Flinn klassifikatsiyasi. 1966-yilda M.Flin tomonidan asosida protsessorda ishlov beriluvchi oqim yoki elementlar ketma-ketligi(buyruqlar va ma’lumotlar) tushunchasi bo’lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining klassifikatsiyasi taklif qilingan.
Oqim – protsessorda bajariladigan yoki qayta ishlanadigan elementlar
buyruqlar yoki ma’lumotlar)ning ketma-ketligidir.
Komyuter sistemalarini to’rtta asosiy kategoriyaga ajratish mumkin. Bu uchun
qanday ishlashi haqidagi ko’rsatmani birmuncha almashtiramiz. Markaziy protssessor nuqtai nazaridandastur rasshifrovka qilish va bajarish kerak bo’lgan qoidalar oqimidir. Ma’lumotlarni ham oqim ko’rinishida kiruvchi deb hisoblash mumkin. Biz tahlil qiladigan to’rtta kategoriya ma’lumot va qoidalarning bitta oqimga kirishkirmasligi bilan aniqlanadi.
SISD (Single Instruction, Single Data). Bitta qoida / bitta ma’lumotlar oqimi (SISD) modeli o’zida bitta protssesorli klassik modelni ko’rsatadi. Unga eski avlod kompyuterlari bilan bir qatorda ko’pgina zamonaviy kompyuterlar ham misol bo’ladi. Bunday kompyuter protsessori har qanday vaqt momentida faqatgina bitta qoidani bajarishga qodir va faqat bitta ma’lumotlar to’plami bilan ishlay oladi. Bu kabi ketma-ket sistemalarda boshqa kategoriyalardan farqli ravishda hech qanday parallellik yo’q. Bu sinf klassik ketma-ket mashinalarni (Fon Neyman turidagi kompyuterlarni) o’z ichiga oladi; Bu boshqaruv bloki, protsessor va xotira blokini o'z ichiga olgan yagona kompyuterning tashkil etilishini anglatadi. Bunday mashinalarda faqat bitta buyruqlar oqimi mavjud bo’ladi, barcha buyruqlar ketma-ketlikda qayta ishlanadi va har bir buyruq bitta ma’lumot oqimi bilan bitta operatsiyani ishga tushuradi. Bunday holda Parallel ishlov berish uchun ko’p funksional birliklar yoki konveyerlarni (pipeline) qayta ishlash orqali erishish mumkin.
• CU (Control Unit) –
Boshqaruv bloki;
• PE (Processing Element)
– Ishlov berish elementi;
• M (Memory) – Xotira
1-rasm. SISD – Single Instruction Single Data
Do'stlaringiz bilan baham: |