan, xloroform va tetraxlormetan kabi galogenli hosilalar erituvchi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda xloroform narkoz sifatida ham ishlatiladi. To`yingan uglevodorodlarning yuqori molekulali vakillaridan vazelin moyi (Oleum vaselini yoki Paraffinum liquidum) (C10H22–C15H32), vazelin (Vaselinum) (C12H26–C25H52) va parafin (Paraffinum solidum) (C19H40–C36H74) lar tibbiyotda surtma dori shakllari tayyorlashda ishlatiladi.

Tarkibi CnH2n umumiy formulaga to’g’ri keladigan (sikloparafinlardagi kabi) to’yinmagan uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlariga kiradi, ularning eng oddiy namoyandasi etilen C2H4 dir. Tarkibi CnH2n-2 umumiy formula bilan ifodalanadigan uglevodorodlar asetilen qatori uglevodorodlariga mansubdir, chunki ularning eng oddiy vakili asetilen C2H2 dir. Diyen uglevodorodlarning umumiy formulasi ham xuddi shunday. Bu birikmalarning hammasi uchun qo’sh va uchbog’lar mavjud Etilen xlor bilan birikib, suyuq yog’simon modda – etilen xlorid C2H4Cl2 (lotincha gaz olefiant – yog’simon gaz demakdir) hosil qiladi. Shuning uchun etilen qatori uglevodorodlarni olefinlar deb ham atashadi. Shunday qilib, etilen qatoridagi uglevodorodlarning kimyoviy o'zgarishi qo'sh bog'ning mustahkam emasligi, ya’ni uning oson uzilishi va ikkita qo'shni uglerod atomining ozod bo'lgan valentliklariga reagent «bo'laklarining» birikishi bilan belgilanadi.


Download 68.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling